1.Model tanlash va uni asoslash
Yorqin yoz bo’yoqlari o’rnini yangi mavsumda osuda jilolar va yumshoq yoqimli ranglar mushtarakligi egallaydi. Yangi kolleksiya uchun tanlangan matolar qulaylik va jozibani o’ziga jo etgan, turli fakturalar aralashmasi va modellar uyg’unligi o’ziga xos obraz yaratgan. Konservatizmga qaytish kayfiyatlarini sezish mumkin. Ammo, xatto eng ashaddiy moda ixlosmandlari tasavvurida to’ntarilish yasaydigan modellar ham diqqatdan chetda qolmagan.Ilg‘or yo‘nalish - etnik va geometrik printlar, hajm, shotland katak-katagi va yengil ertakona mavzular urf bo’ladi.
Taklif model-1
Yosh ayollar uchun mo’ljallangan, modifikatsiyalashtirilgan gazlamadan tikilgan, yarim yopishgan siluetli jaket. Jaket old bo’lagida yeng o’mizidan uchburchak shaklli kaketka tushib, kaketka davomidan relyef chok tushirilgan. Bel qismidan jaket belbog’igacha qo’shimcha detal tushirigan. Taqilmasi markaziy molniya tasmali. Yoqasi tik ko’tarilgan qaytarma yoqa, chok ustidan bezak bahyaqator berilgan.
Ort bo’lak yeng o’mizidan tushgan kaketka, o’rta chokli va relief chok tushirilgan. Jaket etagi belbog’ bilan ishlangan. Yengi uzun, o’tqazma, ikki chokli bo’lib, yeng pastki qismi manjet bilan ishlangan.
Taklif model-2
Yosh ayollar uchun mo’ljallangan, modifikatsiyalashtirilgan gazlamadan tikilgan, nim yopishgan siluetli jaket. Jaket old bo’lagida yeng o’mizidan tushirilgan kaketka, kaketka davomidan relyef choki bor. Bel qismida molniya tasmali chok davomidagi cho’ntak o’rnatilgan. Jaket etak qismi belbog’ bilan ishlov berilgan. Taqilmasi markaziy molniya tasmali. Yiqaso tik ko’tarma, davomida kostyumbop latskan o’rnatilgan.
Ort bo’lagida yeng o’mizidan tushgan kaketka o’rta chokli, relyef chokli.
Yengi uzun o’tqazma ikki chokli qilib ishlangan.
Taklif model-3
Yosh ayollar uchun mo’ljallangan, modifikatsiyalashtirilgan gazlamadan tikilgan, yarim yopishgan siluetli jaket. Jaket old bo’lagida yeng o’mizidan simmetrik tushirilgan kaketka, kaketka davomidan relyef choki tushirilgan. Bel qismiga listichkali cho’ntak o’rnatilgan. Jaket etak qismi belbog’ bilan ishlov berilgan. Taqilmasi markaziy 6 ta izma-tugmali. Yiqaso tik ko’tarilgan qaytarma yoqa, chok ustidan bezak bahyaqator berilgan.
Ort bo’lak yelkadan tushgan relyef chokli, pastki qismi belbog’ bilan ishlangan. Ort bo’lak yeng o’mizidan tushgan kaketka, kaket markaziga molniya tasma o’rnatilgan. Yengi uzun, o’tqazma, ikki chokli bo’lib tirsakdan pastga kesim berilgan va pastki qismiga molniya tasma o’rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |