“MTTda rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini takomillashtirish mehanizmlarini yaratish” KURSNI TUGATISH ISHIDA YORITILGAN MASALALAR
“Ilk qadam ”davlat oʼquv dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari;
MTTda bolaning rivojlanish sohalari kompetensiyalari;
MTTda rivojlanish markazlarining jihozlashga qo’yilgan talablar;
MTTda rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini takomillashtirish mehanizmlarini yaratish;
Mazkur kursni tugatish ishini MTTda rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini takomillashtirish mehanizmlarini yaratish mavzusida yozilgan bo‘lib, maktabgacha yoshdagi bolalarda markazlarda ishlashni rivojlantirishning dolzarb masalalari yoritilgan. Kursni tugatish ishi mavzuga doir ma’lumotlar MTTda markazlarni takomillashtirishga doir ishlar tizimi ko‘zga tashlanadi.
Kursni tugatish ishi kirish qismi, 2 ta bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. MTTda rivojlantiruvchi markazlar faoliyatini takomillashtirish mehanizmlarini yaratish haqida ma’lumotlar batafsil yoritilgan.
“Ilk qadam ”davlat oʼquv dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari Taʼlimiy rivojlantirishda maktabgacha taʼlim kontseptsiyasiga muvofiq pedagog L.S.Vigotskiyning quyidagi nazariyasiga tayaniladi "Har qanday faoliyat turining rivojlanishi quyidagicha boʼladi: avval kattalar bilan hamkorlikdagi, soʼng tengdoshlari bilan birgalikdagi faoliyat amalga oshiriladi va nihoyat bolaning mustaqil faoliyati amalga oshiriladi". Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni sifatli maktab ta’limiga tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
1. “Ilk qadam” dasturini ta’lim-tarbiya jarayonga tadbiq etish,dasturni to‘laqonli ishlab ketishida metodik ta’minot va metodik yordamning o‘rni belgilab olindi.
2. “Ilk qadam” dasturi asosida barcha yosh guruhlarida mavjud markazlar hamda umumiy guruhda ishlashni tashkil etishda tarbiyachining o‘rniga alohida e’tibor qaratildi. Ta’lim tashkilotining ishchi o‘quv dasturi tashkilot pedagoglari tomonidan ota-onalarni jalb etgan holda tuziladigan va amaldagi qonunchilik tartibida tasdiqlanadigan qilib belgilandi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida 5 ta markazda faoliyat yuritadilar.