Kusinova Gulmira Urazbayevna
O ‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
S AMARQAND VILOYATI XALQ TA’LIMI XODIMLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH HUDUDIY MARKAZI
KUSINOVA GULMIRA URAZBAYEVNA
“Ms Excel dasturida formula funksiylar”
mavzusidagi
MALAKA ISHI
Yo‘nalish (guruh) Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari 3-guruhi
Tinglovchining ish joyi Ishtixon tumani 17-maktab
Kafedra mudiri _____________ Usmanov B.I.
Imzo
Malaka ishi rahbari (taqrizchi) _____________ Xujaqulov Sh..
Imzo
Tinglovchi _____________ Sodiqov Sh.A.
Imzo
Samarqand – 2020-yil, avgust
MUNDARIJA
|
Malaka ishi mazmunining bayoni
|
-bet
|
|
Ilovalar
|
-bet
|
|
Tinglovchining malaka oshirish davrida o‘z-o‘zini rivojlantirishi va mustaqil bilim orttirishi bo‘yicha bajarilgan ishlari
|
-bet
|
|
Tinglovchining o‘z kasbiy mahoratini uzluksiz oshirib borishga qaratilgan yo‘l xaritasi
|
-bet
|
|
Taqdimot slaydlari
|
-bet
|
Kirish
Bugungi kunda Respublikamizda ta’lim samaradorligini oshirishning asosiy ta’moyillaridan biri yoshlarimizni kuchli bilimli va malakali mutaxassislar hamda zamonaviy axborot texnologiyalari bilan jihozlangan sharoitlarda o‘qitishdir. Kuchli bilim va tafakkurli shaxslar yetarli bo‘lgan davlat mustahkam va qudratlidir.
O‘quvchilar informatika fanini puxta o‘zlashtirishi orqali erkin fikrlashga va o‘z fikrini tortinmay bayon etishga, dunyoqarashini kengaytirishga, bilim doirasini chuqurlashtirishga, fanga oid topshiriqlarni mustaqil bajarishga harakat qiladilar.
Keyingi yillarda boshqa fanlar singari informatika faniga ham e’tibor kuchayib bormoqda. Jamiyatimizning barcha sohalarida texnikaning kirib kelishi fikrimiz isbotidir. Informatika fanini o‘rganar ekanmiz, eng avvalo uning maqsad va vazifalarini loyihalab olish eng muhim sanaladi.[1-2]
Respublikamizda ta’lim muassasalarida “Informatika”, “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlarining o‘quv rejalarida yuqori saviyali algoritmik tillardan birining imkoniyatlarini o‘rgatish rejalashtirilgan. Barcha fanlarda uchraydigan tushuncha va tuzilishlarni o‘z ichiga olganligi, katta imkoniyatlarga egaligi, shuningdek, ob’yektga yo‘naltirilgan dasturlash tillarini o‘rganishga asos bo‘lib xizmat qilganligi sababli maktablarda aynan shu fanni chuqur o‘rganishga e’tibor qaratilgan. Biz hayotimizni axborot texnologiyalarisiz tasavvur qila olmaymiz. Hozirgi kunning asosiy talablaridan yana biri, o‘quv jarayonini to‘liq kompyuter tarmoqlaridan foydalangan holda olib borishdir. Buning uchun kompyuter tarmoqlari, uni tashkil etuvchilari, fandagi o‘rni nimalardan iborat, internet tizimi nima va o‘qitishda hamda o‘quv jarayonida foydalanishda nimalarga e`tibor bermoq kerak degan savollarga javob berish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqot maqsadi, axborot texnologiyalarini qay darajada ta`lim tizimida kirib kelayotganligini tahlil qilish orqali, informatika fanini o‘qitish va amaliy masalalarni yechishga tadqiq qilish hamda mazkur masalani yechishda optimal vositalarni aniqlash va uning dasturiy ta`minotini yaratish yo‘llarini izlashdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |