Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
84
keldi. 
Hirotga bir marta borib kelgan mavlono Fazliddin notinch o‘lkalardan oylar davomida 
yurib o‘tiladigan behad mashaqqatli yo‘llarni ko‘z oldiga keltirdi-yu, yuragini g‘am bosdi. 
Jarohatli qo‘lining og‘rig‘i boya esidan chiqqan ekan, endi bu og‘riq yangi bir kuch bilan 
qaytib keldi. Mavlono og‘riyotgan bilagini changallab: 
— Men vatanni qanday tark etay, pirim? — dedi. 
— Hozir Alisher Navoiy yashab turgan Xuroson ham bizga vatan emasmi, mavlono? 
— Vatan, albatta... Ammo men... balki qaytib kelolmasmen. Kulbamda kitoblarim, 
loyihalarim qolgan, Tohir jiyan!.. 
— Hoziroq qaytib borib, barchasini yashirtirib qo‘yurmen, xotirjam bo‘ling, mulla tog‘a! 
Mavlono Fazliddin Xonzoda begimni endi umrbod ko‘rolmasligini oldindan sezayotganday 
yuragi uvushdi. Xo‘ja Abdulla bilan Qutlug‘ Nigor xonim uni Hirotga jo‘natayotganlarining 
bir sababi, mavlono bilan Xonzoda begim orasidagi nozik munosabat va shunga oid 
pastu baland gaplar edi. 
Mavlono Hirotga ketishi bilan Xonzoda begim atrofida bo‘layotgan gaplar tezroq bosilishi 
mumkin edi. Mavlono shuni o‘yladi-yu: 
— Mayli, ustod, — dedi. — Men Bobur mirzoning nomlarini pok tutish uchun har ishga 
tayyormen. Ammo bir iltimos: xonim hazratlariga ayting, yolg‘on ovozalarga 
ishonmasinlar. Xonzoda begim halolu pokizalikda benazirlar! 
— Siz ham shundaysiz, mavlono, men bilurmen. Biz bunga ishonmaganimizda, jonimizni 
garovga qo‘yib, boyagi soqchilarni aldab yurmas edik. Men umrimda shunday ishlar 
qilurmen, deb hech o‘ylamagan edim. Mana, Tohirbek menga dalda berdi. Ammo 
yog‘iylarning g‘alamisligi ham kishini majbur qilar ekan! 
— Sizlar menga yangidan jon ato qildilaringiz, ustod! Endi o‘zingiz ham ehtiyot bo‘ling! 
Jiyanim, sen ham!.. 
— Rost, pirim ham Andijondan uzoqroq ketsalar, bexavotir bo‘lur edik! — dedi Tohir. 
— Hammamiz ketsak, xonimu begimlarga kim madad berur? — dedi Xo‘ja Abdulla. — 
Sho‘rlik mushtiparlar hozir meni kutib o‘tirgan bo‘lsalar kerak. 
Osmonning sharq tomonidan bir parchasi xiyol oqarib kelmoqda edi. Mavlono Fazliddin 
shuni ko‘rib, arqonni beliga bog‘lay boshladi. 
— Nasib bo‘lsa hali yana ko‘rishurmiz, mulla tog‘a! 
— Tohir, jiyanim, mening tarhlarim... chizgan suratlarim yo‘qolib ketmasin. Sen harbiy 
odamsen, asrashing qiyin. Shuning uchun iloji bo‘lsa hammasini Xonzoda begimga 
bergin. 
— Bajonidil! 
— Men bu iltimosingizni Xonzoda begimga ham yetkazurmen! — dedi Xo‘ja Abdulla. 
Ular quchoqlashib xayrlashdilar. So‘ng mavlononi beliga bog‘langan arqon yordamida o‘n 
bir gazli devordan pastga tushirdilar. 
Mavlono tong yorishganda Quvaning yo‘liga chiqib oldi. 
Ammo qo‘rg‘on ichida qolgan Xo‘ja Abdulla ertasi kuni choshgoh paytida Xakan 
darvozasining yaqinida turadigan bir muridining hovlisida yashirinib o‘tirganda Ahmad 
Tanbalning odamlari uni qo‘lga tushirdilar. Chaqarda qo‘li bog‘liq yotgan soqchilar qattiq 
siquv ostida mavlono Fazliddinni kim ozod qilganini Ahmad Tanbalga aytgan edilar. 
Ahmad Tanbal Xo‘ja Abdulla tutilgan joyga ot choptirib kelganda ko‘chani odam tutib 
ketgan edi. Qo‘li orqasiga bog‘langan ko‘ylakchan Xo‘ja Abdulla qurolli navkarlar 
qurshovida sekin yurib bormoqda edi. Uning oyoqlaridan mador ketgan, rangi o‘chgan. 
Oq sallasi va ko‘ylagining oqligi o‘siq soqolini odatdagidan qoraroq ko‘rsatar edi. 
Xaloyiq Ahmad Tanbalga yo‘l berib chetlandi. Xo‘ja Abdullani haydab borayotganlar 
to‘xtadilar. Ahmad Tanbal ham otini jilovidan tortib to‘xtatdi: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish