Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

 
 



1- BOB. KUTUBXONASHUNOSLIK FANINING 
MOHIYATI, ASOSIY RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
1.1.
 
 Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv predmeti 
sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanish davri (XIX asr) 
Kutubxonashunosik 
g‘oyalari 
deganda, 
kutubxona 
va 
kutubxonachilik ishlari haqidagi dastlabki, eng oddiy g‘oyalar 
tushuniladi. Bu oddiy tushunchalar bo‘lib, hali ilmiy bilimlar, 
tushunchalar darajasiga chiqmagan fikrlardir. Kutubxonashunoslik 
g‘oyalari 
va 
kutubxonashunoslik 
fani 
o‘rtasidagi 
aloqalar, 
kutubxonashunoslik fanini ilmiy va o‘quv predmeti sifatida paydo 
bo‘lishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun asos sifatida xizmat qildi. 
Xronologik jihatdan kutubxonashunoslik g‘oyalar tarixi ikki ming yildan 
ortiqroq davrni o‘z ichiga oladi. 
Kutubxonashunoslik tarixi ikkita davrga bo‘linadi.
I. Kutubxonashunoslik g‘oyalari davri.
II. Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv predmeti sifatida 
paydo bo‘lishi va rivojlanish davri. 
Ular o‘z navbatida bir qancha davrlarni o‘z ichiga oladi. 
1. Kutubxonashunoslik g‘oyalari davri 
1.1. Qadimgi davr kutubxonashunoslik g‘oyalari davri 
1.2. O‘rta asrlar davri kutubxonashunoslik g‘oyalari davri 
2. Kutubxonashunoslik fanining ilmiy va o‘quv predmeti sifatida 
paydo bo‘lishi va rivojlanish davri. 
2.1. Kutubxonashunoslik fanining paydo bo‘lishi va shakllanishi 
(XIX) 
2.2. XX asrda kutubxonashunoslik fanining rivojlanishi 
2.3. Kutubxonashunoslik fanining rivojlanish istiqboli davri (XXI 
asr) - umuminsoniy qadriyatlarni metodologik asoslari sifatidagi fan.
Kutubxonashunoslik g‘oyalari kompleks ravishdagi obyektiv sabab 
va sharoitlar natijasida paydo bo‘ldi. Ular bevosita eramizdan avvalgi II 
minginchi yillarda paydo bo‘lgan birinchi kutubxonalar bilan bevosita 
bog‘liqdir. 
Qadimgi dunyoda kutubxonalarni sonini ko‘payishi natijasida sekin 
- asta ularni faoliyati haqidagi ma’lumotlar to‘plana boshlandi. 
Keyinchalik ular haqidagi ma’lumotlarni to‘plab tahlil qilish, 
kutubxonalar ishini tashkil qilish haqidagi eng yaxshi usullarni aniqlash 
va boshqalar haqida obyektiv talablar paydo bo‘la boshladi. Bu vazifalar 
kutubxonashunoslik g‘oyalari sifatida qarala boshlandi. 



Qadimgi dunyo kutubxonashunoslik g‘oyalarida - hozirgi vaqtda 
kutubxona deb ataluvchi muassasalar haqidagi eng oddiy, elementar 
tushunchalar: tashkil etish, saqlash, tavsiflash, kataloglashtirish va 
boshqalar haqida fikrlar berilgan. 
O‘rta asrlar davrida kutubxonashunoslik g‘oyalari o‘ziga xos 
qarashlar 
bilan 
boyidi. 
Ushbu 
davrda 
G‘arb mamlakatlari 
kutubxonachilik ishida cherkovning to‘liq hukmronligi ostida bo‘lsa, 
Sharq mamlakatlarida ayrim hukmdorlar saroyida va diniy muassasalar 
qoshida kutubxonalarninh shakllanishi, ularni diniy yo‘analiishda 
faoliyat yuritishga olib keldi. 
Kutubxonalar “Diniy - klerikal madaniyat”ni tarqatish o‘chog‘i 
sifatida qaraldi va bunday yondoshish ularni ish mazmunini va shaklini 
belgilab berdi. Asosiy e’tibor kitob boyliklarini saqlash va ularni asrash, 
hisobini olib borish, joylashtirish, kataloglashtirishga qaratildi. Undan 
foydalanishga e’tibor kam qaratildi.
1
Markaziy Osiyo mintaqasida dastlabki kutubxonalar IV-VI asrlarda 
paydo bo‘lgan. Markaziy Osiyo mintaqasida kutubxonalarning 
rivojlanishiga VIII asrdan boshlab Samarqandda yuqori sifatli qog‘oz 
ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu 
davrlarda Sharqning buyuk allomalari Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon 
Beruniy, Ahmad al Farg‘oniy, Mahammad al-Xorazmiy va boshqalar 
faoliyat yuritdilar. 
Abu Ali ibn Sinoning Buxoro amirining saroy kutubxonasi haqidagi 
estaliklari judda ham qiziq manba sanaladi: “Men, - deydi olim, kitoblar 
saqlanadigan joyga kirdim. Ular bir qancha xonalardan iborat bo‘lib, har 
bir xonada sandiqlarda kitoblar saqlanar edi. Bir xonada arab tilidagi 
kitoblar va she’riy kitoblar, boshqasida huquqshunoslikka oid kitoblar 
va shu tariqasida har bir xonada fanning qaysidir sohasiga oid kitoblar 
saqlanar edi. Men u yerda mendan oldin o‘tgan ilm ahli tomonidan 
yozilgan va bu erda saqlanayotgan kitoblarni ro‘yxatini o‘qib chiqdim”.

asrlarda 
saroy 
kutubxonalarida 
adabiyotlarni 
klassifikatsiyalashning ba’zi bir usullari qo‘llanila boshlandi va 
kutubxonalarda mavjud bo‘lgan kitoblarning ro‘yxatlari tuzilgan, 
kutubxona ichida esa mehnat taqsimoti yo‘lga qo‘yilgan. 
1
Коваленко 
А.П., 
Умаров 
А.А., 
Расулов 
М.М. 
Основы 
библиотековедения: 
Учеб.пособ.для 
студентов 
библиотечных 
факультетов.-Т.: Изд-во НБ. Узбекистана им.А. Навоий, 2008.- 130 с.. 



G‘arb mamlakatlarida ushbu davrlarda “bid’atga oid” adabiyotlarni 
o‘qishni ta’qiqlash ishlari keng avj oldi. O‘qish man etilgan “voz 
kechilgan”, “yolg‘on yozuvli” adabiyotlarni ro‘yxatlari tuzildi. 
Bu davrlarda kutubxonachilik g‘oyalari, kitobsaqlovchilar uchun 
yaratilgan turli xil yo‘riqnomalar, eslatmalar va nasihatlarda aks eta 
boshladi. O‘rta asr kutubxonachilik g‘oyalarini o‘ziga xos xarakterli 
tomoni shundan iborat ediki, kutubxonalarga faqat tor doiradagi odamlar 
uchungina kitoblar to‘planadigan joy sifatida qarash xos edi. 
Kitob bosishni kashf etilishidan keyin kutubxonachilik ishini 
boshqarish bo‘yicha dastlabki bosma asarlar paydo bo‘la boshladi. 
Ulardan dastlabkisi Frantsiya kardinali Djuli Mazarini tomonidan 
kutubxona tashkil etish uchun taklif qilingan teolog va publitsist 
Gabrielya Node (1627 y.) ning “Kutubxona tashkil etish bo‘yicha 
maslahat” asari edi. 
Kutubxonachilik g‘oyalarini rivojlanishidagi sezilarli burilishlar 
Buyuk frantsuz revolyutsiyasi (1789-1794 yillar) davrida paydo bo‘la 
boshladi. Kutubxonalarga “fuqoralar uchun maktab” sifatida qaraldi va 
ular maktab, maktabdan tashqari ta’lim tizimini tashkil etishda muhim 
rol o‘ynashi zarurligi qayd etila boshlandi. 
XVIII asrning oxiri - XIX asrning boshlarida jahonda 
kutubxonashunoslikni fan sifatida shakllanishiga asosiy shart-sharoitlar 
paydo bo‘ldi: yetarli darajada boy emperik bazalar yig‘ildi, bir qancha 
muhim g‘oyalar tasdiqlandi. Bularning barchasi yangi fanni asosini 
tashkil etishi mumkin edi. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish