Kursni tugatish ishining maqsadi: Motor alaliyada sistemali korreksion ta’sir etish ishlarini o‘rganish
Kursni tugatish ishining vazifalari:
Muammo bo‘yicha adabiyotlarni tahlil qilish;
Motor alaliyada sistemali korreksion ta’sir etish ishlarini o‘rganish;
Kursni tugatish ishining ob’yekti: Alaliya nutq nuqsonli bolalar nutqini rivojlantirish
Kursni tugatish ishining predmeti : Motor alaliyada sistemali korreksion ta’sir etish ishlari.
Tadqiqotning maqsad va vazifalariga muvofiq quyidagi metodlardan foydalandik:
1.Tadqiqot mavzusiga oid pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarni nazariy tahlil qilish;
2.Bolalarning tibbiy – pedagogik hujjatlarini o‘rganish;
3.Bolalar, logoped, shifokor, ota – ona bilan suhbatlar o‘tkazish;.
Kursni tugatish ishi kirish, 2 ta bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhatidan iborat.
I Bob. “Motor alaliyada sistemali korrektsion ta’sir etish ishlari” mavzusining ilmiy -nazariy o’ganilish holati
1.1.Muammoni pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarda yoritilishi
Nutqning yo‘qligi bolaning mukammal rivojlanishi va atrofdagilar bilan muloqat qilishini keskin cheklaydi. Bu esa o‘z navbatida, ongning asta-sekin rivojlanishdan orqada qolishiga olib keladi va u amalda ikkilamchi xususiyatga ega bo‘ladi. Alaliya bilan kasallangan bolalar oligofren (ongi rivojlanmagan) bolalardan farq qiladi: nutqni shakllanish darajasiga qarab va maxsus o‘qitish bilan ta’sir etish natijasida aqliy jihatdan orqada qolish asta-sekin yo‘qolib boradi.Nutq buzilishini shakllanish sabablari markaziy nerv sistemasini organik jarohatlanishi bilan bog‘langandir. Ularga quyidagilar kiradi: bosh miyani jarohatlanishi ( meningo-ensefalit, qizilcha, jarohatlanishdan keyingi asoratlar); tug‘ruqning og‘ir kechishi va tez tug‘ish oqibatida miyaga qon quyilishi; bolaning ona qornida rivojlanish bosqichida, tug‘ruq vaqtida, shuningdek, bolaning bir oylikdan bir yoshgacha bo‘lgan dastlabki rivojlanish bosqichida moddalar almashinuvining buzilishi (N.N.Traugott, V.K.Orfinskaya, M.B.Eydinova va boshqalar). Bundan tashqari og‘ir rahit kasalligi, nafas yo‘llarini kasallanishi, hayotining dastlabki oylarida uyqusi va ovqatlanishini buzilishi boshidan kechirgan bolalarda ham alaliya paydo bo‘lishi mumkin. (E.Freshels, A.Yu.Florenskaya, N.I.Krespogorskiy va boshqalar).3 Bosh miya katta yarim sharidagi nutq doiralari (Verenike va Broka markazlari) ning buzilishiga qarab alaliyaning ikki shakli: motor alaliya va sensor alaliya vujudga keladi.Motor alaliya nutq harakat analizatori faoliyatining buzilishi bilan, sensor alaliya esa nutq eshitish analizatorlarining buzilishi bilan bog‘langandir. Ammo bunday buzilishlar hozirgi paytda bolalarda nomoyon bo‘ladigan alaliyaning turlicha ekanligini inkor etmaydi. Ma’lumotlarga ko‘ra, alaliya maktabgacha yoshdagi bolalarning bir foizi, maktab yoshidagi bolalarning 0,6-1,2 foizini tashkil etadi. O‘rtacha hisobda alaliya aholining 0,1 foizida kuzatiladi. Mualliflarning ta’kidlashicha, alaliya o‘g‘il bolalarda qizlarga nisbatan 2 marta k o‘p uchraydi. A.Kussmaul ta’kidlashicha, oldingi asr va bizning asrimizning boshlarigacha yashab, faoliyat ko‘rsatgan shifokorlarning aksariyati nutqning yo‘qligini barcha shakllarini alaliya deb nomlab, afoniyani ham bu atamani ichiga kiritganlar, lekin vaqt o‘tishi bilan bu atamalar farqlana boshlandi.I.Frank birinchilardan bo‘lib, bu ikki atamani farqlashga urinadi. Uning fikricha, alaliya “kar-soqovlik” singari artikulyatsiya harakatlarini imkoniyatsizligi bo‘lib, I.Frank alaliyani artikulyatsiyani qiyinlashuvi natijasida kelib chiquvchi tallaffuz kamchiligi mogoliliya bilan taqqoslaydi4.I.Frank alaliya,hamda magilaliyani dislaliya darajalaridan biri deb, artikulyator qiyinchiliklar bilan talaffuz kamchiligi deb ta’kidlaydi.R.Shultess alaliyani kar-soqovlik alohida nutq nuqsoni sifatida ajratib ko‘rsatadi. Ammo I.Frank uni artikulyatsiya buzilishlari bilan bog‘laydi.Artikulyatsiya imkoniyatining butunlay yo‘qligi sifatida alaliyaga taqqoslandi va keyinchalik haqqoniy ravishda anartriya deb nomlana boshlandi. A.Kussmaul artikulyatsiya kamchiliklarini (dizartriya va dislaliya, shuningdek, diksiyani buzilishi-disfaziya) umumiy nom bilan atash maqsadida “lolopatiya” atamasini kiritadi. Shunga qaramay, A.Kussmaul yuqoridagi mualliflar singari alaliyani artikulyatsiya buzilishlari bilan bog‘liq nutq kamchiliklari sirasiga kiritadi va bu atamaning teng ma’noli nomi deb anartriya literlis (tovushlar artikulyatsiyasining yo‘qligi) atamasini kiritadi.Bu holda A.Kussmaul aniq tovushlarni butunlay talaffuz qila olmaslik xarakterli hisoblangan buzilish holatlarini alaliyaga kiritgan: keyinchalik bunday holatni belgilash uchun “anartriya” terminidan foydalana boshlagan. Nomlari keltirilgan artikulyator buzilishlar bilan bir qatorda A.Kussmaul diksiya buzilishlari deb nomlangan kamchiliklarni ajratadi. Bularga u grammatik shakllar va sintaktik ifodalarning buzilishini kiritadi. Bunday buzilishlarni tadqiqotchi disfaziyalar deb nomladi.O‘tgan asrning 60-yillariga kelib Trusso nutqining yo‘qolishini Broka tomonidan kiritilgan “afemiya” atamasini”afaziya” atamasiga almashtirishni taklif etadi. “Afaziya” atamasi tibbiyotda o‘ziga xos o‘rin egalladi. Ayrim chet el mualliflari (Orton,Travis) “alaliya” va “afaziya” atamalarini birlashtirib umumiy atamalar “Bolalar afaziyasi” yoki “Rivojlanish afaziyasi”deb atashni taklif etadilar. Bunda muammolar bolalar nutqi rivojlanmaganligining o‘ziga xosligini kattalardan nutqning yo‘qolish hollaridan farqlab, ko‘rsatib beradilar5.Foniatr R.Koen ishlarida “alaliya” termini artikulyatsion kamchiliklar bilan shartlanmagan soqovlikning tavsifnomasi uchun qo‘llanilgan.U bu buzilishlarni kar-saqovlik o‘rniga eshituvchi- saqovlik yoki idiopadik alaliya (kelib chiqishi noaniq nutqsizlik) deb nomlaydi.Alaliyani o‘rganishda uzoq vaqt mobaynida uning kelib chiqish sabablarini turlicha ko‘rsatadilar. R.Koen, A.Gutsman, E.Freshels, M.Zeeman) va boshqalarning fikricha, alaliya bolaning ona qornida yoki rivojlanish bosqichida shamollash yoki alementar trofik moddalar almashinuvining patologik jarayoni natijasida kelib chiqadi.A.Treytel fikricha, alaliya diqqat va xotirani yetarli emasligini natijasidir. A.Libmann alaliyada nutqning to‘liq emasligini intelektual yetishmovchilik bilan bog‘laydi. A.Iving bolalarda nutqning to‘liq rivojlanmaganligi asosida so‘zning motor obrazi yo‘qligini miya buzilishlariga bog‘lab ko‘rsatadi. M.Zeeman ta’kidlashicha, nutq bosh miya markazlarining buzilishining natijasida rivojlanmaydi.R.Luxzinger, M.Berri, M.B.Eydinova, V.A.Kovshkov va boshqalar alaliyani kelib chiqishida tug‘ma bosh miya travmalari va chaqaloqlar asfiksiyasining rolini belgiladilar. Tug‘ruq travmalari va asfiksiyalar bir qator hollarda homilalik patologiyasining oqibatidir. Bu surunkali kislorod yetishmovchiligini keltirib chiqaradi va nafas olish markazlari funksiyasining pasayishiga olib keladi. Miya to‘qimalari birinchi navbatda filogenetik munosabatiga nisbatan yosh, po‘stloqning uchinchisi qatlami kislorod yetishmovchiligiga birmuncha sezgir hisoblanadi6.Alaliyada nutqiy rivojlanishning olimlar tomonidan hissalari juda katta.Alaliyani o‘rganishga katta hissa qo‘shgan olimlar, bular Gutsman.A. Libman, M.V. Bogdanov – Berezovskiy Ye. Freshels, keyinchalik esa M.E.Xvatsev, N.N.Traugott, I.K.Orfinskaya, R.E.Levina, L.V.Melexova, G.V. Masnevskaya, Ye.F.Sobotovich, V.A. Kovshikov, S.N.Shaxovskaya, V.K.Vorobeva va boshqalar alaliyani har tomonlama o‘rganishgan. Motor alalik bolalarda nutqiy nuqson tarkibida nutqiy buzilishlar yetakchi o‘rinni egallaydi.Psixologik – pedagogik yondashuv ilmiy izlanishlarda (R.E.Levina, V.K.Orfiniskaya, A.K.Markova, V.A.Minshina, Ye.F.Sobotovich va boshqalar ma’lumotiga ko‘ra) alalik bolalarda nutqning buzilishlari fonematik-leksik va grammatik rivojlanmaslik xususiyatlari bilan bog‘liq. Alalik bolalarda nutq buzilishlarini murakkab bo‘lishi, ulardagi eshitish, ko‘rish va taktil analizatorlarini nutq boyligini rivojlanmasligi bilan birga kelishi bolalarni rivojlanishida qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Nutq rivojlanmasligini to‘g‘irlash (korrektsiyalash)da amaliy predmetli faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Bola o‘z harakatlarini tushunmi shakllantiradi.(men o‘tiryapman, chopyapman, sakrayapman) kabi grammatik tushunchalar rivojlantirish bilan logoped bolalarda faol diqqatni tushunish olib boriladigan ishlar bosqichida bolalarda lug‘atni rivojlantirish, frazali bog‘langan nutqli rivojlantirishni korreksion tizimiga logopedik ritmikani kiritilishini uning nutq nuqsonlarini korreksiyalashdagi rolini va hozirgi vaqtda bolalardagi psixomotorli sensor funksiyalar va harakat tizimining turli tuman buzilishlarida musiqa hamda so‘z bilan uyg‘unlashtirishning ahamiyati haqida Chet el va rus olimlari o‘z tadqiqot ishlarida ko‘rsatib o‘tganlar.XX asrning boshlarida Yevropaning ko‘pgina mamlakatlarida ritmik tarbiya tizimi keng tarqalgan.Harakat vositasida davolash uning xilma-xil turlari va shakllarini davolovchi omil sifatida foydalanish zarurligini Balgar olimlari L.Bonev, P.Slinchev, S.T. Bonkov7 harakatning faolligi va insonning tabiiy motorli funksiyalarini qo‘llashda “Kineziterapiya” atamasini qo‘llashni taklif qilganlar. Harakatning turlicha shakllari va vositalari organizmning umumiy reaktivligini o‘zgartiradi, ularda harakatni ritmini mutanosibligi ijobiy tomonga o‘zgartiradi. Logopedik ritmikada to‘g‘ri marsh ritmi asosida qadam tashlash, to‘g‘ri qad-qomat muvozanatini tiklash, bolaning makon va jamoada harakatining o‘ng-chap tomonli yo‘nalishlarda, aylanishlarda to‘g‘ri mo‘ljal olishini, o‘rganishlarini birinchi bo‘lib, musiqashunos olim V.A. Griner “Kirish” mashqlari deb atagan.Nutq nuqsonlarini bartaraf etishda logopedik ritmika faol terapiyaning o‘ziga xos shakllaridan bo‘lib, to‘g‘ri nutqni tarbiyalash so‘z musiqa harakatlarini uyg‘unlashuviga asoslangandir.Ritmni his qilish ob’ektiv ritmning sub’ektiv aksi sifatida tug‘ildi va mazmuniy faoliyat jarayonida rivojlandi, shuning uchun uni umuman rivojlantirish mumkin emas. Bunda inson faoliyatining xarakteridan kelib chiqish zarur. Savol tug‘iladi: ritm tuyg‘usi haqida umuman qandaydir psixik reallik sifatida gapirish mumkinmi? Mumkin. Biroq bunda qator aniq ritmik qobiliyatni rivojlantirish natijasini ularni o‘zicha umumlashtirishda deb tushunish kerak, bu rivojlanish uchun shart sifatida emas. Bu savolda E.Jak-Dalkroz ritmni avval mustaqil mohiyat sifatida tarbiyalash kerak, undan keyin shu asosda musiqiy, poetik ritmni, harakat ritminilarni deb hisoblab yanglishdi. Harakat inson organizmiga qadimdan, hali tibbiyot endi ko‘z ocha boshlayotgan davrda profilaktik va davolash vositasi sifatida energiya ta’sirining natijasi kabi qo‘llanildi.Harakat vositasida davolash uning hamma turlari va shakllarini davolovchi omil sifatida foydalanishni ko‘zlaydi. Bolgar olimlari L.Bonev, P.Slinchev, St.Bankov terapiyaning ushbu turini ta’riflash uchun harakatning turli shakllarini, harakat faolligi va insonning tabiiy motorli funksiyalarini qo‘llashda birmuncha umumiy ta’rif sifatida “kineziterapiya” atamasini qo‘llashni taklif qiladilar. Kineziterapiya ular tomonidan nomaxsus ta’sir etuvchi terapevtik omil guruhiga kiritiladi.Harakatning turlicha shakllari va vositalari organizmning umumiy reaktivligini o‘zgartiradi, uning o‘ziga xos bo‘lmagan mustahkamligini oshiradi, kasallik natijasida tug‘iluvchi patologik dinamik stereotiplarni barbod qiladi va zaruriy moslashuvni ta’minlovchi yangilarini yaratadi.Davolash ritmikasi kineziterapiyaning qismi hisoblanadi. Uning vazifasi musiqa ostida jismoniy mashqlar tizimi yordamida ritm tuyg‘usini rivojlantirish va uni davolash-korreksion maqsadda foydalanishdan iborat. Logopedik ritmika uning tarkibiy bo‘g‘ini hisoblanadi. E.Kilinska-Evertovska logoritmikani keng ma’noda korreksion logopediya ehtiyoji uchun musiqiy-harakatlanuvchan mashqlar tizimi sifatida ta’riflaydi. Logoritmika, o‘zining tashkiliy tizimiga qaramasdan, logopedik mashg‘ulot tizimining faqat to‘ldiruvchisi hisoblanadi, chunki logoritmik mashqlar doimo logopediya maqsadlariga bo‘ysunadi. A.Rozental logoritmikani so‘zni qo‘llagan holda musiqiy ritm uyg‘unligiga tayanuvchi nutq korreksiyasining yangi usuli deb hisoblaydi8. Ritmik va logoritmik ta’sirning odamlarga ahamiyatini ko‘plab tadqiqotchilar ta’kidlaganlar. V.M.Bexterev ritmik tarbiyaning quyidagi maqsadlarini ajratadi: ritmik reflekslarni aniqlash, bola organizmini muayyan qo‘zg‘atuvchilarga (eshitish va ko‘rish) javob qilishga ko‘niktirish, bolaning asab tizimi faoliyatida muvozanatni o‘rnatish, o‘ta hayajonlangan bolalarni tinchlantirish va tormozlangan (rivojlanishda kechikkan) bolalarni harakatga solish noto‘g‘ri va ortiqcha harakatlarni boshqarish. V.A.Gilyarovskiy logopedik ritmika umumiy tonus, motorika, kayfiyatga ta’sir ko‘rsatishini yozadi. U markaziy asab tizimidagi asabiy jarayonlarning siljishini mashq qildirishga, qobiqni faollashtirishga ko‘maklashadi. Ye.V.Chayanova, Ye.V.Konorova[8] logopedik ritmika diqqat (uning konsentratsiyasi, hajmi, mustahkamligi, tarqatish) ni, xotirani (ko‘rish eshitish, motorli, mantiqiy, majmuaviy) rivojlantiradi deb hisoblaydilar. V.A.Griner va nemis tadqiqotchilari K.Koler (Cr.Kohler) K.Shvabe (Chr.Schwabe) logopedik ritmika psixoterapevtik usul (jamoaviy-psixologik usul, musiqaterapiya) sifatida foydalanish mumkinligini ko‘rsatadilar. Odamlar nutqini korreksiyalash jarayonida logopedik ritmikani qo‘llash zaruriyati to‘g‘risida V.A.Griner, N.S.Samoylenko, N.A.Vlasova, D.S.Ozereskovskiy, Yu.A.Florenskaya ham yozganlar. Ular ritmning umumpedagogik ahamiyati, shaxsning psixofizik muhitida turlicha og‘riqli og‘ishlarida uning ta’sirini ta’kidlaganlar, logopedik ritmika insonning jismoniy, axloqiy, intellektual va estetik tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatishini ko‘rsatib o‘tganlarS.S. Korsakova va N.I. Krasnogorskiylarning tekshirishlariga ko‘ra, alaliya ko‘p hollarda nerv sistemasining turli xil somatik kasalliklari ta’sirida zaiflashib qolishi, tez charchashdan kelib chiqishini aniqlagan.
Do'stlaringiz bilan baham: |