Kursish I mavzu: soliq va narxlar


Daromadlar to`g`risidagi deklaratsiya asosida soliq solish



Download 1,01 Mb.
bet22/27
Sana25.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#701795
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Пробной курс иши

Daromadlar to`g`risidagi deklaratsiya asosida soliq solish

Jismoniy shaxsning jami yillik daromadi to`g`risida deklarlatsiya soliq to`lovchining olgan yillik daromadi to`g`risidagi yozma arizasidir. Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlarga O`zbekiston Respublikasi rezidentlarining quyidagi daromadlari kiradi:


- fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
-asosiy bo`lmagan ish joyidan olingan moddiy naf tarzidagi daromadlar; ikki yoki undan ko`p manbadan olingan daromadlar;
- O`zbekistondan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar.
-soliq agentlari bo`lmagan manbalardan olingan daromadlar.
Soliq to`lovchining asosiy bo`lmagan ish joyidan olgan daromadlaridan soliq eng yuqori stavka bilan ushlab qolingan bo`lsa, deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Deklaratsiya shakli O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi hamda unda quyidagi ma’lumotlar ko`rsatilishi kerak:
-soliq to`lovchining familiyasi, ismi, otasining ismi, tug`ilgan yili, jinsi, fuqaroligi, manzili;
-soliq to`lovchining identifikatsiya raqami;
-soliq solinishi lozim bo`lgan jami yillik daromad (daromadlar turlarga ajratib ko`rsatilgan holda);
-daromadlarning manbalari;
-daromad olish bilan bog`liq xarajatlar, majburiy to`lovlar, chiqimlar va ajratmalarning summalari;
-daromad solig`i bo`yicha imtiyozlar;
-hisoblab chiqarilgan soliq summasi;
-haqiqatda to`langan soliq summasi.
Deklaratsiyada jismoniy shaxslarning jami yillik daromadini deklaratsiya qilish bilan bog`liq boshqa ma’lumotlar ham ko`rsatilishi mumkin. Deklaratsiya blankalari soliq to`lovchilarga soliq organlari tomonidan bepul beriladi. Jismoniy shaxs taqdim etgan deklaratsiyada to`lanishi lozim bo`lgan daromad solig`i summasining kamayishiga olib keluvchi xatolar aniqlanganda deklaratsiyaga zarur o`zgartirishlar kiritilishi kerak. Deklaratsiyani o`zgartirish to`g`risidagi ariza daromad solig`ini to`lash muddati tugaganidan keyin, biroq xatolar soliq organi tomonidan aniqlanganiga qadar berilsa, soliq to`lovchi soliqning yetishmayotgan summasini hamda unga tegishli penyani to`lagan taqdirda, javobgarlikdan ozod etiladi.
Jami yillik daromad to`g`risidagi deklaratsiya doimiy yashash joyidagi soliq organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 apreligacha taqdim etiladi. Bu tartib O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan chet ellik jismoniy shaxslarga ham taalluqlidir.
O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan jismoniy shaxslar daromadlar to`g`risidagi deklaratsiyaning ma’lumotlari asosida hisoblab chiqarilgan soliqni o`tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to`laydilar. Soliq organlari tomonidan hisoblab chiqariladigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`ini to`lash to`lov xabarnomasida ko`rsatilgan muddatlarda amalga oshirilishi kerak.



Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish