Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
217
kelishmasdan amalga oshirolmasligini sezib turardi. Chunki Shoh Ismoil ko‘chmanchi 
sultonlarga qarshi kurashni davom ettirish va ularni Movarounnahrdan quvib chiqarish 
uchun Bobur bilan ittifoq tuzmoqchi edi. Bugun Xonzoda begim bilan kelgan elchining 
qanday niyati borligini Bobur taxminan bilar edi. 
Basharti, u Shoh Ismoil taklif qilayotgan ittifoqni rad etib, Andijonga yoki Samarqandga 
o‘zicha yurish qilsa, shoh undan aynib, shayboniyzodalar bilan ittifoq tuzishi mumkin edi. 
Shayboniyxonning o‘g‘li Temur Sulton shohga elchilar va sovg‘alar yuborib, muzokara 
olib borganidan Bobur xabardor edi. Bu ikki zo‘r kuchga Bobur yolg‘iz bas kelolmasligi 
esa o‘z-o‘zidan ayon edi... 
U ayollarga bu murakkab muammolarni aytib o‘ltirmadiyu, Shoh Ismoilning shoirligidan 
gap ochdi. 
— Mirzoxon menga shohning she’rlaridan keltirib ko‘rsatdi, — dedi opasiga. — Ta’bi 
nazmi baland, ozarboyjon turkiysida juda chiroyli g‘azallar bitibdir. Yana kamtarlik bilan 
«Xatoiy» degan taxallus tanlabdir. 
— Katta shoirligi rost, — dedi Xonzoda begim. — G‘azallarini odamlar qo‘shiq qilib 
aytganlarini eshitdim. Shoh meni qabul qilganda «Bobur podshohning shohligini ham, 
shoirligini ham ehtirom edyurmiz» dedi. Keyin hazratimning Hirotda kuyga solingan 
g‘azallaridan bir baytini yod aytib, «Cho‘x yaxshi!» deb qo‘ydi. 
Bobur shohning bu maqtovidan ko‘ngli iyib, uyalin-qirab: 
— Qaysi g‘azal ekan? — dedi. 
Xonzoda begim barmoqlarini lablariga qo‘yib g‘azalni so‘zma-so‘z eslashga tirishar ekan, 
Mohim begim unga ko‘maklasha boshladi: 
— «Mening ko‘nglimki, gulning g‘unchasidek tahbatah qondir» deb boshlanurmi? 
— Ha, ha, xuddi shu! — deb Xonzoda begim ikkinchi satrini o‘zi aytdi: — «Agar yuz ming 
bahor o‘lsa ochilmog‘i no imkondir». 
— Shohga bu matla’ning yoqqani bejiz bo‘lmasa kerak, — dedi Bobur. — U ham bizga 
o‘xshab, otasidan yosh qolib, quvg‘inlarga uchrab, ko‘p kulfat chekkan ekan. Menga 
uning tarixini Mirzoxon aytib berdi. Endi Shoh Ismoil dunyoda adolat o‘rnatmoqchi 
emish. 
— Shoh menga ham shuni aytdi, — dedi Xonzoda begim. — «Adolatni sunniylar o‘n ikki 
imom bilan birga o‘ldirmishlar», dedi. Lekin o‘n ikkinchi imom— Hazrati Madhi o‘lgan 
emas emishlar, hozir osmondan yerga tushib, sunniylarning jazosini berar emishlar. 
Shuning uchun shialar shohni «sohibi zamon» deb ulug‘lar emishlar. 
Bobur bu yasama e’tiqodlardan g‘ashi kelib, bosh chayqadi-yu: 
— Taajjub! — deb qo‘ydi. — Marhum Shayboniyxon o‘zini «Xalifai rahmon, imomi 
zamon» deb yurib, oxiri nima bo‘ldi? Dinni siyosatga aylantirish ne hojat? 
— Lekin shialar bilan sunniylarning adovati aslida hokimiyat talashishdan kelib chiqqan 
emasmi, hazratim?— dedi Mohim. 
Islom tarixini yaxshi biladigan Bobur sunniylar bilan shialarning qonli kurashlarini 
xayolidan o‘tkaza boshladi. 
Bu kurash Bobur yashagan davrdan salkam to‘qqiz yuz yil avval — Muhammad 
payg‘ambarning o‘limi bilan boshlangan edi. Muhammad payg‘ambar tuzgan davlatni 
kim boshqarishi kerak? Kim uning davomchisi — xalifi bo‘lishi kerak? 
Eng yaqin qarindoshni voris qilish tarafdori bo‘lganlar Alini birinchi xalif qilib 
ko‘tarmoqchi edilar. Chunki Ali payg‘ambarning amakivachchasi edi va uning yagona 
farzandi Bibi Fotimaga uylangan edi. Ammo Ali choryorlar orasida eng yoshi edi. Qabila 
udumi, ya’ni sunnaga binoan eng yoshi ulug‘ va obro‘si baland o‘tag‘asi musulmon 
olamiga bosh bo‘lishi kerak edi. Shu sababli keksa Abubakirni birinchi xalif qilib 
ko‘tardilar. Shu bilan birga Ali ham payg‘ambarning to‘rtta eng yaqin salaflaridan — 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish