Kutubxonasi


  Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov      www.ziyouz.com



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

2 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
81
 
Cho‘qmor zarbidan jarohatlangan bilagi qattiq og‘riyotganini mavlono Fazliddin qorong‘i 
bir hibsxonada yolg‘iz o‘zi qolganda sezdi. Uni Andijonning Chaqaridagi tosh istehkom 
ichiga, o‘lim jazosini kutadigan mahbuslar hujrasiga qamab, eshigini tashqaridan qulflab 
oldilar. Bu bilan ham qanoat qilmay eshik oldiga ikkita soqchi qo‘yib qo‘ydilar. Boya ark 
darvozasi oldida Ahmad Tanbal bilan Jahongir mirzoning o‘zaro gaplaridan mavlono 
Fazliddin shuni aniq sezdiki, uni shoh qiziga tama qilishda va oliy zotlarga beadabona 
munosabatda bo‘lishda ayblab, ertaga toshbo‘ron qilib o‘ldirtirmoqchilar. Shu bilan 
Ahmad Tanbal Xonzoda begimni ham badnom qilib, bir alamdan chiqsa kerak. Bobur va 
uning tarafdorlari xalq orasida yomonotliq bo‘lishlaridan Jahongir mirzo va uning onasi 
Fotima Sulton begim ham manfaatdor edilar, bu bilan ular Andijon taxtini narigilardan 
tortib olib to‘g‘ri ish qilganlarini isbotlaganday bo‘lardilar. 
Rutubatli zax hujrada qorong‘ilikka tikilib o‘tirgan mavlono Fazliddin orqasiga bog‘langan 
qo‘llarini beliga bosib, bilagining og‘rig‘ini to‘xtatmoqchi bo‘lar, lekin og‘riq pasayish 
o‘rniga tobora zo‘rayar edi. Bu hali birgina cho‘qmorning zarbi... Ertaga uning ustiga 
do‘lday yog‘iladigan toshlarning og‘rig‘i qanchalik dahshatli bo‘larkin? Mavlono buni ko‘z 
oldiga keltirganda eti junjikib, o‘rnidan turib ketdi. Go‘yo u hozir hibsxonada emas, bir-
biriga qarab qulayotgan ikki tog‘ning oralig‘ida turibdi-yu, endi har ikki tomondan uchib 
tushgan qoyatoshlar uni ezib majaqlashi kerak. Mavlono bu balodan qutulmoqchi 
bo‘lganday eshikka tomon intildi. Yelkasini yopiq eshikka urib, jon-jahdi bilan qichqirdi: 
— Oching! Oching deyman! Oching! 
Kutilmagan bu qichqiriqdan cho‘chib tushgan bir soqchi qahr bilan so‘radi: 
— Jin urdimi? Ne gap? 
— Ilkimni yechinglar! Jonim kerak bo‘lsa ertaga olursiz! Ilkim jarohatlangan! Yechib 
qo‘yinglar! 
Soqchilar bu yerda poyloqchi bo‘lib o‘tirganlaridan juda asabiy edilar. Chunki hozir 
boshqa g‘oliblar Bobur tarafdorlarining molu mulklarini talon-toroj qilib boyimoqda edi. 
Tun yarmidan oqqan bo‘lsa ham Andijonning ko‘chalari va hovlilaridan otlarning du-puri, 
itlarning vangillashi, ayollarning dod-voyi, bemahal qo‘zg‘atilgan sigir va qo‘ylarning 
ma’rashi eshitilmoqda edi. Bu yerda qolgan soqchilar qanchalik ko‘p o‘ljalardan mahrum 
bo‘layotganlarini mana shu tovushlardan payqab, ich-etlarini yeb o‘tirar edilar. Buning 
ustiga mahbusning asabiy gaplari qo‘shilib, ularning jahlini chiqardi. Xirillagan ovozga 
qaraganda yoshi anchaga borib qolgan bir soqchi: 
— Ilki jarohatlangan emish-a! — dedi. — Ertaga asfalasofilinga ketadigan haromi, bugun 
ilkingni o‘ylab nima qilasen? 
Eshik ortidagi mahbusning nafrat bilan: 
— Jallodlar! — degani eshitildi. 
Xirilloq soqchi o‘rnidan sapchib turib do‘q qildi: 
— Jim yot, o‘laksa! Hozir kirib, bir jarohatingni o‘nga yetkazamen! 
«Qanday kunlarga qoldim? — dedi mavlono o‘ziga-o‘zi. — Odamzod shunchalik 
shafqatsizmi?» O‘lim shunchalik naqd ekan, bugun mana bu maxluqlardan gap eshitib, 
ertaga tosh-bo‘ronda xor bo‘lib o‘lgandan ko‘ra, Tanbal bilan olishib, qo‘lida qilichi bilan 
jon bergani yaxshi emasmidi? Boya Xonzoda begimning oldida mavlono shunga qodir 
edi-ku! Nega taqdir uni shundan ham mahrum qildi? 
Tashqarida ot taqasining hovli toshlariga urilib qarsillagani eshitildi. 
— Kim keldi? To‘xta! 
Hovliga kirib kelgan uch otliqdan biri: 
— Xo‘ja Abdulla, mavlono qozi yosh podshohning farmoyishi bilan keldilar! — dedi. 
Kelganlar birin-ketin otdan tushdilar. Ikki soqchi uzun nayzalarini ularga to‘g‘riladilar: 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish