Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
ulkan va salobatli bino — to‘rt qavatli Ko‘ksaroy edi. Ko‘ksaroyda juda ko‘p fojialar 
bo‘lgan, talay shahzodalar shu yerda o‘ldirilgan. Shuning uchun Samarqandning so‘nggi 
tojdorlari Ko‘ksaroyda turmas edilar, faqat mashhur Ko‘ktosh ustiga chiqib, tantana bilan 
taxtga o‘tirish marosimini o‘tkazar edilar. Bobur ham arkning o‘ng tomonida joylashgan 
Bo‘stonsaroyga tushdi. 
Oqshom Bo‘stonsaroyda qandillar yondirilganda Bobur o‘tirgan xonai xosga No‘yon 
Ko‘kaldosh kirib keldi. Zar bilan naqshlangan bu xona juda sovuq edi. Ular ikkovi 
po‘stinlarini va telpaklarini yechmasdan ko‘rpacha ustida o‘tirib gaplasha boshladilar.  
No‘yon Ko‘kaldoshning ovozida iliq bir hayajon sezildi. Bobur podshoh bo‘lganidan beri 
ulug‘ beklar atrofini o‘rab olib, No‘yon Ko‘kaldoshday tengdoshlari ancha chetga chiqib 
qolgan edi. Bugun oralari yana ilgarigiday yaqin bo‘lib qolganidan quvongan No‘yon 
to‘lqinlanib so‘zlay boshladi: 
— Amirzodamning nomlaridan oltin bilaguzuklar, asl matolar, subhoni o‘riklar*, 
lavzinalar* olib bordik. Ulug‘ xolangiz Mehr Nigor xonim peshvoz chiqdilar... 
Bobur o‘z onasini esladi. Mehr Nigor xonim — Qutlug‘ Nigor xonimning tug‘ishgan opasi 
va Sulton Ahmad mirzoning katta xotini edi. Oyisha begimning onasi yoshligida o‘lib 
ketgan, uni farzandsiz Mehr Nigor xonim tarbiyalab o‘stirgan, hozir ham unga ona 
o‘rnida g‘amxo‘rlik qilar edi. Shuning uchun Mehr Nigor xonim Boburga ham xola-yu, 
ham bo‘lajak qaynona edi. 
Ozib ketibdilar, — deb davom etdi No‘yon. — Oshliqdan* juda qiynalmishlar. 
«Qahatchilik bo‘lib, pulga oshliq topilmay qoldi», deydilar. «Zog‘ora nonga ham zor» 
bo‘ldik, deb yig‘lab yubordilar. O‘tin-cho‘plari ham yo‘q ekan. «Sovuqda diydirab 
o‘ltiribmiz» deydilar. 
— Boysunqur  mirzo  shu  qadar noinsoflik qilibdirmi, a? 
— Mirzoning o‘zi ham oxirgi paytlarda qorni to‘yib taom yemagan bo‘lsa kerak, 
amirzodam. Yetti oy qamalda yotish osonmi? Ko‘chalarda ochdan o‘lgan odamlarning 
o‘liklari yotibdi. Faqiru bechoralar ochdan o‘lmaslik uchun eshak go‘shtini, it go‘shtini 
yeyishgacha yetib bormishlar... Biz bundan bexabar ekanmiz. Dar-hol qaytib kelib
Qosimbek qavchinga uchradim. Bir arava un, guruch, bir arava o‘tin, o‘nta qo‘y oldik. 
Ke-yin hammasini yana o‘zim eltib topshirdim. Shunda meni ichkari uyga taklif qildilar. 
No‘yon Ko‘kaldosh sirli kulimsirab, bir lahza taraddudlanib turdi. Bobur uning hozir 
Oyisha begim haqida gapirmoqchi ekanini sezib, sabrsizlandi:  
— So‘zlang, No‘yon, so‘zlang! 
— Tillakori uyda Oyisha begim yuzlariga oq ipak parda yopib qarshimdan chiqdilar... — 
No‘yon bir to‘xtab oldi. Oyisha begim uning ko‘ziga juda kichkina, norasida o‘smir 
qizchadek ko‘ringan edi. U buni Boburga aytishga jur’at etmadi. — Juda nozik ko‘rindilar. 
«Xush kelibsiz», dedilar. Ovozlari shunday mayin, shunday sof. 
Bobur Andijondan Oyisha begimni o‘ylab kelib, endi ko‘risholmasligi, balki sabrsizlik 
qilgan kabi qiz tomonni ham ranjitishi unga bedavo bir dard bo‘lib tuyuldi. 
No‘yon Ko‘kaldosh bu dardga dori topmoqchiga o‘xshab qo‘yniga qo‘l soldi-yu, jajjigina 
oq ipak xaltacha oldi.  
— Oyisha begimning nomidan sizga buni Mehr Nigor xonim berib yubordilar. 
Bobur xaltachani qo‘liga olganda ichida hech narsa yo‘qday tuyuldi. Bog‘ichini ochib 
xaltachani kaftiga sekin ag‘dargan edi, ikki dona gavhar tushdi. Har biri guruchdan sal 
kattaroq, ammo xiyla salmog‘i bor. Jilosi nafis va ulug‘vor. 
— Sirtiga ham qarang, — dedi No‘yon. 
Nozik munchoqlar bilan bezatilgan xaltachaning sirtiga kashtaga o‘xshatib tikilgan 
chiroyli ipak yozuvni Bobur endi ko‘rdi. «Najotkorimizga» degan birgina so‘z unga butun 
bir muhabbatnomadek shirin tuyuldi. Oyisha begim bu ipak yozuvni oldindan tika 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish