Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
171
— Amirzodam, musofirlik g‘ami mening ham yurak-bag‘rimni o‘rtaydi. Bizning Quvalar 
ham xonning posh-nasi tagida majaqlandi. Agar borsam mendan Fozil tarxonning 
qasdini olishlari aniq. Biz ham kindik qoni tomgan joydan ayrildik, amirzodam. Musofirlik 
taqdirimizda bor ekan. So‘xda ham musofirmiz. Hisorga borsak ham, undan nariga 
ketsak ham shu musofirlik... Yo‘lda kelayotib o‘ylanib keldim. Men sizdan ajralmayman, 
amirzodam! 
Tohir butun najotni odil podshohdan izlaydigan dehqontabiat yigit ekanini Bobur bilardi. 
— Lekin men siz kutgandek odil podshoh bo‘lolmadim! — dedi Bobur. — Kelgusida 
bo‘lamenmi, yo‘qmi, hali noma’lum... 
Oraga bir lahza sukunat cho‘mdi. Tashqarida So‘x soyi go‘yo tun sukunatidan fig‘oni 
chiqib shovullardi. 
Chodir ichida quvg‘indagi shoh bilan uning oddiy navkari yuzma-yuz o‘ltiribdi. Vatandan 
ajralish musibati oldida ularning oralaridagi katta farq go‘yo kichrayib, ahamiyatsiz bo‘lib 
qolgan. Boshlariga tushgan ko‘rgiliklar ularning taqdirlarini bir-biriga o‘xshash qilib 
qo‘ygan. Shuncha yil jangu jadallarda birga yurib, qanchadan-qancha o‘lim xavflarini 
birga kechirgan bu ikki yigit bugun birinchi marta sirdoshlarcha ochiq so‘zlashmoqda 
edilar. Tohir boshqa vaqtda Boburga aytolmaydigan so‘zlarini hozir ko‘ngli yumshab, erib 
turgan paytda aytdi: 
— Amirzodam, men bir navkaringiz bo‘lsam ham sizga tug‘ushqonimdek mehr 
qo‘yganmen. Botirligingizgami, shoirligingizgami, odamgarchiligingizgami, ishqilib, 
mening... sizga ixlosim zo‘r! Sizning shuncha xavfu xatarlardan omon qolganingiz ham 
katta davlat! 
Shu topda Tohir suyukli inisiga mehri toblanib, og‘ir paytda uning ko‘nglini ko‘tarayotgan 
jonkuyar akaga o‘xshar edi. Darhaqiqat, u Boburdan yetti yosh katta edi. Bobur ham bir 
lahza shohligini unutib, Tohirga xuddi akasiga qaraganday qaradi: 
— Meni juda ko‘p xatarlardan siz olib qolgansiz. Men sizdan ko‘rgan yaxshiliklarimning 
o‘ndan birini ham qaytargan emasmen. Siz menga og‘amdek qadrdonsiz. 
— Rahmat sizga. 
— Lekin hozir mening ko‘nglim yer bilan yakson. Taqdir menga iste’dod bergan, kuch 
bergan, g‘ayrat bergan, ammo nechun baxt bermagan?! 
— Bu zamonda baxt o‘zi yo‘q, amirzodam! Axir sizdek nodir iste’dodlar dunyoga har kuni 
kelmaydi-ku! Nodon tojdorlardan qon yig‘lagan elyurtimiz sizdek ma’rifatli sarkardaga 
mushtoq. Lekin baxil zamona g‘alabani zolim xonga berib, bizni, mana vatanimizdan 
ham judo qilmoqchi. Ilohim bu baxil zamonaning bog‘lari qurib ketsinu sizu bizning 
qadrimizga yetadigan yaxshi zamonlar ham kelsin! Endi... amirzodam, bu yerdan tezroq 
ketish kerak. Hirot ham bizga begona yurt emas. Podshoh Husayn Boyqaro sizning 
qarindoshingiz. Mening tog‘oyim mavlono Fazliddin ham Hirotda ekan... 
Bobur Xurosonga ketmay iloji yo‘qligini o‘yladi-yu, oshib o‘tishi kerak bo‘lgan tog‘larni 
ko‘z oldiga keltirdi. Uzoqdan moviy tusga kirib behad jozibali ko‘rinadigan bu tog‘lar tik 
dovonlardan, xatarli uchmalardan o‘tishi kerak bo‘lgan odamga qanchalik tund va 
berahm ko‘rinadi! Hozir Boburning tasavvurida baland cho‘qqilarning asriy qorlari 
kafanday beharakat va sovuq, o‘limday abadiy bo‘lib gavdalandi. 
— Xatarli yo‘llarda men o‘z jonimni avval xudoga, so‘ng sizga ishonib topshirmoqchimen. 
Bugundan boshlab siz mening qo‘rchiboshimsiz. Ichki beklarim qatorida bo‘lursiz. 
— Inoyatingizdan minnatdormen, amirzodam! 
— Hozir bu  inoyatning sharafidan azobi ko‘proq. Yo‘lda charchagansiz. Borib dam oling. 
Ertadan safar tayyorligi boshlanur. 
Tohir ta’zim qilganicha chiqib ketdi. 
Boburning uyqusi kelmas edi. U yana chodirdan chiqdi. Kunduzgi tuman tarqab ketgan, 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish