Kursni tugatish ishi topshiriq varaqasi


Amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan ta’lim metodlari



Download 38,37 Mb.
bet16/19
Sana25.01.2022
Hajmi38,37 Mb.
#408702
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Amaliy mashg’ulotlarda qo’llaniladigan ta’lim metodlari

Professional ta’limning amaliy-laboratoriya, ishlab chiqarish darslarini yuqori metodik saviyada tashkil etish va o’tkazish uchun o’qitish metodlaridan oqilona va samarali foydalanish zarur.

O’qitish metodlari ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchilar faoliyatining yo’nalishini, o’qitish jarayonining qanday tashkil etilishi va olib borilishi hamda o’qituvchining ish harakatlarini belgilaydi. Bu metodlar o’qituvchi tomonidan o’quvchilar bilim, ko’nikma va malakalarini o’zlashtirishlari uchun qo’llaniladigan usullar yig’indisi o’z ichiga oladi.

Ta’lim tizimida o’qitish metodlari bilan birga “usul” va “vosita” degan atamalar ishlatiladi.

Usul- ma’lum o’quv materialini o’tishda qo’llanayotgan asosiy o’qitish metodi bilan birga ikkinchi bir o’qitish metodining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko’rishdir

Vosita- o’qitish metodlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan yordamchi o’quv materiallari- asbob, qurol, apparat va shu kabilardan foydalanishdir

Professional ta’limda ta’lim metodlari didaktikaning eng asosiy kategoriyasidan hisoblanadi. Agar ta’lim mazmuni nimaga o’qitish kerak degan savolga javob bersa, metod esa qanday o’qitish kerak degan savolga javob beradi.

Fan, texnika va ishlab chiqarish taraqqiy etib borishi munosabati bilan mehnat va kasb ta’limi metodlari doimiy ravishda rivojlanib va takomillashib bormoqda. Bu metodlarning rivojlanishi va takomillashuvi ilg’or pedagogik tajribaning to’planishi, ilmiy-metodik tadqiqotlarning kengayib va chuqurlashib borishi asosida didaktik printsiplarning, mehnat va kasb ta’limi sistemalarining takomillashib borishi bilan o’zaro bog’langan holda ro’y bermoqda.

Amaliy kasbiy ta’lim jarayonida quyidagi metodlardan foydalaniladi. Ular bilim va ko’nikma manbalari jihatidan:


  • Og’izaki (tushuntirish, suxbat, yozma yo’riqnoma va hokazolar);

  • Ko’rgazmali (mehnat usullari va harakatlarni ko’rsatish, ko’rgazmali qurollarni namoyish qilish, ekran vositalaridan foydalanish, o’quvchilarning kuzatishlari va hokazo);

  • Amaliy (mashqlar, laboratoriya-amaliy ishlari, ishlab chiqarish texnika vazifalarini hal etish);

  • Bilimlar, mehnat ko’nikmalari, malakalarini tekshirish va faol izlash hamda boshqa usullarga bo’linadi.

Materialni og’izaki bayon etish metodi o’quv materialini shunday bayon qilishni nazarda tutadiki, buning natijasida yangi texnika, mehnat tushunchalari ochib beriladi. Bu metod asosida o’qituvchilarning, amaliy kasbiy ta’lim o’qituvchisining jonli so’zi yotadi, bu so’z esa o’quvchilarga kuchli xissiy ta’sir ko’rsatadi, ularning tasavvurini boyitadi, ijodiy fikr yuritishga undaydi, ko’pgina shaxsiy ijodiy sifatlarni tarkib toptirishga yordam beradi.

Amaliy kasbiy ta’lim o’qituvchisi (muxandis-pedagog, ishlab chiqarish ta’lim ustalari) og’izaki bayon qilish jarayonida o’z yozuvlari, hisoblari, hisob-kitoblari, eskizlardan keng foydalanadi. O’quv materialini bayon qilish muntazam, mantiqan izchil va tugallangan bo’lishi kerak. Bunda talabalar materialni oson anglab olishlari uchun o’qituvchi (usta) o’z tushunturishini o’quvchilarga savollar berish bilan bo’lib turishi, ularning o’zlashtirishini va diqqatini tekshirish kerak.

Og’izaki bayon qilish metodida amaliy kasbiy ta’lim o’quvchisi nutqi muxim ahamiyatga ega bo’lib, unga quyidagi talablar quyiladi: adabiy texnik savodxonlik: jonli so’zlashish oxangi, o’zini tutish holatlarining tabiyligi; ifoda etishning aniqligi, so’zlash “sofligi”, maqsadli ishoralar; ovozni boshqara olish (oxang balandligi, talaffuzi); nutqning hissiyotga boyligi; eng maqbul ovoz balandligi va tezligi; ovoz balandligi va tezligini o’zgartira olishi.

Og’izaki bayon qilish metodi ayrim kamchiliklarga ham egadir, ya’ni ba’zi o’quvchilarning passivligi va ularning darslardan yaxshi o’zlashtirmasligi kuzatiladi, natijada o’qituvchi ko’pincha darsning o’zlashtirilishi jarayonini tez boshqarish imkonidan maxrum bo’lib qoladi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish uchun darsda ritorik savollar berish (ya’ni bular shunday savollarki, ularga o’qituvchining o’zi javob qaytaradi), shuningdek ko’rgazmali qo’llanmalarni namoyish qilish, texnologiya hujjatlarini, kinematik sxemalarni taxlil qilish, hisob-kitoblar o’tkazish maqsadga muvofiqdir.

O’qituvhi mavzuni bayon qilishni tamomlar ekan, o’quv materialining asosiy qoidalariga qisqacha yakun yasashi lozim.

Suxbat. Bu professional ta’limning shunday usuliki, undan o’qituvchi tug’ri qoyilgan savollar yordamida o’quvchilarda ilgari o’zlashtirilgan bilimlarni esa tushiradi va shu asosda mustaqil ravishda yangi bilimlar hosil qilishga undaydi. Mehnat va kasb ta’limi metodi bo’lgan suxbatdan yangi materiallarni o’rganish vaqtida ko’proq foydalaniladi va ilgari o’zlashtirilgan bilimlar va amaliy tajriba uning bazasi bo’lib xizmat qiladi.

O’quvchilarning yangi o’quv materialini suxbat usuli bilan o’rganishi o’qituvchilardan moshg’ulotga puxta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi. Bu tayyorgarlik shundan iborat bo’ladiki, amaliy kasbiy mazmunini melgilab oladi, asosiy savollarni tuzib chiqadi, butun suxbatning borishini, o’quvchilar berishi mumkin bo’lgan javoblarning mamunini o’ylab oladi, qisqacha kirish va yakunlovchi suxbatlarni tayyorlaydi.

O’quvchilar suxbatning borishi jarayonida o’quvchilarning savollariga javob berar ekanlar, o’zlariga ilgarigi materiallardan ma’lum bo’lgan faktlar, qoidalarni taxlil qiladilar, yangi yakunlarni ifodalaydilar va umumiy hulosalar chiqaradilar.

Kasb ta’limi bo’yicha o’tkaziladigan mashg’ulotlar, o’quv materialining mazmuni suxbat metodidan foydalanish uchun kata imkoniyatlar yaratadi. Masalan, ishlab chiqarishning turli tarmoqlarida ishlatiladigan mashinalar, mexanizmlar va asboblarni, texnologiya, mehnat jarayonlari va operatsiyalarni, mehnatni rejalashtirish va tashkil etishni o’rganish, qiyosiy taxlil qilish asosida, o’quvchilarning fikrlash faolligini rivojlantiradi. Ularning bilimlarini e’tiqodga aylantiradi.

Suxbatni o’tkazishda nazariy bilimlarni amalda qo’llash, o’quv-ishlab chiqarish ishlarini bajarish usullari va vositalarini aniqlashga; harakatlar va jarayonlar oqibatlarini tushunishga; nosozliklar va nuqsonlarni aniqlash; fanlararo aloqalarni o’rnatish va izlashga; o’quv ishlab chiqarish ishlarini bajarish usullari va vositalarini tanlash, taqqoslashga, qiyoslashga oid savollar turlari qo’llaniladi. Suxbatni ta’limning boshqa metodlari-tushuntirish, usullarni ko’rsatish, ko’rgazmali qurollarni namoyish etish, kuzatish va shu kabilar bilan qo’shib olib boorish lozim. Suxbat chog’ida o’quvchi javob berishda qiynalayotgan bo’lsa, boshqa o’quvchini chiqarishga shoshilmaslik kerak; unga tushunarliroq bo’lgan yo’naltiruvchi savollar berish ma’qul, tug’ri javobga yaqinlashtiruvchi ma’lum dalillarni eslatish mumkin. Suxbat yakunida albatta xulosa chiqariladi.

Kasb ta’limini darslarida foydalaniladigan suxbat metodining afzalligi shundaki, u o’quvchilarning bilishga oid qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi, ularning fikrini faollashtiradi, ta'’im jarayonini jadal boshqarish uchun shart-sharoitlar yaratib beradi. Biroq bu metodni universal metod deb hisoblab bo’lmaydi, chunki u talabalarda mehnat ko’nikmalari va malakalarini tarkib toptirishni ta’minlamaydi.

Yo’riqli metod- amaliy kasbiy ta’limning amaliy o’qitish jarayonida o’quvchilarda kasbiy ko’nikma va malakalarni shakllantirishga qaratilgan muxandis-pedagog (ustaning) asosiy ish uslubi-ko’rsatmasi.

Yo’riqlar bu tushuntirish va ko’rsatish metodlarining birgalikda qo’llanilishi yoki metodik nuqtai nazardan yo’riq berish- bu tushuntirish va amaliy harakat va uslublarni birgalikda bajarishdir. Tushuntirish va ko’rsatishni birgalikda har xil ishlatish natijasida bo’lajak mutaxassislarda texnik, texnologik tushunchalarni, texnikaviy fikrlashni, mehnatni sevish, qiziqish va kasblarga mexrni tarbiyalaydi.

Yo’riqlar tashkiliy ahamiyatga xam ega bo’lib, ko’p holda amaliy ishlarni bajarishdan oldin, ish jarayonida va ish oxirida o’tkaziladi. Yo’riqlar o’z navbatida; kirish yo’rig’i, joriy yo’rig’i va yakuniy yo’riqlardan iborat.

Kirish yo’rig’i mashg’ulotning tashkiliy shakliga ko’ra butun guruxga, brigade va individual o’tkazish turlaridan iborat bo’lib, amaliy ish bajarishdan oldin o’tkaziladi. Bu yo’riqda o’quvchilarga mashg’ulot mavzusi, maqsadi aytiladi. Mashg’ulotning ta’minoti (uskunalar, saboblar, moslamalar, materiallar) bilan tanishtiradi va ish joylarining tashkiliy tamoyillarini aytib beradi:


  • Ish bajarish ketma-ketligini tushuntiradi va bajarish usullarini ko’rsatadi;

  • Texnik va texnologik hujjatlar bilan tanishtiriladi;

  • Ish jarayonida uchraydigan o’ziga xos kamchiliklarning paydo bo’lishi haqida ogaxlantiradi.

  • O’z-o’zini nazorat qilish va nazorat usullari bilan tanishtiradi;

  • Ish bajarish vaqtida xavsizlik choralariga e’tibor berishni tushuntiradi.

Kirish yo’rig’ida o’quvchilarga zaruriy hajmdagi nazariy, texnik, texnolgik bilimlar beriladi. Shuning uchun xam kirish yo’riqnomasida oddiy dars shakllari elementlari mavjuddir, ya’ni tushuntirish, suxbat, hikoya, kitob bilan ishlash, ko’rsatish, kuzatish va boshqalar.

Amaliy kasbiy ta’limda kirish yo’rig’i kata axamiyatga ega bo’lgani sababli bunga chuqur tayyorgarlik kurish va rejalashtirish kerak.

Joriy yo’riqda amaliy kasbiy ta’lim o’qituvchisi o’quvchilarning amaliy ishlarini bajarish jarayonida ularning mehnat faoliyatiga tuzatishlar kiritadi va tug’ri bajarishga ularni undaydi. Bu yo’riq jarayonida o’quvchilar ish faoliyatini faqat nazorat qilmasdan uni boshqarish va rejalashtirib boorish kerak. Joriy yo’riq o’quvchilarning ish joylarini tashkil qilinganliklarini (asboblar joylashishini, texnologik xaritalar, zagatovkalar), mehnat jarayonini amalga oshirayotganda qirralarni kesuvchi, asboblarning stanoklarda joylashishini, asboblar va detallarning mahkamlanganligini va xakozalarni kuzatadi.

Yakuniy yo’riqda har bir mashg’ulot mantiqiy yakunlangan bo’lishi kerak. Yakuniy yo’riq xam guruxli, brigadali, yakka tarzda bo’lishi mumkin. Yakuniy yo’riq tushuntirish, suxbat, ko’rsatish va namoyish etish uslublari birgalikda qo’llaniladi.




Download 38,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish