Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
15
So‘nggi gap Fotima Sulton bilan Qutlug‘ Nigor xonimga qaratilganini hamma sezdi. 
Xonimning xayoli shu xatarli vaziyatda ota-onadan uzoqda — Andijonda turgan yolg‘iz 
o‘g‘li Boburda edi. Hazrat uni nega farzandlari qatori tilga olmadi? 
— Hazratim, bergan o‘gitingizni bebaho gavhar o‘rnida qabul qilurmiz, — dedi Nigor 
xonim. — Ijozat bersangiz, bitta o‘tinchim bor. 
— Ijozat. 
— Urush xatari kuchlik ekan. Bobur mirzoni Andijondan poytaxtga chaqirtirsangiz
yonimizda bo‘lsalar... 
— Andijon qal’asi mustahkam. Bobur mirzo u yerda bo‘lsa qal’a yanada mustahkam 
bo‘lur. Bizning Mirzoga ishonchimiz katta. 
Bu javob bilan xonimning iltimosi rad etildi. Fotima Sulton yonida uyqusirab o‘tirgan 
o‘g‘ilchasi Jahongir mirzoni sekin bag‘riga bosib, boshini silab qo‘ydi. Bu bilan u Qutlug‘ 
Nigor xonimdan ko‘ra o‘zining ahvoli yaxshiroq ekanini namoyish qilmoqchi edi. 
— Bobur mirzoning onasi sizdan umrbod minnatdor, hazratim, — dedi Qutlug‘ Nigor 
xonim, — faqat hali o‘n ikki yoshga to‘lmagan bola... urush maydonida... 
— Xonim, ortiqcha xavotirga o‘rin yo‘q. Bobur mirzoning yoniga eng yaxshi beklarimiz 
yuborilgan. Yosh bo‘lsa ham sarkardalikka tayyorlanmog‘i zarur. Agar mening kunim 
bitsa, o‘rnimni Bobur mirzo olg‘ay. 
Endi o‘ttiz to‘qqiz yoshga kirgan va qirchillama yigit yoshini yashayotgan Mirzoning o‘z 
o‘limi haqidagi so‘zlaridan haram ahli og‘ir jimlikka cho‘mdi. Hammaning xayoli qonli 
urushga ketdi. Xonzoda begim otasi haqidagi boyagi noxush o‘ylarini unutib, unga ko‘zi 
mo‘ltirab qaradi. Umarshayx mirzo gapining ta’sirini yanada oshirgisi kelib davom etdi. 
— Agar men bu foniy dunyodan ko‘z yumsam, hammangiz  Bobur  mirzoning  amrini  
hozirgi  mening amrim kabi bajo keltirgaysiz. Jahongir mirzo! 
Podshoh otasi bilan muomalaga yaxshi o‘rgatilgan o‘n yashar bola darhol sergaklanib, 
qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi: 
— Labbay, hazratim!.. 
— Mening bu gaplarimni sen ham esda tutgil. Bobur mirzo sendan faqat ikki yosh katta 
bo‘lsa ham, agar mening o‘rnimda qolsa, sen unga farzanddek sodiq bo‘lg‘il. 
— Xo‘p, hazratim!.. 
Bola otasining so‘zlaridagi ma’noni durust tushunmagani uchun bunchalik tez va oson 
«xo‘p» dedi. Ammo ayollar murakkab hislar tug‘yonida qoldilar. Qorako‘z begimning 
Umarshayx mirzoga termilib turgan ko‘zlarida yosh yiltilladi. Mirzo buni ko‘rdi-yu, 
suyukli xotinining boyagi o‘pichlari esiga tushib, vidolashuv alomatiga o‘xshab tuyuldi. 
Umarshayx mirzo o‘zining so‘nggi gaplari ham vasiyatga o‘xshab ketganini endi sezdi. 
Yuziga birdan ajal sharpasi tekkanday yuragi «shig‘» etdi. «Menga ne bo‘ldi? O‘limni 
bo‘ynimga olib vasiyat qildimmi? Yo‘q, yo‘q!» 
Mirzo o‘z gaplaridan o‘zi qo‘rqib ketganini payqagan Xonzoda begim bugun otasining 
allanechuk yordamga muhtoj bir ahvolda ekanini ko‘rib, unga bexosdan rahmi keldi. 
— Hazratim, men mungliq qizingiz, sizga xudodan Shayx Sa’diyning umrini tilaymen! 
Ilohim yuzga kiring! 
— Aytganing kelsin, qizim! — deb Umarshayx mirzo yengil bir so‘lish oldi. U qizining 
ziyrakligini, so‘nggi paytda bo‘y yetib, husni yetilib, ko‘zga nihoyatda yaqin bo‘lib 
qolganini go‘yo endi sezdi-da, qo‘shib qo‘ydi:— Men axir sening to‘yingni 
o‘tkazmoqchimen! 
Xonzoda begimni Samarqand podshosining o‘g‘li Boysunqur mirzoga so‘ratgan edilar. 
Lekin Umarshayx mirzo bunga rozi bo‘lmagan edi. Mana endi agar juda do‘ppi tor kelsa, 
balki u qizini podshoh akasining o‘g‘liga berib, shu yo‘l bilan urushni yarashga 
aylantirar? Lekin bunday istiqbol Xonzoda begimga qorong‘i tundek mavhum va vahimali 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish