"Kutubxona ma'rifatli dunyoga ochilgan eshik". Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati



Download 24,67 Kb.
bet1/11
Sana31.12.2021
Hajmi24,67 Kb.
#269680
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
1 mavzu


“Kutubxona - ma'rifatli dunyoga ochilgan eshik”.

Respublika bolalar kutubxonasi faoliyati

“Kecha va bugun”

Kishilik jamiyatini taraqqiyoti davomida turli-tuman moddiy, madaniy va an'anaviy yodgorliklar ko‘plab yaratilgan. Ana shunday yodgorliklardan biri kitobdir. Qadimda kitoblar avaylab asralgan, nihoyatda qadrlangan.Faqat kutubxonalar tufayligina qadimgi qo‘lyozmalar, bosma kitoblar, tarixiy shaxslar haqidagi manbaalar bizgacha yetib kelgan.Ilmli kishilar kitobni barcha boyliklardan yuqori ko‘rganlar, ularni qadrlaganlar.Kutubxona forscha “kitoblar uyi”, “kitoblar saqlanadigan joy” degan ma'noni bildiradi.

Respublika bolalar kutubxonasi 1965 yilning yanvar oyida Alisher Navoiy nomidagi Davlat kutubxonasining “O‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi fondi” ning negizida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan viloyatlardagi bolalar kutubxonalari uchun ilmiy-uslubiy markaz sifatida tashkil etildi.

Kutubxona dastlabki davrda V.Mayakovskiy nomidagi kutubxona bilan bir binoda joylashtirilgan edi va 1972 yildan esa u o‘z binosiga ega bo‘ldi. Kutubxona uchun bino tanlashda uni shaharning markazida, qulay joyda joylashishi, maktablar va bolalar bog‘chalari yaqinligi hisobga olindi.

Respublika bolalar kutubxonasi Davlat muhofazasidan me'morchilik yodgorligi bo‘lmish qadimiy binoda joylashgan. Binoni 1907 yilda boy savdogar aka-uka Vod'yayevlar o‘zlari uchun qurganlar. Tez orada bino shahar general-gubernatori ixtiyoriga o‘tkazilgan. Binoda shahar ulamolarining yig‘ilishlari, yubiley tantanalari va ballar ham o‘tkazilar edi.

1965 yilga qadar Respublikada bolalar kutubxonalari faoliyatini umumlashtiruvchi, uslubiy yo‘l - yo‘riqlar ko‘rsatadigan tashkilot bo‘lmagan edi. Shu davrdan boshlab Respublika bolalar kutubxonasi uslubiy markaz vazifasini bajarishni o‘z zimmasiga oldi.Kutubxona viloyat bolalar kutubxonalari faoliyatini boshqarib, ilmiy - uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatgan.

Respublika bolalar kutubxonasi yiliga 13 mingdan ziyod kitobxonlarga xizmat ko‘rsatib kelmoqda. Ko‘p sonli kitobxonlarni bog‘cha bolalaridan boshlab, to 1-9 sinf o‘quvchilari tashkil etadi. Shuningdek, shahrimizning barcha maktab o‘quvchilari va bolalar bog‘chalari murabbiylariga, Uspenskiy nomli Respublika ixtisoslashgan musiqa akademik litseyi pedagoglari va o‘quvchilariga, hamda Kamoliddin Bexzod nomli milliy rassomchilik va dizayn instituti professor o‘qituvchilari talabalariga, ARMlar mutaxassislariga, kutubxona xizmati ko‘rsatilmoqda.

Kutubxona har jihatdan qulay va shinam. Kichkintoylardan tortib to kattalarning ham qiziqishiga javob beradigan kitob zahirasiga ega. Kutubxonaning asosiy vazifasi kitobni targ‘ibot qilishdan uni keng kitobxon ommasiga yetkazishdan iboratdir.

Kutubxona fondida 219 mingdan ziyod adabiyotlar va 100 dan ortiq boshqa nashrlar mavjud. Bular: fanning barcha sohalari bo‘yicha bolalar yoshini hisobga oluvchi badiiy adabiyotlar, ilmiy - ommabop nashlar, ijtimoiy - siyosiy kitoblar, jurnallar, O‘zbekistonda va Rossiyada nashr qilingan bolalar hamda kattalar uchun gazeta va jurnallar, ensiklopediya - lug‘atlar, CD romlar, video - audio kassetalardir. Shuningdek, bolalar o‘qishi rahbarlari uchun ilmiy-uslubiy va bibliografik nashrlar ham o‘z o‘rnini topgan.

 

Bo'limlar



Hozirgi kunda Respublika bolalar kutubxonada 6 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatmoqda:

1. O‘quvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi:

-Maktab yoshigacha va 1- 4 sinf o‘quvchilariga xizmat ko‘rsatish sho‘basi.

-5 - 10 sinf o‘quvchilariga ta'lim resurslari bo‘yicha axborot xizmat ko‘rsatish sho‘basi.

-Ma'naviyat, ma'rifat va san'at bo‘yicha mediaresurs sho‘basi.

2. Ma'lumot-bibliografiya va o‘lkashunoslik axborot bo‘limi.

3. Kitob jamlash, to‘kislash va yangi resurslarning elektron katalogini yaratish bo‘limi.

4. Adabiyotlarni saqlash va retrokatalog yaratish bo‘limi.

5. Ilmiy uslubiyot va maktab axborot resurs markazlari mutaxassislar malakasini oshirish bo‘limi.

6. Jahon axborot resurslari va yangi texnologiya bo‘limi. Internet sinf.




Download 24,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish