Kuvanova Shahnoza Omonovna nemis tili fanidan mukammal qo‘llanma


– MAVZU: MODAL SO‘ZLAR ( DAS MODALWÖRTER)



Download 1,22 Mb.
bet276/533
Sana27.02.2022
Hajmi1,22 Mb.
#473535
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   533
Bog'liq
Quvanova Sh

33 – MAVZU: MODAL SO‘ZLAR ( DAS MODALWÖRTER)

Modal so‘zlar so‘zlovchining borliqqa bo‘lgan ishonch, gumon, tasdiq, inkor, kabi munosabatlarini anglatadi. Modal so‘zlar asosan Ravishda kelib chiqqan bo‘lib, ular orasida o‘xshashlik ko‘p. Modal so‘zlar bir sostavli gap holida qo‘llanishi ham mumkin. Masalan:


Mach dir keine Sorgen, du kriegst deine Jacke wieder!
Nemis tilida modal so’zlar ma’nolariga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi:
1) asliy modal so‘zlar (Die eingentlichen Modalworter, die zwei verschiedene semantische Gruppen bilden): vielleicht
a) borliq modalni kuchaytiruvchi modal so‘zlar (die Modalwörter, die die Modalität der Wirklichkeit verstärken): sicher, sicherlich, natürlich, geweiß , bestimmt, zweifellos v.b
b) inkor ma’nosida borliqni ifoda etuvchi modal so‘zlar (die Modalwörter. die dieModalität der Nichtwirklichkeit zum Ausdruck v.b
2) so‘zlovchi fikrini subektiv aniqlaydigan modal so‘zlar (Die Modalwörter der Bewertung): hoffentlich, leider, glücklicherweise, törichterweise v.b
3) fikrning bayon qilish usulini asoslaydigan modal so‘zlar (Die Modalwörter, die einzelne Teile der Aussage betonen, begründen, summieren, anschließen oder einschränken): überhaupt, folglich, eigentlich, jedenfalls, übrigens, überdies, vielmehr, allerdings, freilich, immerhin v.b
4) tasdiq va inkor ma’nosini ifoda etuvchi modal so‘zlar z(DieModalwörter der Bejahung und verneinung): ja, jewohl, nein, keineswegs, doch
34 – MAVZU:YUKLAMALAR (DIE PARTIKELN)

Yuklamalar bog‘lovchi va predloglarga o‘xshash o‘zgarmaydiga to‘la ma’noga ega bo‘lmagan yordamch so‘zlar gruppasiga kiradi. ular gapda gap bo‘ladi bo‘la olmaydi.


Yuklama tilda gapning biror bo‘ladi yoki butun gap bo‘laklari ma’nosini kuchaytirish, ta’kidlash, ko‘rsatish uchun hizmat qiladi.

34.1 Yuklamalarning ma’noga ko‘ra turlari
(Die Semantische Einteilung Der Partikeln)

1) kuchaytiruv yuklamalari (Partikeln mit verstärkender Bedeutung): so, zu, ja, gar, selbst, doch yuklamalarning hammasi ham kuchaytiruv ma’nosini anglatsa-da biroq ularda kuchaytirishning darajasi turlicha, masalan: zu yuklamasi belgining ortiq darajada ekanini ifodalash uchun juda ma’nosida qo’llanadi: zu kalt, zu schlecht, zu klein, zu groß.


Zu kuchaytiruv yuklamasi zu ravish, zu predlogiga va zu ich\nfinitiv formasiga nisbatan omonimlik xarakteriga ega. qiyoslang:
Der Korb ist zu schwer. Die Tür ist zu. Er geht zu seinem Freund. Wir bleiben zu Hause. Du brauchst nicht zu eilen, wir hab en noch Zeit.
So yuklamasi zu yuklamasiga nisbatan kamroq kuchaytirish ma’nosini anglatadi, masalan:
DerSaal ist ja so groß! Das Wetter ist ja so warm
Gar yuklamasi belgining ortiq darajada ekanligini ifodalaydi va u “mutlaqo“, “hech“ ma’nolarida ishlatiladi, masalan:
Daran ist gar nicht zu denken: “Hat“ auch gar kein Geld gekostet bemerkte trocken Herr Grätjens“
Gar yuklamasi sifat yoki ravish, ot yoki otlashgan olmoshlar bilan ham birga ishlatiladi, masalan: gar alt, so alt, sehr alt; gar selbst, sogar, selbst ja, doch yuklamalari ham kuchaytiruv yuklamalari hisoblanadi. Qiyoslang:
Er war ja damit einverstanden. Er war doch damit einverstanden.
Ja kuchaytiruv yuklamasi umumiy tasdiqlash ma’nosini anglatuvchi ja so‘ziga nisbatan omonim xarakterga ega, qiyoslang:
Ich bin ja damit einverstanden. Bist du damit einverstanden?
- Ja
Doch yuklamasi inkor ma’nosidagi so‘roq gapga ijobiy javob berish yoki unga e’tiroz bildirish kerak bo‘lganda qo‘llanadi. Masalan:
“Hast du kein Telephon?“ – “Doch!“ Und hast du dir nichts zum Neuen Jahr gewünschtl – “Doch!“ (J. Becher.). Er hat doch ferien, Diederich! .. . . (Th. Mann)
Nemis tilida selbst so‘zi ham olmosh, ham yuklama ma’nosida qo‘llanadi. Uning qaysi ma’noda kelganligi selbst so‘zining gapdagi o‘rniga qarab belgilanadi.
Agar selbst so‘zi birga kelgan so‘zdan keyin qo‘llansa, olmosh hisoblanadi, undan oldin qo‘llansa, yuklama vazifasida bo‘ladi, qiyoslang:
er selbst – u o‘zi (olmosh);
selbst er – hatto u o‘zi (yuklama)
Sogar yuklamasi kuchaytiruvchi ma’noni ifoda etadi. Masalan:
Er hatte sogar den Kopf ein wenig auf die Seite gelegt. (Th. Mann).
2) Chegaralov ma’nosini ifoda etuvchi yuklamalar (Partikeln mit einschränkender Bedeutung): nur, bloß, allein, erst va shu kabi yuklamalardan biri ot bilan bog‘langan bo‘lsa, u vaqtda yuklama shu predmetning o‘ziga oxshash predmetlardan kuchli farq qilishi ma’nosini bildiradi:
Ich brauche nur dieses Buch und kein anderes
Erst chegaralov yuklamasi o‘zbek tilidagi –gina, faqat yuklamalari ma’nolarida qo‘llanadi. bu yuklama zamon ma’nosini anglatadigan iboralar bilan birga ishlatiladi va biror ish-harakatning hozirgi paytdan ilgari sodir bo‘lmaganini anglatadi:
Ich habe es erst heute erfahren. Der Zug nach der Hauptstadt fuhr erst in einer Stunde. (W. Bredel.)
Nur – faqat, faqatgina; allein – yolg‘iz, tanho. Masalan Ich habe nur Gutes von ihm gehört; was hast du bloß? Einzig allein.
3) Inkor yuklamasi (die verneinende Partikel): nicht, nicht einmal.
Wir arbeiten heute nicht hier. Es ist nicht kalt. Ich schreibe nicht.
Nicht yuklamasi o‘zbek tiliga emas, -ma – affiksi ma’nolarida ifoda etiladi: Dieses Haus ist nicht groß. – Bu uy katta emas. er arbeitet nicht – U ishlamaydi
4) Bog‘lovchi yuklamalar (die verbindende Partikeln): auch, noch ebenfalls, gleichfalls va boshqalar.
Yuqorida ko‘rsatilgan yuklamalar turlaridan tashqari yana turli manoni anglatadigan yuklamalar ham bor.
Aber (aber bog‘lovchisiga omonim hisoblangan) kuchaytiruv-xitob yuklamasi his hayajon ma’nosini anglatadi, masalan: Wie kannst du aber so etwas sagen? (g‘azab ma’nosi anglatilmoqda).
Ist der aber pünktlich! (vaqt ma’nosi ifodalanmoqda).
Denn kuchaytiruv – so yuklamasi hali –ya, nahotki, shundaymi ma’nolarida qo‘llanadi.
Ist er denn noch nicht da? Hast du denn das Buch nicht gelesen?
etwa yuklamasi taxmin, gumon ma’nosini anglatadi, masalan:
Etwas zehn Kilometer gingen wir zu Fuß. Etwa dreißig Jahre.
Mal yuklamasi buyurish, undash ma’nosini anglatib, buyruq gaplarda qo‘llanadi, masalan:
komm mal her! Sagen Sie mal!
Ja (ha, ha shunday) yuklamasi tasdiqni kuchaytirish uchun qo‘llanadi: Er wollte ja gern Arzt werden
Quyidagi yuklamalar grammatik funksiyalarni bajaradi:
Zu yuklamasi ko‘pincha infinitiv bilan yoki sifatdosh I bilan qo‘llanadi:
Er versteht immmer so klug zu antworten.
Die zu verbessernden Fehler.
Es yuklamasi mustaqil gaplarda gap boshidagi fe’l oldidan qo‘llanadi: Es wehten kalte Winde im Frühling.
Es yuklama vazifasida ishlatilganda boshqa yuklamar kabi ma’lum ma’noga ega bo‘lganligi sababli es yuklamasi tarjima qilinmaydi. Masalan Es lebe der Weltfrieden! Es fiel ein Schuß.
Zu yuklamasi esa yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan kuchaytiruv funksiyasida tarjima qilinsa, infinitiv bilan ishlatilganda tarjima qilinmaydi, masalan:
Er bemüht sich, mir zu helfen. Ich habe heute noch zu arbeiten

Download 1,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   272   273   274   275   276   277   278   279   ...   533




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish