1.3.Excel dasturida misol va maslar yechish
6- misol. Excel yordamida ax+b=0 ko‘rinishdagi tenglamani yeching. Sizga matematika fanidan ma'lumki, agar a=0 va b=0 bo‘lsa, x ning ixtiyoriy qiymati tenglamaning yechimi bo‘ladi. Bu hol qiziq bo‘lmagani uchun qaramaymiz. Agar a=0 va b≠0 bo‘lsa, u holda yechim yo‘q. Endi a≠0 bo‘lsin, u holda tenglamaning yechimi "-b/a" nisbatga teng bo‘ladi. Shunga asosan quyidagi rasmdagi kabi formula yozish mumkin.(7-rasm) [6]
7-rasm
7-masala. Quyidagi funksiyaning grafigini hosil qiling:
, bu yerda
Bajarish. Bu funksiyaning grafigi ham xuddi 1-masaladagi funksiya grafigi kabi yasaladi. Birgina farqi B2 katakka yozilgan formula o‘zgaradi. Bu formulani yozishning 2 usuli bor: klaviatura va funksiya ustasi yordamida. Klaviatura yordamida yozish tushunarli bo‘lsa, B2 katakka (1+ABS(0,2-A2))/(1+A2+A2^2);A2^(1/3))'>=ЕСЛИ(A2<0,5;(1+ABS(0,2-A2))/(1+A2+A2^2);A2^(1/3)) formula kiritiladi. Bunday nisbatan murakkabroq formulalarni funksiya ustasi yordamida quyidagicha kiritgan maqsadga muvofiq: B2 katak faollashtiriladi. Funksiya ustasi oynasidan ЕСЛИ funksiyasi tanlanib, OK tugmasi bosiladi. Ochilgan muloqot oynada Лог выражение darchasiga A2<0,5 shartni, Значение если истина darchasiga (1+ABS(0,2-A2))/(1+A2+A2^2) ifodani, Значение если ложь darchasiga A2^(1/3) ifodani kiritib, OK tugmasini bosamiz (8-rasm).
8-rasm
B2 katak quyi o‘ng chegarasi ustida sichqonchaning chap tugmasini bosib, qo‘yib yubormasdan, B12 katakkacha surib boramiz. Natijada argument va funksiya qiymatlari quyidagi ko‘rinishga keladi:
9-rasm.
Funksiya grafigini funksiya ustasi yordamida 1-masaladagidek yasaymiz. Javob quyidagicha bo‘ladi (10-rasm):
10-rasm.
8-masala. Quyidagi funksiyaning grafigini hosil qiling:
, bu yerda .
Bajarish. Bu funksiyaning grafigi ham 1- va 2-masalalardagi funksiyalar grafiklari kabi yasaladi. Faqatgina B2 katakka =ЕСЛИ(A2< 0,4;TAN(1+A2);ЕСЛИ(A2>1,4;A2^(1/6);A2^3+5)) formula kiritilishi lozim. Funksiya ustasi orqali kiritadigan bo‘lsak, B2 katakni faollashtirib, funksiya ustasini ishga tushiramiz. Ochilgan oynada 1-shart va uning ifodasini kiritamiz (11-rasm).
11-rasm.
Keyingi shart va funksiyalarni kiritish uchun Значение если ложь darchasida sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosib, yana ЕСЛИ funksiyasini tanlaymiz. Natijada yana 1 ta oyna ochiladi. Qolgan qiymatlarni ham rasmdagidek kiritib, OK tugmasini bosamiz (12-rasm).
12-rasm.
B ustunda funksiya qiymatlari hosil bo‘ldi. A1:B12 maydonni belgilab, diagramma ustasi yordamida funksiya grafigini hosil qilamiz. Natija quyidagicha bo‘ladi (13-rasm):
13-rasm.
Do'stlaringiz bilan baham: |