Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet142/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
137
Oradan ikki kun o‘tgach, yangi zira beqasam to‘n ustidan barra po‘stin kiygan Binoiy 
yana Bo‘stonsaroyga keldi. Bobur bu gal uni ikkinchi qavatdagi mehmonxonada qabul 
qildi. Ular dasturxon atrofida yakkama-yakka suhbatlashdilar. Binoiy Boburning 
Shayboniyxon haqida savol berishini kutib, xon saroyida ko‘rganlarini kinoya bilan 
gapirib berishga tayyorlanib kelgan edi. 
Lekin Bobur Binoiyni o‘ng‘aysizlantirmaslik uchun o‘tgan gal ham, bugungi suhbatda 
ham, Shayboniyxonni ataylab tilga olmadi. So‘nggi kunlarda Navoiydan kelgan xatning 
ta’sirida yurgan Bobur Hirotdan gap ochdi. U Navoiy bilan Binoiyning o‘zaro 
munosabatlari haqida ba’zi bir gaplar eshitgan, endi buning tafsilotlarini bilgisi kelar edi. 
Shayboniyxon tilga olinmaganidan yengil tortgan Binoiy kulib gap boshladi: 
— Alisherbekning quloqlari og‘riganda ko‘k qiyiq bog‘lagan ekanlar. Buni bazzoz eshitib, 
ko‘k ro‘molga «Nozi Alisheriy» deb nom qo‘yib sotadigan bo‘ldilar. Alisherbek — ulug‘ 
siymo, nomlariga yarashadigan ulug‘ ixtirolar qilganlar. Bachkana kishilar arzimagan 
narsalarga ham «Alisheriy» deb nom qo‘yib, pul ishlashlari faqirning g‘ashiga tegdi. 
Eshagimga g‘aroyib bir egar yasatdimu bunga ham «Alisheriy» deb ot qo‘ydim. Keyin 
shu egar ham mashhur bo‘ldi! Men bu bilan savdogarlarning bachkana gaplariga kinoya 
qilgan edim. Ammo ig‘vogarlar buni «Alisherbekka behurmatlik» deb ovoza qildilar, ikki 
oraga g‘ubor soldilar. 
Mulla Binoiy hazilomuz boshlagan gapini hasratli tovush bilan tugatdi: 
— Amirzodam, mening Alisher Navoiyga ehtiromim cheksiz! Faqir u zotning 
suhbatlaridan bahramand bo‘lgan paytlarimni eslasam, yuragim ezilur. 
— Yomon odamlar solgan g‘uborni oradan olib tashlash mumkin emasmikin? 
— Men hozir shu g‘uborni tarqatish harakatidamen. Musofirotda yurib, Alisher Navoiyga 
atab bir qasida yozdim. Joiz bo‘lsa, ba’zi joylarini amirzodamga o‘qib beray. 
— Marhamat! 
Mulla Binoiy o‘zi yozgan she’riy asarlarning hammasini yoddan bilar edi. Hozir ham bir 
burchakka tikilib, «Majma’ul g‘aroyib» degan qasidasini yodaki ayta boshladi. Mulla 
Binoiy Navoiydan uzoqda uning suhbatini sog‘inib: 
Be tu chun obi Darg‘amam dar g‘am, 
Be tu chun rudi Ko‘hakam giryon*, — 
deganda Bobur zavqdan bosh irg‘ab: 
— O‘h! — deb qo‘ydi. 
Qasida o‘qib tugatilganda Bobur ta’sirlanganidan qasrda o‘tirganini ham unutgan edi. U 
atrofiga qarab, go‘yo mehmonxonaga uzoqlardan qaytib kelganday bo‘ldi. 
— Mavlono, bu qasidani Alisherbekka nega yubormaysiz? 
— Hirotga boradigan tayinlik odam yo‘q, amirzodam. 
— Biz yaqinda Hirotga elchi yubormoqchimiz. Kaminaga Alisherbekdan kitobat kelgan 
edi. Javobini yozib yubormoqchimen. 
— Amirzodam, qani edi, qulingizning bu qasidasini ham... 
— Marhamat, xattotga berib ko‘chirtirmoq zarur bo‘lsa, men buyururmen. So‘ng 
elchidan berib yuborurmiz. 
Gap shunga qaror topdi-yu, mulla Binoiy xursand bo‘lib chiqib ketdi. 
Bobur yana xonai xosga kirib, chala qolgan she’rini qo‘liga oldi. Biroq endi katta shoir 
bilan bo‘lgan uzoq suhbatdan so‘ng, avvalgi she’rlari Navoiyga yuborishga munosib 
emasdek tuyuldi. Unga ilgari jo‘n tuyuladigan narsalar ham aslida juda murakkab ekani 
hozir juda aniq sezilayotganday bo‘lardi. Hamma narsani muhit, ahli jahon 
murakkablashtiradi. Hirotda yashayotgan Alisher Navoiy ham, hozir Boburga ko‘p 
narsalarni kuyunib aytib bergan Binoiy ham muhitdan, zamona ahlidan norozi 
bo‘lganlaricha bor edi. Boburning o‘zi bu zamonadan ozmuncha jabr ko‘rdimi? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish