Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
56
to‘xtaganini ko‘rgan Qosimbek, «tushundim», degandek bosh irg‘adi. 
— Sulton Ahmad janoblari, —deb ovozini ko‘tarib gapirdi Qosimbek. — Siz bahodirona 
zafar bilan qaytganingiz Mirzo hazratlarini behad shod qildi. Siz Bobur mirzoga 
nechog‘lik sodiq ekanligingizni yana bir bor isbot etdingiz. Butun mavkab* bugun sizlarni 
olqishlag‘ay! O‘shdagi qarorgohda bu oqshom sizlarning sharafing‘izga tantanali ziyofat 
berilur, hamma yigitlaringiz shohona in’omlar olurlar. Hozir Mirzo hazratlari Sulton 
Ahmad janoblariga shamshiri xos in’om etdilar! 
Qosimbek  bag‘dodiy  qilichni  yarog‘bardordan ol-di-yu, yerga ta’zim qilib turgan Sulton 
Ahmadga uzatdi. Sulton Ahmad tiz cho‘kib qilichni qinidan to‘rt enlikcha chiqardi-da, 
po‘latidan o‘pdi, so‘ng ovozi hayajondan titrab dedi: 
— Mirzo hazratlari, o‘lgunimcha bu marhamatingizni unutmasmen! To umrim oxiricha 
sizga sodiq xizmatda bo‘lg‘aymen! 
Shu kuni oqshom O‘sh qal’asining minoralari ustida, shahar atrofiga tikilgan yuzlab 
chodir va o‘tovlar oldida karnaylar, naqoralar chalindi, mash’allar yoqilib, katta 
tantanalar boshlandi. Ming-ming qo‘y va yilqilarni in’om tariqasida tekinga oladigan 
barcha beklar, navkarlar va mulozimlar bugun astoydil shodlanmoqda edilar. 
Podshohning hashamatli xirgohida oqshom qabul marosimi va bazm bo‘ldi. Sozandalar 
eng quvnoq kuy-larini chalishdi, hofizlar eng yaxshi ashulalarini aytishdi. 
Bobur xirgoh to‘rida to‘rtta oltin zina bilan chiqiladigan baland shohsupa ustida yolg‘iz 
o‘ltiribdi. Bugun uning o‘ng tomonidan o‘rin olgan eng nufuzli beklari orasida Ahmad 
Tanbal ham paydo bo‘lgan. U kunduzgi zirhli kiyimlar o‘rniga zarbof to‘n va simobi salla 
kiygan, podshoh in’om qilgan oltin sopli qilichni kumush kamarga taqib olgan. Hamma 
uni mukofot bilan muborakbod qiladi. Tabriklarning barchasidan yoqimlisi — boya 
xirgohga kirganda uni Qutlug‘ Nigor xonim muborakbod qilgani bo‘ldi. Podshohning onasi 
bilan egachisi hozir katta dasturxonning narigi tomonida Ahmad Tanbalga yarim 
o‘girilgan holda o‘tirib, sozandalarning kuyiga quloq solishyapti. Ahmad Tanbal har 
zamonda ularga ko‘z qirini tashlab qo‘yadi. Xonzoda begimning nafis qaddi-qomati, 
haftkor* ipak matodan kiygan kamalakday tovlanuvchi kabosi Ahmad Tanbalga bugun 
har qachongidan ham jozibali ko‘rinadi. 
Yosh podshohning bazmlarida ichkilik ichilmas, Bobur hali mayni og‘ziga ham olgan 
emas edi. Qosimbek ham ichkilikni yomon ko‘rar va uni bazmlarga yo‘latmas edi. Lekin 
Umarshayx mirzo davrida may ichib o‘rgangan boshqa beklar mana shunday bazmlarda 
Boburdan yashirib chet-chetda ichib olishar edi. 
Ali Do‘stbek degan qotma, ko‘sanamo bir bek orqada sharbat ko‘tarib turgan 
sharbatchiga sirli ko‘z qisdi-yu, Ahmad Tanbalni ko‘rsatdi. Sharbatchi ma’noli kulimsirab 
Ahmad Tanbalga yaqinlashdi va kumush ko‘zachadan chinni piyolaga to‘ldirib ko‘kimtir 
sharbat quyib berdi. Ahmad Tanbal piyolani qo‘liga olar ekan, dimog‘iga o‘tkir may hidi 
urildi. 
— Oling, bek, ilohim Samarqandda bundan ham ulug‘ zafarlarga muyassar bo‘ling! — 
dedi Ali Do‘stbek. 
Ahmad Tanbal minnatdorona bosh irg‘ab, mayni sip-qardi-yu, keyin dasturxondagi 
tandirkabobga qo‘l cho‘zdi. 
— Mana endi Samarqandu Buxoroni olguncha yetadigan zaxiramiz bor! — dedi shirakayf 
Do‘stbek. — Muhoribani tezlatmoq kerak. 
Ahmad Tanbalning o‘ng tomonida Uzun Hasan o‘tirgan edi. Turib yurganda juda novcha 
ko‘rinadigan bu ozg‘in odam o‘tirganda go‘yo qatlanib, kichkina bo‘lib qolar edi. 
— Shayboniyxon Dashti Qipchoqdan Samarqandga bo‘yin cho‘zarmish, — dedi  Uzun 
Hasan. 
— Tushini suvga aytsin! Samarqand bizniki bo‘lur!— dedi maydan badani qiziy 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish