Koson tumani 3-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining “O`quv-uslubiy xujjatlarni ta`sdiqlash, kelishuvga kiritish xamda o`quv adabiyotlarni nashr etishga tafsiya berish to`grisida”gi №110 m-sonli xatiga muvofiq o’tkazilgan yig’ilishi
BAYONNOMASI
“___”_________2021 yil Koson tumani
Yig‘ilish raisi: J.Nusurov
Kotiba: M.Tursunova
Qatnashdilar: 24 nafar pedagog-xodimlar, YBIBDO’ – O.Boltayev, Kadrlar bo’yicha inspektor- U.Boltayev , yoshlar yetakchisi – E.Ergashev.
Ko‘riladigan masala
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi O’RQ-443-sonli Qonuniga ko’ra Hududiy boshqarmaning № Kya/01-183 m-sonli xatining mazmun-mohiyatini pedagog-xodimlarga yetkazish va ijrosini ta’minlash.
Yig’ilishni maktab direktori J.Nusurov ochib, bugungi yig’ilishni mazmun-mohiyati haqida tushuncha berdi. U o‘z so‘zida mazkur xatda ko’rsatilgan topshiriqlarni bajarilishi yuzasidan kerakli ko’rsatmalarni berib o’tdi. Shuningdek u maktabda Inspektor vazifasiga shtat birlik ajratilganligi va mazkur xodim devonga mas’ulligini alohida takidlab o’tdi.
Shundan so‘ng YBIBDO‘ – O.Boltayev so‘zga chiqib, O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi O’RQ-443-sonli Qonuniga ko’ra Qashqadaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining 2021-yil 26-apreldagi № Kya/01-183 m-sonli xatiga berilgan topshiriqlarni mazmuni haqida yig’ilish ishtirokchilariga keng ma’lumot berib o’tdi. U o‘z so‘zida Devonga kelib tushgan xatlar, telefonnagrammalar va shu kabi elektron hujjatlar o’z vaqtida bajarilishi lozimligini ta’kidladi.
O.Boltayev nutqi davomida o’z o’rnida maktabning pedagog-xodimlari Ta’lim sohasidagi qaror va farmonlardan habardor bo’lib borishlari va o’z ustlarida doimo shug’ullanib borishlari kerakligini aytib o’tdi.
Yuqoridagilarni inobatga olib,
Yig’ilish qaror qiladi:
Yuqorida o‘qib eshittirilgan ma’ruzalardagi masalalar rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin;
O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi O’RQ-443-sonli Qonuniga ko’ra Hududiy boshqarmaning № Kya/01-183 m-sonli xatida berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash yuzasidan maktab ishchi guruhi tuzilsin;
Ushbu qaror mazmun-mohiyati haqida o‘qituvchilar o‘rtasida keng targ‘ibot ishlari olib borilsin;
Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilish YBIBDO’ O.Boltayev zimmasiga yuklatilsin.
Koson tuman 3-son
kasb-hunar maktabi direktori: J.Nusurov
Koson tuman 3-son kasb-hunar maktabida O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 7-sentyabrdagi “Huquqiy axborotni tarqatish va undan foydalanishni ta’minlash to’g’risida”gi O’RQ-443-sonli Qonuniga ko’ra Qashqadaryo viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasining 2021-yil 26-apreldagi № Kya/01-183 m-sonli xatida berilgan topshiriqlarni ijrosini ta’minlash yuzasidan maktab ishchi guruhi
TARKIBI
1. J.Nusurov – maktab direktori
2. O.Boltayev – YBIBD o‘rinbosari
3. U.Boltayev – Kadrlar bo’yicha inspektor
4. E.Ergashev – Yoshlar yetakchisi
5. S.Shayqulov- O’IBD o’rinbosari
Do'stlaringiz bilan baham: |