Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet309/318
Sana13.04.2022
Hajmi1,14 Mb.
#548052
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   318
Bog'liq
2 5456458763600920924

www.ziyouz.com kutubxonasi 
309
— Ammo turkiy alifbo bilan turkiy ma’naviyatga oid orzular meni hamon tark etgan 
emas. O‘g‘illarim Humoyun bilan Komron xatti Sig‘noqiyni mukammal o‘rganibdir, 
menga o‘shal alifboda maktublar biturlar. Hozir men tunu kun turkiy tilda o‘ylaymen, 
shu tilda ijod qilmoqdamen. Chunki bizga ona suti bilan kirgan tilimiz — bizning 
ma’naviy vatanimizdir. Turkiy tilda yozganimda ruhim yana Andijonu Samarqandga 
qaytgandek taskin topur. Ma’naviyat ohanrabosi bilan turkiy ellarni ruhan yaqinu inoq 
qilish mening ezgu niyatimdir. Bu niyatga biz yetolmasak, shoyad kelgusi avlodlar yetsa! 
Bobur ko‘pdan beri uyqusiz yurganidanmi yoki sog‘inch hissining zo‘ridanmi, ko‘zlari 
beixtiyor yoshga to‘ldi. 
— Men ham Hirotni behad sog‘inib yuribmen, hazratim. Lekin... o‘zingiz aytgan 
edingizki, Hind ham endi biz uchun vatan. Yozgan asarlaringiz Hindning shavkatiga ham 
shavkat qo‘shg‘usidir. Hindda barpo qilgan ulug‘ davlatingiz esa sizni voyaga yetkazgan 
Movarounnahrga ham shuhrat keltirgusidir. 
— Zora shunday bo‘lsa! — dedi Bobur. 
U Xondamir bilan kechgacha dardlashib yurdi-yu, ko‘nglini bo‘shatib, o‘zini ancha yengil 
sezdi. Biroq kechasi yana uyqusi qochib, tong otguncha mijja qoqmadi. 
______________ 
* M u g‘ l a q — tushunib bo‘lmaydigan. 
* B o r l a r — «ba’zi paytlar» ma’nosida. 
* B o t i l — qalbaki yo‘ldan borish, adashish.
AGRA 
YULDUZLAR GIRDOBI 
1 
Yana yozning jazirama issiqlari boshlandi. Bobur goh devoniomda, goh kutubxonada 
ishlar, mudom ichi kuyib, sovitilgan norinj sharbati va yaxna choy ichar, lekin chanqog‘i 
hech bosilmas edi. 
Bir kun peshin kechroq Tohir xilvatxonaga uch-to‘rt bosh oq kishmish uzum olib kirdi. 
Hozirgina uzib yuvilgan oltin rang kishmish donalari ustida suv zarralari yiltirab turadi. 
Ko‘pdan beri bunday uzumni ko‘rmagan Bobur taajjub bilan: 
— Qaydan oldingiz? — dedi. 
— O‘zimizning Hasht Bihisht bog‘imizdan. Samar-qanddan keltirilgan kishmish ko‘chatini 
o‘z ilkingiz bilan ekkaningiz yodingizdami, hazratim? 
Bobur quvonib uzumdan bir boshini qo‘liga oldi. Bu yerlarning tarixida birinchi marta 
yetishtirilgan oq kishmish sal sersuvroq bo‘lsa ham, lekin uning ta’mi Boburga 
Samarqandni eslatdi. Uzum yegan sari chanqog‘i bosilib, o‘zini birdan tetik sezdi. 
— Buni Mohimga ko‘rsatmoq kerak! — deb o‘rnidan turdi. 
Bultur kuzda Kobuldan Agraga ko‘chib kelgan Mohim begim bu bog‘ning to‘ridagi 
marmar ko‘shkda edi. Bobur barkashdagi uzumni Tohirga ko‘tartirib, gulzor yo‘lkalardan 
ko‘shkka qarab ketdi. 
Havo dim va rutubatli. Yana pashkol fasli boshlanib, osmondan bulut arimay qolgan. 
Barkashdagi oltinrang kishmish Boburga shu bulutlarni yorib o‘tib, uzoq Samarqanddan 
yetib kelgan yorug‘ bir nurdek ko‘rinardi. 
Mohim begim ko‘shkning ayvonida miz ustiga engashib allanarsa yozmoqda edi. 
Ayvonga Tohirni ergashtirib kirgan Bobur: 
— Uzumimiz pishibdi, Mohim! — dedi. — Bir tatib ko‘ring. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   305   306   307   308   309   310   311   312   ...   318




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish