Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
96
ko‘shkka borib, uni g‘alaba bilan qutladilar. Bozorlarda Tanbal soliqchilari uchrab qolsa
odamlar ularni tayoq bilan urib, shahardan quvdilar. Mahallalarda naqoralar, karnay-
surnaylar yangradi. 
Qosimbek Bobur mirzo nomidan doshqozonlarda palov damlatib, minglab odamlarga osh 
ulashdi. 
Kechagina Tanbal zulmidan motamsaro ahvolga tushgan Marg‘ilon bugun Bobur mirzo 
qaytgani tufayli bayram tusini oldi. Bu hodisa ko‘p o‘tmay Andijon, Axsi va O‘shlarga 
ham ma’lum bo‘ldi. Bobur mirzoning pinjiga kirib olgan Ali Do‘stbek Qosimbekning 
o‘rniga sohib ixtiyor eshik og‘a bo‘lish niyatida edi. U Boburni xoli topib, gapning uchini 
chiqardi: 
— Amirzodam, kutganimdan ham ortiq inoyatlar qilmoqchi edingiz... 
— Marg‘ilon dorug‘alig‘i sizga yetarlik emasmi? 
— Dorug‘alikni menga Tanbal bergan edi. Endi bundan kattaroq inoyatni sizdan 
kutmoqdamen. 
— Qani, Andijonu O‘shlar ham bizga qayta nasib qilsa. Keyin o‘ylab ko‘rurmiz. 
— Ittifoqo, O‘shdan Qambarbek keldi. O‘shliklar ham sizga muntazir emishlar. 
— Ammo hozir Andijondan yomon xabar oldik. Ahmad Tanbal katta qo‘shin to‘plab 
Marg‘ilon tomonga bostirib kelmoqda. 
— Unday bo‘lsa, O‘shga Qosimbek sizdan vakil bo‘lib borsin. O‘zganga ham o‘tib, 
tarafdorlaringizni ishga solsin! 
Ayyor Ali Do‘stbek shunday nozik paytda Qosimbekni Boburdan uzoqlashtirib, sohib 
ixtiyor eshik og‘a vazifasini o‘zi boshqarmoqchi edi. Lekin Bobur barcha mashaqqatlarni 
birga boshdan kechirgan qadrdoni Qosimbekdan ajrashgisi kelmadi. 
— Janob Do‘stbek, Tanbalday yog‘iy bostirib kelayotgan paytda ko‘pni ko‘rgan Qosimbek 
yonimizda bo‘lmog‘i kerak. O‘shga boshqa beku navkarlarni yuborgaymiz. 
So‘zi yerda qolgan Ali Do‘stbek qovog‘ini solib, to‘mtayib qoldi. 
Qosimbekning o‘z odamlari bilan Marg‘ilonda qolgani yaxshi bo‘lgan ekan. Tanbal 
Andijondan katta qo‘shin bilan Marg‘ilonga hujum qilib kelganda, barcha kuchlar 
birlashib himoyaga chiqdilar. Marg‘ilondagi beku navkarlar qo‘rg‘ondan tashqaridagi 
mahallalar va qishloqlardan yig‘ilgan minglab botir yigitlar yordamida Tanbal qo‘shinini 
uloqtirib tashladilar. Bu orada quvaliklar Tanbalga orqadan zarba berdilar. 
O‘sh va O‘zgan xalqi ham Tanbalga qarshi isyon ko‘tarib, Boburga ko‘mak yubordi. 
To‘rt tomonidan o‘t ketgan Tanbal tezroq Andijon qo‘rg‘oniga qaytib borib jon 
saqlamoqchi bo‘ldi. 
U Andijonga Nosirbek degan kishini dorug‘a tayinlab kelgan edi. Ahmad Tanbal 
Marg‘ilonda Boburdan yengilib, talvasaga tushib kelayotganini eshitgan andijonliklar 
Nosirbekning qarorgohini o‘rab oldilar. To‘rt tarafdan hayqiriq va xitoblar eshitila 
boshladi: 
— Ahmad Tanbal daf bo‘lsin! 
— Darvozadan kiritilmasin bu zolim! 
— Bobur mirzoga odam yuboring, tug‘ilgan yurtig‘a tezroq qaytsin! 
— To‘ydik chingiziylardan! Bobur kelsin! 
— Agar dorug‘a yana Tanbalga yon bossa, qo‘rg‘on darvozalarini biz o‘zimiz Bobur 
mirzoga ochib bergaymiz! 
Toshgan daryoday to‘lqinlanayotgan bir necha ming kishilik izdihom Nosirbekni qo‘rqitib 
yubordi: 
— Xaloyiq! Tinchlaning! Menga quloq soling! Oralaringizda mo‘ysafidlar bor! Mana, 
mening yonimda Shayxulislom janoblari turibdilar. Mo‘ysafidlar jome’ masjidiga 
borsinlar! Qurollangan yigitlar bizga yordamga kelsinlar. Darvozalarni darhol 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish