Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
10
Mulla Fazliddin bugun Quvada pochchasining uyida bexosdan aytib yuborgan bu 
e’tiqodini boshqa ishongan odamlariga ham aytgan paytlari bo‘lgan edi. Ana shu 
ishonganlaridan allaqaysisi ayg‘oqchilik qilib, bu gapni dorug‘aga yetkazganini, endi 
dorug‘a buni podshohga dasturxon qilib olib borishi mumkiligini sezdi-yu, badanidan 
sovuq ter chiqib ketdi. Lekin dorug‘aga sir boy berish qanchalik xatarli ekanini payqab: 
— Bu hammasi ig‘vo! — deb xitob qildi: — Janob dorug‘a, sizning ustingizdan ig‘vo 
qiluvchilar ham oz emas! Buni bilursiz! Men Andijonda neki bino qilgan bo‘lsam, 
hammasiga Mirzo hazratlarining nomlarini bitmoqdamen! Arkdagi devonxonani ko‘ring! 
Chorbog‘dagi ko‘shkni ko‘ring! Men ularning biror joyiga o‘z nomimni yozibmenmi? Qani, 
ig‘vogarlar dalil keltursinlar! Men hammasiga Mirzo hazratlarining muborak nomlarini 
bitganmen! Demak, tarixda mening nomim emas, Mirzo hazratlarining nomi qolsin, 
deganmen! Shundoqmi, yo‘qmi? Qani ayting! 
Dorug‘a bu mantiqli dalillarni rad etolmasdan: 
— Shundoqlikka shundoq, ammo... 
— Ammosi yo‘q, janob dorug‘a! Siz meni bosqinchilardan himoya qilish o‘rniga, 
ayg‘oqchilarning tuhmatiga ishonadirgan bo‘lsangiz, men alhol Axsiga borib, Mirzo 
hazratlariga arz qilurmen!.. 
Uzun Hasan bu do‘qni pisand qilmay: 
— Mayli, boring, arz qiling! — dedi. — Lekin shuni bilingki, atrofimizni yog‘iy bosgan bu 
xatarli damlarda podshohga me’mordan ko‘ra navkar zarurroq! Ahmadbekdek, mendek 
jangovar beklar uchun podshoh hozir sizdeklardan qanchasining bahridan o‘tur! 
— Axsiga borganda ko‘rurmiz, — deb mulla Fazliddin mahkamadan shaxt bilan 
tashqariga chiqdi. Uning vajohati hoziroq Axsiga, podshoh huzuriga arzga boradiganga 
o‘xshardi. 
Lekin u otlanib uyiga qaytayotganda sal hovuridan tushdi-yu, Uzun Hasan aytgan 
so‘nggi gaplarda achchiq bir haqiqat borligini sezdi. Yov qurshovida qolayotgan 
Umarshayx mirzo bitta me’morni deb yuz, ikki yuzdan navkari bor zo‘ravon beklarga 
qarshi bormasligi aniq. Ahmad Tanbal bugun Axsida — shoh saroyida. Agar u mulla 
Fazliddinning malika suratini chizgani haqida gap tarqatsa... Lekin Ahmad Tanbal buni 
qanday payqaganikin? Mulla Fazliddin Xonzoda begimning suratini chizish uchun u bilan 
tillakori ko‘shkda pinhon uchrashganda buni zimdan ko‘rib qolgan kanizlar yoki 
savdarlar* bo‘lsa, Ahmad Tanbal shuning bir chetini eshitib, haligi hamyonni ko‘tarib 
kelganmikin? Bosqinchi yigitlarini ishga solib ham maqsadiga yetolmagan bu yovuz bek 
endi shoh saroyiga borib peshgirlik qilishi mumkin. Agar u o‘zi eshitgan mish-mishni 
haramdagi ayollar orqali podshohning qulog‘iga yetkazsa... Umarshayx mirzo bo‘y 
yetgan qizining qayoqdagi bir me’mor bilan yashi-riqcha uchrashib, surat chizdirganini 
o‘z sha’niga katta isnod deb bilishi aniq. Shoh iskovuchlari ishga tushirilsa, mulla 
Fazliddin yashirib yurgan suratni topib olib, Ahmad Tanbalning gapiga dalil qilish 
qo‘llaridan keladi. Ana undan so‘ng shoh qiziga isnod keltirgan musavvirni ming 
qiynoqlarga solib o‘ldirishlari turgan gap! 
Mulla Fazliddin Xonzoda begimning suratini chizish bilan nechog‘liq xatarli ishga qo‘l 
urganini endi astoydil his qildi. Agar surat qo‘lga tushsa, u qiz ham malomatga qoladi. 
Dunyo busiz ham tashvish-tahlikaga to‘la!.. Mulla Fazliddin tagqutidagi malika suratini 
titroq qo‘llar bilan jilddan oldi. Ig‘vogar ablahlarga dalil qoldirmaslik uchun buni yo‘q 
qilishi kerak! Mulla Fazliddin o‘choqda yonayotgan olovga yaqin bordi. 
Rangli bo‘yoqlar bilan ishlangan mo‘’jazgina suratdagi go‘zal qiz shu payt unga tirik bir 
odam bo‘lib ko‘rindi. Alanga yolqinida qizning kipriklari, lablari bilinar-bilinmas nafis 
harakatlar qilayotganga o‘xshab ketdi. Qizning aqlni shoshiradigan jozibasi bor edi. Bu 
joziba mulla Fazliddinni har galgiday yana sehrlab oldi, boyagi tahlika xayolidan 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish