Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
82
— Farmoyishni avval o‘nboshiga ko‘rsatmoq kerak!— dedi xirilloq soqchi. 
Uning tepasida xiragina fonus yonib turar edi. Malla chakman kiygan Xo‘ja Abdulla 
soqchilarning nayzasiga qarab kelar ekan: 
— O‘nboshini topolmadik! — dedi. — Nechun bu yerda sizlardan boshqa hech kim yo‘q? 
Yoshroq soqchi alamli tovush bilan: 
— Boshqalar o‘ljaning ketidan quvib ketgandir-da, — dedi. 
Xo‘ja Abdulla qo‘lida o‘ram qilingan qog‘oz bilan ikki soqchining nayzalari qarshisiga 
kelib: 
— Unday bo‘lsa farmoyishni siz bajarmog‘ingiz kerak, — dedi. — Oling, o‘qing! 
Narigi ikki navkar otlarini devor tagidagi ustunga bog‘lab, o‘zlari Xo‘ja Abdullaning 
ketidan kelmoqda edilar. 
— Sizlar o‘sha joyda to‘xtangiz! — dedi xirilloq soqchi. Navkarlar to‘xtashdi. Xirilloq 
soqchi nayzasini ko‘tarib, Xo‘ja Abdullaga yo‘l berdi, so‘ng uning qo‘lidagi qog‘ozni ochib 
ko‘rdi. Qimmatbaho qog‘ozdagi qisqagina yozuv tagiga shohona muhr bosilgan edi. 
Xirilloq soqchi muhrni chiroq yorug‘iga solib ko‘rdi, ammo o‘qiyolmadi. U chalasavod edi. 
— Qani, sen o‘qi-chi, — deb yoshroq soqchiga berdi. Biroq unisi butunlay savodsiz edi. 
Qog‘ozni qo‘lida aylantirib, Xo‘ja Abdullaga qaradi: 
— Pirim, bu qanaqa farmoyish? 
— Bu yerda yotgan nobakor juda xatarli mahbus. Uni arkka olib ketmog‘imiz kerak. 
Orqada turgan navkarlardan biri qo‘shimcha qildi: 
— Mavlono qozi arkda u haromini so‘roq qilmoqlari zarur! 
Xo‘ja Abdulla Andijonning eng mashhur qozisi va juda ko‘p mo‘’tabar odamlarning piri 
ekanini soqchilar ham bilar edilar. Ular Xo‘ja Abdullani bir ko‘rishdayoq tanigan edilaru, 
ammo uning Bobur tarafida turib jang qilganini eslab ikkilanar edilar. 
— Bu o‘zi Jahongir mirzoning farmoyishlarimi?— so‘radi xirilloq soqchi. 
— Shubhalansangiz, o‘qib ko‘ring! 
— Mahkam saqlanglar, deb buyurgan edilar-da, pirim. 
— Mahkam saqlaganlaring shumi? Yuzboshi qani? Nechun faqat ikkovlon qolmishsiz? Bu 
nobakorning tarafdorlari ko‘plashib hujum qilsa qandoq qilursiz? Yo‘q, buni tezroq arkka 
olib ketmoq zarur! Eshikni oching! 
Yosh soqchi keksasiga qarab: «Bu qozi ham endi Jahongir mirzo tomoniga o‘tibdi-da, 
bo‘lmasa bunchalik jon kuydirarmidi?» — demoqchi bo‘ldi. Biroq unisi hamon ikkilanar-
di: 
— Biz keyin ne deymiz? 
— Siz ikkovingiz hozir biz bilan birga ketursiz! — dedi Xo‘ja Abdulla. — Buni ko‘plashib 
qo‘riqlab bormasak, oldirib qo‘yishimiz mumkin! 
Shundan keyin xirilloq soqchi ham bo‘shashdi. Nayzasini devorga tirab qo‘yib, eshikni 
ochdi. U ichkariga qadam qo‘yishi bilan Xo‘ja Abdullaning hamrohlaridan biri yosh 
soqchining boshiga qora bir narsani yopib, o‘zini yerga ag‘anatdi. Ikkinchi navkar xirilloq 
soqchining boshidagi dubulg‘asiga cho‘qmor bilan qarsillatib urib, uni ichkariga qulatdi-
da, ustidan bosib tushdi. 
Xo‘ja Abdulla hamrohlariga shivirladi: 
— O‘ldirmanglar, uvollariga qolmaylik! 
— O‘ldirmasak keyin bular sizni tutib berurlar! 
Mavlono Fazliddin jiyani Tohirning ovozini tanib: 
— Jiyanim! Tohirjon! — deb qichqirdi. 
Qora parda ichida talvasa qilayotgan yosh yigit esa: 
— Pirim, shafqat qiling! — dedi. — Pirim! Sizga zinhor yomonlik qilmaymiz! Qutqaring, 
pirim! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish