www.ziyouz.com kutubxonasi
28
boshladim.
— Endi kerakli narsani o‘rganib olganingiz uchun bitta konfet hadya qilaman, — de-
dim.
Komron hazil aralash qilib qutini irg‘itdi.
— Xohlamayman, hammasi o‘zingga qolsin, — dedi.
— Buning uchun ham ko‘p rahmat.
O‘rtamizda gapiriladigan gap deyarli qolmagan edi. Odob yuzasidan uydagilarning
sog‘-salomatliklarini so‘rab, ularga salom aytganimdan so‘ng qutichalarni qo‘ltig‘imga
qisdim-u, chiqishga tayyorlandim.
Birdan dahliz yonidagi xonada pastak sharpa eshitildi. Mushuk singari quloqlarimni
dikkaytirib turdim.
Maktab lavhalari va xaritalar osib qo‘yiladigan bu xonaning eshigi bir oz avval ochil-
gan edi. Keyin lavhalardan birining yiqilganiga o‘xshash bir tovush eshitildi. Hozir ham
o‘rtadagi oynali eshik orqasida sichqon tiqiridan farq qilmaydigan bir tovush, harakat
borligi sezilib turardi.
Bo‘lamga bildirmasdan eshikka razm soldim, o, nimalarni ko‘rdim! Xira oyna orqasida
kattakon bosh soyasi... Darhol sirga tushundim — Mishel edi u. Biron xaritaga ehtiyoj
tug‘ilganini laqma murabbiyaga aytgan-u, dahliz yonidagi bu xonadan bizni poylagani kel-
gan.
Soya yo‘qoldi. Lekin oyna tagidagi kalit teshigidan u qiz bizga qarab turgani shubhasiz
edi. Nima qilishim kerak? Komron ikkalamiz bir-birimizga ko‘ngil qo‘ygan kishilar bo‘lgani-
miz uchun u bizdan boshqacha narsalarni kutar edi. Bo‘lamga: “Bor endi, xudo yo‘lingni
ochiq qilsin, uydagilarga salom ayt”, — deb apil-tapil eshikdan chiqib ketsam, sirni tushu-
nib qoladi, yo‘lakda boshimni qo‘llari orasiga olib siqadi-da, sochlarimni to‘zg‘itib: “Xo‘p
menga hangoma aytgan ekansan-da?!” — deb kuladi.
Bu qo‘rquv o‘sha onda menga quvlik yo‘lini ochib berdi. Yaxshi narsa emas harholda,
lekin nachora? Modomiki, rolni o‘ynay boshlagan ekanmiz, endi uni oxirigacha o‘ynashi-
miz kerak.
Mishel ham maktabdagi dugonalarimning ko‘pchiligi singari turkcha bilmas edi. Shu-
ning uchun har qanday safsatadan hadiksirashga o‘rin yo‘q edi. Ishqilib, ovoz, harakatlar
oshiq-ma’shuqlar harakatiga o‘xshamasa bas...
— Esimdan chiqishiga sal qolibdi, — dedim Komronga, — enagangning nevarasi chor-
bog‘damidi?
Enaganing nevarasi necha yillardan beri chorbog‘da yurib o‘sgan yetim bola edi.
Komron savolimga hayron bo‘ldi...
— Albatta, chorbog‘da... Qayoqqa ketardi? — dedi.
— Albbatta... Bilaman... Faqat... Qaydam... o‘zim... Shu bolani biram yaxshi ko‘ra-
manki...
— Bu yana nimasi? — dedi. — Yuziga qayrilib qaraganing ham yo‘q edi-ku bechora-
ning...
G‘alati bir harakat bilan:
— Yuziga qaramaganim nimani isbot qiladi, yaxshi ko‘rmaganimnimi? — dedim.
— Bu qanday tentaklik?
— Ha, men u bolani shu qadar yaxshi ko‘ramanki...
Men “yaxshi ko‘raman” so‘zini “Gul tutgan ayol” rolini o‘ynagan artist harakati bilan
bo‘ynimni bukib, qo‘llarimni ko‘ksimda qovushtirgan holda aytdim, ko‘z qirim bilan esa
eshikka razm soldim.
Mishel olti og‘iz turkcha so‘z bilsa, bularning uchtasi mutlaqo “yaxshi ko‘rmoq, sevgi,
savdo” kabi so‘zlar bo‘lishi kerak. Mabodo shu taxminimda yanglishgan taqdirimda ham,
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
29
u bu so‘zlarni lug‘atdan topib olar yoki “yaxshi ko‘ramanki” so‘zining naqadar “dahshatli”
ma’nosi borligini turkcha biladigan har qanday odamdan so‘rab ola bilar edi. Bu masala-
da faqat Mishelnigina emas, Komronni ham nazarda tutish zarur edi. Bu ikkinchi siyosat-
ni harholda udda qilolmagan bo‘lsam kerak.
Komron so‘zlarimga ham, qiliqlarimga ham kulib:
— Bu shamol qaerdan esdi birdaniga, Farida? — dedi.
Qaerdan essa esaversin. Hozir qarab turadigan paytmi? Hamon boyagi harorat bilan:
— Nachora, shunday... Yaxshi ko‘raman, vassalom, — dedim. — Menga so‘z ber...
Uyga borganingda ana shu boyoqish bolaga mening nomimdan suvenir* o‘rnida... Suve-
nir o‘rnida... Bildingmi, suvenir d`amur** o‘rnida...
Enaganing nevarasiga eltib ber deb, Mishelning ko‘zida Komronga bir narsalar bergim
kelardi. Faqat cho‘ntaklarimdan, aksiga olib, turmaklangan qog‘ozlardan boshqa narsa
chiqmadi; men bu qog‘ozlarni kechqurungi dars tayyorlash paytlarida mudrab o‘tiradigan
murabbiyaga otish uchun turmaklab qo‘ygan edim. Lekin chorasizlik bundan ham yax-
shiroq bir narsani ko‘nglimga soldi. Komronni birdaniga qo‘llaridan ushladim, quchog‘iga
tashlanadigan bir vaziyatni oldim-da:
— O‘sha bolani mening uchun quchog‘ingga olasan, — dedim. — Betlaridan, ko‘zlarid-
an qayta-qayta o‘pasan, uqdingmi?.. Va’da berasanmi-a?..
Komron bilan quchoqlashganday turardik. Nafaslarimiz bir-birimizniki bilan aralashib
borardi. Hech narsadan xabari yo‘q bo‘lam bu haroratga tushunolmas, hayratidan qutula
olmas edi.
Rol muvaffaqiyat bilan o‘ynab bo‘lindi. Endi parda tushsa bo‘lardi. Komronning qo‘lla-
rini qo‘yib yuborib, ezgin bir qiyofada o‘zimni tashqariga otdim. Mishel yo‘lakda orqam-
dan yetib kelib bo‘ynimga osiladi, deb o‘ylardim. Atrofning jimjitligini bilib to‘xtadim,
orqamga qaytib, lavhalar xonasining eshigi oldiga keldim. Ichkaridan sharpa ham, ovoz
ham eshitilmagani uchun eshikni ochishdan o‘zimni tutib qololmadim. Nimalarni
ko‘rmay! Onda-sonda bizga musiqa darsi bergani keladigan qari Kasave emasmi bu?
Qaltiroq oyoqlari bilan bir taburetkaga chiqib olib, shkaf ustidan nota daftari qidiryapti...
Tfu, xudo jazoingni bersin! Mishel deb vahimaga tushibman, Komron oldida o‘zimni
bekorga sharmanda qilibman-a!
Bezak tutgan odamday yuzimning o‘t bo‘lib yonganini his etdim. Sinfga qaytish o‘rni-
ga boqqa chiqib ketdim. U yerda chashma jo‘mragini ochib, ostiga boshimni tutdim.
Vujudimda olov harorati bilan birga titroq ham bor edi. Chashma suvlari sochlarim-
dan, yuzimdan oqib, ko‘ylagim ichiga kirib borar, men esam:
“Sevgi degan narsaning roli odamni shu qadar yondirib titratsa, kim biladi, uning o‘zi
qanday ekan?” — deb o‘ylardim...
* * *
O‘sha yil Komron maktabga bir necha bor qatnadi. Shunchalik ko‘p keldiki, eshik har
safar ochilganda meni dahlizga chaqirgani kelishayotganday tuyulib, yuragim o‘ynay bo-
shlar edi. U menga keltirgan shokoladlar, pirojnoelar, pastalar bilan butun sinf ta’minla-
nib turdi, desam bo‘ladi.
Ochko‘zlikda ham tirishqoqligi qadar mashhur bo‘lgan sinfdoshlarimdan Mari Pirlanta-
jiyan qand-qurslarimni oppoq yirik tishlari orasida g‘ajirlatib yeydi-da, yashirishning epi-
ni qilolmagan hasad bilan:
— Jigarso‘xtangki shunday ajoyib narsalar keltirgandan keyin, o‘zing ham rosa jigari-
dan uribsanda, — deydi.
Afsus, bu mojaro jonimga tega boshladi. Ba’zida o‘zimcha o‘ylanib ketaman: gap ta-
shuvchi bolaning og‘zini yopish uchun keltirilayotgan bu narsalarni dugonalarimga
boshqacha qilib ko‘rsatishim hayosizlik emasmi? Innaykeyin, Komron nega endi
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
maktbga shuncha tez kelib turibdi? Har safar “Shu tomonlarda turadigan bir kasal
o‘rtog‘imni ko‘rgani kelib edim-da. Taqsin bog‘ida bir oz mashq etishib ketay deb edim-
da...” kabi sabablar ko‘rsatadi.
Boshqa bir kun hech narsa so‘ramasam ham:
— Otamning Nishontoshida bir qadrdon do‘stini ko‘rib kelyapman... Otam u kishini
ko‘p yaxshi ko‘rardi, — dedi.
O‘zimni tutolmasdan birdaniga hamla qilib:
— Oti nima? Nima ish qiladi? Manzili qanday? — dedim.
Bo‘lam shoshib qoldi. Shu darajada shoshdiki, bironta yolg‘on ism, yolg‘on manzil
ham tiliga kelmadi. Rangdan rangga kirib, kulib turib:
— Nima qilasan so‘rab? Seni nimasi qiziqtiradi?— kabi so‘zlar bilan meni aldashga tu-
tindi.
Bunda muhim bir masala borday:
— Kelasi hafta boshlarida borib xolamdan so‘rayman, — dedim.
Komron bu gapimni eshitib, beshbattar qizarib ketdi.
— Zinhor so‘ray ko‘rma! Onamga og‘zingdan chiqarma!.. U kishi bilan ko‘rishishimni
hech xohlamaydi, — deb yolvora boshladi.
Zaharli chayon, meni hech alday olmaysan... Sening yuragingda nimalar borligini bila-
man.
G‘azab bilan o‘rnimdan turdim, u zo‘rlik bilan ushlamoqchi bo‘lgan qo‘llarimni
cho‘ntaklarimga yashirdim.
— Na otangizning do‘stlari va na o‘zingizning do‘stlaringiz meni qiziqtiradi, deb o‘yla-
sangiz, xato qilasiz... O‘rinsiz laqmalik qildim, xolos, — dedim-u, tashqariga chiqib ket-
dim.
* * *
O‘sha kundan keyin Komron har safar maktabga kelganda turli xil bahonalar qilib, oldiga
chiqishdan bosh tortdim. Har safar olib kelgan qutichalarini sinfda yo bog‘da yirtib ochadi-
gan, ichidagilarining bir donasiga ham qo‘l urmay, bolalar ustiga sochib yuboradigan
bo‘ldim.
Haqiqat oyday ravshan edi. Baxtiyor tul mutlaqo shu atroflarda turishi kerak. O‘sha
kechadan keyin, albatta, pisandalari shunday bo‘lgan. Bo‘lam tez-tez unikiga boradi, shu
orada meni ham yo‘qlab turadi.
Xohlagan axloqsizliklarini qilishaversin... Menga nima, faqat ikki o‘rtada meni o‘yin-
choq qilishlari jon tomirimni sug‘urardi. Shu narsa esimga tushdi deguncha badanimni
o‘t olar, alamimdan yig‘lab yubormaslik uchun lablarimni tishlab qonatar edim.
Narimonning qaerda turishini uydagilardan so‘rab bilib olish hech gap emas, lekin bu
xotinning otini tilga olish men uchun chidab bo‘lmaydigan narsaday tuyulardi.
Dam olish kunlarining birida uyga borgan edim, mehmonlardan biri Najmiyaga:
— Ilgari kuni Narimondan xat oldim, juda baxtli emish, — deb qoldi.
Kichkina laychani hovuzda cho‘miltirgani olib chiqib ketayotgan edim. Shu so‘zlarni
eshitdim-u, eshik oldida to‘xtadim, yerga cho‘kkalab kuchukchani quchog‘imdan sekin
qo‘yib yubordim.
Baxtiyor tul haqida bir narsa so‘rash fikrim yo‘q edi, lekin qulog‘imga birov paxta tiqib
qo‘yibdimi?
Mehmon hamon so‘zlardi.
— Eridan juda xursandga o‘xshaydi, bechora bu gal zora baxtli bo‘lsa...
Najmiya odam ovozini takrorlaydigan hammom gumbaziga o‘xshab:
— Ha, ha, bu gal zora baxtli bo‘lsa bechora, — deb mehmonning so‘zlarini takrorladi-
yu, ahmoqona bir tarzda gapga xotima berdi.
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Chorasiz bir zarurat boshimga tushdi. Hazil-mutoyiba qilib:
— Xonim afandi yana erta tegdilarmi? — deb so‘radim.
— Qaysi xonim afandi?
— Sizga xat yozgan xonim. Narimon xonim.
Mehmon o‘rniga Najmiya javob berdi:
— Voy, xabaring yo‘qmi? Qachonlariyu... Narimon bitta injenerga tekkan... Besh-olti
oydan beri eri bilan Izmirda turadi...
“Bu gal zora baxtli bo‘lsa, bechora...” degan tilakni men ham uchinchi marta takror-
lab, kuchukchani quchog‘imga oldim-u, tashqariga pirillab chiqib ketdim. Lekin hovuzga
bormadim: chetanlar, bog‘ to‘siqlari ustidan sakrab o‘tib, bog‘ atrofida gir aylana boshla-
dim.
* * *
O‘sha yoz sayohatga chiqdim. Uzoqqa emas, Taqirdog‘iga... Ma’lumki, xudo menga
xolalardan mo‘lroq narsa bermagan. Shulardan biri ham Taqirdog‘ida. Eri Aziz pochcham
xolamga uylangandan beri o‘sha yerda dehqonchilik qiladi. Mujgon degan mendan uch
yosh katta qizlari ham bor. Qarindoshlarimning bolalari ichida hammasidan ko‘proq
o‘shani yaxshi ko‘raman.
Mujgon xunuk qiz. Lekin men bunga parvo qilmayman. Oramizda uch yosh farq bo‘li-
shiga qaramay, men uni yoshligimdan beri katta opam o‘rnidan ko‘rib, o‘rganib qolgan-
man. Hozir farqimiz juda kamayib qolgan bo‘lsa ham, hamon unga avvalgiday qarab
“opa” deb gapiraman.
Mujgon opam mening tamom aksim. Men qanchalik sho‘x, qanchalik olov bo‘lsam, u
shunchalik og‘ir, vazmin. Buning ustiga sal zug‘mi ham bor. Xohlaganini qildiradigan bit-
ta shuning o‘zi desam bo‘ladi. Ba’zan nasihatlariga parvo qilmay, xohishlariga qarshi
chiqsam hamki, yana bo‘ysunishga to‘g‘ri keladi. Nega? O‘zim ham hayronman. Odam
bolasi birovni yaxshi ko‘rish halokatiga uchradimi, tamom, o‘shanga qul bo‘lib qoladi.
Mujgon Oysha xolam bilan birga necha yilda bir marta Istambulga kelar, bir necha
hafta chorbog‘da qolar, yo boshqa xolalarimnikida mehmon bo‘lar edi.
O‘sha yoz Taqirdog‘idan meni chaqirib xat keldi. Oysha xolam Basima xolamga
yozgan xatida: “Sizdan-ku umidim yo‘g‘-a, lekin Faridani yozgi kanikulida, albatta,
yuborsangiz, hech bo‘lmasa ikki oygina turib ketsa, kutamiz. Bilasiz-ku, biz ham xola-
miz. Kelmasa, pochchasi ham, men ham, Mujgon ham juda qattiq xafa bo‘la- miz”, —
debdi.
Basima xolam, Najmiya Taqirdog‘ini dunyoning bir burchagida deb hisoblashar, olis
yulduzlarga qaraganday ko‘zlarini suzishib: “Bo‘lmagan gap! Shuncha joyga qanday bo-
rib bo‘ladi?” — deb vahima qilishardi. Men yasama bir hurmat bilan huzurlarida egilib:
— Ijozat bersalaringiz, u yerning borib bo‘lmaydigan joy emasligini isbot qilish
zahmatini bo‘ynimga olsam, — dedim.
Dugonalarim orasida yozgi kanikul kunlarida oilalari bilan birga sayohatga chiqadigan-
lar va qaytgandan keyin bizga og‘iz ko‘pirtirib maqtanadiganlar bo‘lardi. Demak, maktab
ochilganda bizga ham mundoq qadni ko‘tarib gapirish imkoni tug‘iladi.
Bulturgi sevgi savdosiga bu yil sayohat hikoyasi qo‘shilsa bormi, ajoyib dabdaba bo‘lar
edi. Qani endi men ham portfelimni qo‘limga olsam-u, romanlarda yozilgan amerikalik
qizlar singari yakka o‘zim kemaga tushib jo‘nab qolsam. Lekin xolalarim bu orzumni
vahimali chinqiriq bilan qarshilab, yonimga bitta odam olmasdan yo‘lga chiqishimga rozi
bo‘lmadilar. Shunda ham: “Qorong‘ida panjaradan dengizga qarama... Kema zinapoyala-
ridan yugurib tushma” kabi og‘ir nasihatlari bilan ta’bimni rosa tirriq qilishdi, go‘yo
Taqirdoqqa qatnaydigan tog‘oraday paroxodning Transatlantika kemalari singari sakson
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
metrli zinapoyalari borday...
Mujgonni ko‘rmaganimga ikki yil bo‘lgan edi. Shu orada o‘sibdi, yetilibdi, gaplashishga
odamning yuragi betlamaydigan darajada kerik salobatli bo‘lib qolibdi. Shunga qaramay,
bir zumda apoq-chapoq bo‘lib ketdik.
Oysha xolam bilan Mujgonning do‘stlari juda ko‘p. Men ham o‘shalarga qo‘shilib ol-
dim.
Har kun mehmondorchilikka chorboqqa yo boqqa chaqirib ketishardi. Endi katta qiz
bo‘lib qolganimni, yarashmagan qiliq qilsam, ayb bo‘lishini aytganlari uchun harakatla-
rimga juda ehtiyot bo‘la boshladim. Begona xotinlarga qochiriqlar aytganimda, ularning
savollariga jiddiy, muloyim javoblar qilganimda o‘zimni mehmon o‘yini o‘ynayotgan
qo‘g‘irchoqqa o‘xshatardim. Shunday bo‘lsa ham, odamlar orasiga qo‘shilish menda
g‘urur uyg‘otmay qolmas edi.
Mehmondorchiliklar bahrimni har qancha ochsa ham, lekin ular Mujgon bilan yolg‘iz
qolgan baxtli damlarim qadar emas edi.
Pochchamning uyi dengiz bo‘yidagi baland qirlikda. Mujgon opam ba’zi joylari tik de-
vorga o‘xshagan bu qirdan dengiz bo‘yiga tushishimni xavfli hisoblab, avvallari bunga
yo‘l qo‘ymay keldi. Keyin esa men uchun hech qanday xavf yo‘qligiga o‘zi ham ishondi.
Soatlar bo‘yi qumda yotar, suv betida tosh yumalatar, dengiz bo‘yida uzoq-uzoqlarga
ketib qolar edik.
Dengiz bu mavsumda nihoyatda chiroyli, sokin bo‘lsa ham, lekin nash’asiz edi. Ba’zan
soatlar o‘tardi, lekin sathida na bir yelkan va na nafis tuman parchasi ko‘rinardi. Kechki
paytlarda dengiz odamning yuragini chiqarib yuboradigan darajada kengayib, sho‘ppayib
qolardi. Xayriyatki, men bu tahlikani oldindan sezib olar, dengiz bo‘yidagi qoyalarni
qahqahalarim bilan gurillatar edim.
Bir kuni Mujgon ikkimiz dengiz bo‘yiga tushdigu, uzoqdagi burunga qarab ketdik.
Maqsadimiz ana shu burunni hosil qilgan qoyalar orqasidagi pana qo‘ltiqqa borish edi,
faqat aksiga olib, yo‘l berk chiqib qoldi. Oyoq kiyimlarimizni yechib suvga tushishdan
boshqa chora yo‘q edi. Meni-ku bu narsa sevintirdi-ya, lekin bo‘yiga yetib, xonimcha
bo‘lib qolgan Mujgonni nima qilamiz?
Har qancha aytganimda ham tuflilari bilan paypoqlarini yechmasligini bilganim uchun:
— Kel, Mujgon opa, seni opichib olay... Ko‘tarib o‘tkazib qo‘yaman, — dedim.
Mujgon unamadi.
— Jinni qiz, kap-katta odamni qanday olib o‘tasan! — dedi.
Bechora Mujgon, yoshiga o‘xshash bo‘yi ham menikidan katta bo‘lgani uchun meni
ko‘tarib o‘tishga kuchi yetmaydi, deb o‘ylagan-da.
Jadal yaqinlashib:
— Ko‘ramiz, bu ham bir tajriba-da, ko‘tara olsam marra bizniki, — dedim-u, boldirlari-
dan ushlab dast ko‘tardim.
Mujgon avval buni bir-ikki odimlik sinov deb o‘yladi, keyin qo‘limdan chiqishga hara-
kat qildi.
— Jinnilik qilma, qo‘yvor. Meni qanday ko‘tarasan? — deb kuldi. Keyin yalang oyoqla-
rim bilan suv kechib ketganimni ko‘rib, dod solguday bo‘ldi.
— Qushday yengilsan, opa, — dedim. — Tipirchilaydigan bo‘lsang shaloplab yiqilamiz,
ikkovimizning ham sho‘rimiz quriydi. Tek tursang, eson-omon o‘tib olamiz.
Bechora qizning rangi o‘chib ketdi. Churq etguday bo‘lsa posongisini yo‘qotib qo‘yish-
dan qo‘rqib, og‘zini, ko‘zlarini yumib, qo‘llari bilan sochlarimga yopishib oldi.
Bechora Mujgon bir qarichlik suvda, xuddi jar yoqasidan o‘tayotganday ko‘zlarini
yumib, quchog‘imda qimirlashga yuragi betlamay borardi.
Burunga yetganda nimalarni ko‘rdik deng? Suvdan tortib qo‘yilgan bir qayiqcha yoni-
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
33
da ovqat yeb o‘tirgan uchta baliqchi bizni ko‘rib qolsa bo‘ladimi.
Mujgonning esxonasi chiqib ketdi, qo‘llarimni xuddi sindiradiganday qisib:
— Murodingga yetdingmi, Farida? Endi nima qildik? — dedi pichirlab.
Men kuldim.
— Baliqchilar odam yeyishmaydi-ku, — dedim.
Lekin ahvolimiz chindan ham xunuk edi. Masalan, tizzamning ko‘zlarigacha ochiq boldir-
larim, qo‘lda paypoqlarim bilan odamlarga ko‘rinadigan ahvolda emas edim.
Mujgon supurgidan qochgan o‘rgimchakdek, ingichka boldirlari bilan qochish harakati-
ga tushib qoldi. Menga bu vahm aybday tuyuldi, shuning uchun baliqchilarni gapga so-
lish fikriga tushdim.
Suv o‘sha kuni nega yo‘llarni bosib ketgani, dengizning qaysi tomonlarida qachon ba-
liq tutishganini so‘radim. Ishqilib, gapga solish niyatida aytilgan safsatalar bu...
Baliqchilarning ikkitasi yigirma yo bundan ortiqroq yoshlardagi ikki yigitu, bitta soqolli
chol edi.
Yigitlar uyatchan ko‘rindi. Javobni chol qildi. Lekin u ham men singari gapdonlikni
yaxshi ko‘rarkan shekilli, mening kimligimni so‘radi.
Bir zumda shoshib turganimdan so‘ng: “Marika degan qizman. Savdogar amakimniki-
ga Istambuldan mehmon bo‘lib keldim”, — deb yurib ketdim.
Mujgon meni qo‘limdan ushlab sudramoqchi bo‘lganday oldinga tortar: “Xudo jazoing-
ni bersin, nega bunday qilding?” deb koyir edi.
— Qaydam, — dedim men ham, — Istambuldagi xolalarim: “Tilingni tiy. Behuda vaqil-
lama. U yerning odamlari g‘iybatchi bo‘ladi”, deb tayinlashuvdi-da. Baliqchilar: “Bu qan-
day musulmon qiz, boshinigina emas, sonini ham ochib yuribdi”, deyishmasin dedim-
da......
Xullasi, qo‘rqoq Mujgon bu ahamiyatsiz narsadan katta voqea yasadi...
* * *
Kechqurun Mujgon ikkimiz qo‘ltiqlashib sayr qilib yurganimizda, bir yosh suvori ofitse-
ri orqamizga tushganini ko‘rib qoldik. Bu ofitser otiga ta’lim berayotgan ko‘rinardi. Lekin
xudoning dalasiga boriladigan boshqa joy qurib ketganday, nuqul biz yurgan yo‘lda bo-
rib-kelar, yonimizdan o‘tayotganda bizga tikilib qolardi. Yana shundayin g‘alati avzodaki,
hali-zamon to‘xtab gaplashadi, deb o‘ylaysan...
Bir kun u yana otini o‘ynata-o‘ynata bizni devor chetidagi daraxtlar orqasiga qochirib,
yonimizdan o‘tib ketgandan so‘ng sekingina kuldim-u, tomog‘imni qirib:
— Tushundik, Mujgon opa, — dedim. Mujgon yuzimga qaradi.
— Nima demoqchisan, Farida? — deb so‘radi.
— Shuni demoqchimanki, biz avvalgiday yosh qizcha emasmiz, opa... Ofitser bilan
yaxshigina jigarso‘xtaligingiz bor ekan...
Mujgon kula boshladi.
— Meningmi? Jinni qiz!
— Bizni ham bir oz mensib muomala qilish darajasiga tushsangiz qanday bo‘lar ekan,
xonim afandim?
— Ofitser menga ilhaq bo‘lib yuribdi, deb o‘ylaysanmi?
— Bunday o‘ylamaslik uchun bir oz to‘mtoq bo‘lish kerak.
Mujgon yana kuldi. Lekin bu safargi kulgisida bir oz iztirob bor edi. Keyin chuqur tin
oldi.
— Jonginam, men orqasidan birov yuguradigan qiz emasman-ku... U seni deb atrofi-
mizda parvona bo‘lib yuribdi.
— Nahotki, opa!..
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Ko‘zlarim moshday ochildi.
— Ha, seni deb yuribdi... Sen kelmasdan avval ham ko‘rardim, lekin yo‘l bo‘yidagi
mana shu daraxtlar orasidan meni quvmay, indamay o‘tib ketardi-da, qaytib kelmas
edi...
O‘sha kuni kechqurun ovqatdan so‘ng Mujgon ikkimiz uy oldiga chiqdik. Gaplashib
yurib dengiz tomonga ketdik.
— Sening bir darding bor, Farida, hech gapirmaysan, — dedi Mujgon.
Bir oz ikkilanib turganimdan so‘ng:
— Kunduzi aytgan behuda gapingni hech miyamdan chiqara olmayapman, ko‘nglim
xijil, — deb javob berdim.
Mujgon shoshib so‘radi:
— Nima devdim?
— “Men orqasidan birov yuguradigan qiz emasman-ku”, deding.
Mujgon yumshoqqina kuldi.
— Ana xolos, senga nima kuygulik?
Men Mujgonning qo‘llarini ushladim, ko‘zlarimni jovdiratib, mungli tovush bilan:
— Nima, sen xunukmisan, opa? — deb so‘radim.
U yana kuldi, meni erkalab betimga asta shapati urdi.
— Xunuk ham emasman, chiroyli ham... O‘rtachaman deyayin-u, shu bilan gapni ta-
mom qilaylik... Senga kelsak, bilasanmi, yoshing o‘sgan sari odamning hushini oladigan
darajada ochilib boryapsan!
Qo‘llarimni Mujgonning yelkasiga qo‘ydim, uni o‘pmoqchiday burnimni burniga taqab:
— Meni ham o‘rtacha deyaylig-u, shu bilan bu masalani bitiraylik, — dedim.
Qiyalikning chetiga kelgan edik. Yerdan tosh to‘plab dengizga ota boshladim. Mujgon
ham menga qo‘shildi, lekin boyaqish tosh otishni bilmasdi, qo‘lida quvvati yo‘q edi.
Men otgan toshlar osmonda bir zumgina ko‘rinmay ketardi-da, keyin fosforday yalti-
rab borib, suvga o‘qday otilib kirib ketardi. Uniki esa kulgili bir alfozda yumalab borib,
qirg‘oq toshlariga urilar yoki etakdagi qumlarga tushardi. Biz ichagimiz uzulguday bo‘lib
kular edik.
Nima ham deysiz, oy yog‘dusiga cho‘milgan dengizning ikki yosh qizga bag‘ishlangan
ilhomi shugina bo‘lmasligi kerak edi, lekin nachora. Bir ozdan keyin Mujgon charchab
kattakon toshga o‘tirdi. Men ham turgan yerimga cho‘kkaladim.
Mujgon maktabdoshlarim to‘g‘risida har xil savollar bera boshladi. Men ham Mishel
to‘g‘risidagi bir necha voqeani aytib berdim. Keyin tilimni tiyolmay, o‘z uydirmalarimni
aytishga kirishdim.
Buning nima hojati bor edi? Ajabo, Mujgonga shu narsalarni aytib berishga meni maj-
bur qilgan narsa shunchaki bir sho‘xlik ehtiyojigina edimi? Qaydam. Noo‘rin ish
qilayotganimni sezib, tilimni shuncha tiyishga urinsam ham, hech epini qilolmay so‘zlar
edim.
Mujgonga aytib bergan narsalarim dugonalarimni bo‘ri ertagidagi singari qanday alda-
ganim hikoyasidan iborat edi. U mahal rol talabi bilan o‘zimni qayg‘uli holga solardim, le-
kin bu safar bunga majburiyat bo‘lmasa ham, nima uchundir, yana o‘zimni, qayg‘u
og‘ushiga tashladim. Ovozim asta-sekin mung olib, boqishlarim telbalanib bordi. Muj-
gonning yuziga qarashdan qo‘rqib ko‘zlarimni olib qochar edim. Uning goh etaklari, yo
tugmalarini o‘ynar, goh boshimni tizzasiga qo‘yib, nuqul dengizga, uzoqlarga tikilardim.
Hikoyamning qahramonini avval Mujgondan yashirishga tirishdim-u, keyincha buni
ham og‘zimdan chiqarib yubordim.
Mujgon sochlarimni silab, so‘zlarimga jimgina quloq solib o‘tirardi.
So‘zimni bitirib, dugonalarim haqida yolg‘on-yashiq narsalar aytganim aybligini
Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin
Do'stlaringiz bilan baham: |