Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
— Qaysi gap? 
— Ahmad Tanbal tog‘dan bir xurjun odam kallasini olib tushganmish... 
Bobur o‘tgan kuni ko‘rgan kesik kallalarni, xususan, hali soqoli o‘sib ulgurmagan yosh 
yigitning go‘shti chiqib yotgan qonli bo‘ynini esladi-yu, birdan seskanib tushdi.  
— Jang o‘limsiz bo‘lmas, — deb Bobur go‘yo o‘zini-o‘zi bosmoqchi bo‘ldi. — Yog‘iy ham 
biznikilarni o‘ldirmishdir. Bu — eski odat. Siz buni unuting, begim. 
— Bunisini unutsam, omiligi, johilligi bor. Men umrimni fozil kishi bilan o‘tkazish orzusida 
edim. Ahmad Tanbal qo‘li qon, berahm odam. Amirzodam, nahotki siz meni unga 
munosib ko‘rursiz? 
— Sizga munosib yigit, balki yetti iqlimda ham yo‘qdir. Ammo... sabablarini onam 
aytgandirlar... Men ham... majburmen! 
Xonzoda begim qandilda lipillab yonayotgan shamlarga qarab turib, Ahmad Tanbalni ko‘z 
oldiga keltirdi-yu, o‘sha badqovoq yigit bilan bir yostiqqa bosh qo‘yishini o‘ylab, eti 
junjikib ketdi: 
— Men bu bekdan qo‘rqamen! 
— Biz bor ekanmiz, siz hech kimdan qo‘rqmang, begim. Men sizga zarracha zulm 
o‘tkazishlariga yo‘l qo‘ymasmen. 
— Meni ma’zur tuting, amirzodam. Ammo egachingizni xohlamagan odamiga zo‘rlab 
uzatsalar, shuning o‘zi katta bir zolimlik bo‘lmagaymi? 
Bu mantiqli so‘zlar Boburni dovdiratib qo‘ydi: 
— Zolimlik... Ha, falakning  o‘zi zolim! Men ham har kuni suymagan odamlarim bilan 
muomala qilurmen. Xohlamagan ishlarimga meni aralashtirurlar. Davlat manfaatlarini 
o‘ylab o‘zimni-o‘zim majbur qilurmen. Boshqa ilojim yo‘q! 
Bobur o‘z yoshiga yarashmaydigan bu so‘zlarni qanchalik qiynalib aytayotgan bo‘lsa, 
ko‘ngliga yoqmaydigan, ammo muhit, vaziyat talabi bilan majburan ado etadigan 
ishlarni undan ham ortiq azoblar bilan qilishi sezilib turardi. Bobur bu mushkul ahvoldan 
chiqishning yo‘lini topolmay ich-ichidan ezilib yurganini Xonzoda begim endi payqadi-yu, 
ukasiga rahmi keldi. Boburning podshohligini unutib, uni kichikligida erkalatib suygan 
paytlarini esladi. 
— Boburjon, — dedi, — siz yolg‘iz inim, pushti-panohimsiz, men siz uchun jonimni ham 
ayamaymen! Agar sizga chindan ham shu zarur deb ishonsam, hozirgi gapingizga ham 
rizo bo‘lur edim. Lekin men sizning kuyrak ko‘nglingizni bilurmen. Agar men umrbod 
bebaxt bo‘lib qolsam, keyin siz hozirgidan ortiqroq iztirob chekursiz! 
— Xudo xohlasa, bebaxt bo‘lmassiz. 
— Ko‘nglim sezib turibdir, agar shu odamga tushsam, bebaxt o‘turmen. Boburjon, 
egachingizning so‘ziga ham ishoning. «Davlat manfaatlari» deb o‘zingizni ko‘p ezmang. 
Siz bilan biz uchun ham bu umr g‘animat. O‘z ko‘nglimizga ham ishonishimiz kerak! 
Ko‘ngil toza bo‘lsa, kishini aldamaydir! 
Xonzoda begim shunday bir samimiyat bilan yonib gapirmoqda ediki, uning qalbidagi 
olov go‘yo Boburning qalbiga ham o‘tdi. Shafqatsiz beklar muhiti va podshohlik 
majburiyatlari yosh Boburning qalbini qahraton qishning muzlariday siqib yotar edi. 
Xonzoda begim esa o‘zining olovli nafasi bilan go‘yo shu muzlarni eritar, Boburning 
qalbiga bahor mayinligi, yoshlik erkinligi yana qaytib kelayotganday, eti jimir-jimir 
qilardi. Xonzoda begim yana ko‘zlariga yosh oldi: 
— Boburjon, sizning dilingiz beg‘ubor, siz nodir iste’dodli fidokor yigitsiz! Bu beklar o‘z 
manfaatlarini ham «davlat manfaatlari» deb ko‘rsatishga o‘rganib qolganlar. Bular 
sizning yoshligingizdan foydalanurlar. Ammo siz suymagan ishni «davlat manfaatlari 
uchun» deb qildirmoqchi bo‘lganlarida, ko‘nglingizga ham bir quloq soling. Eng mahram 
do‘stingiz — sizning musaffo qalbingizdir. Siz bu do‘stingizga ishoning, jonim! 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish