Kurs loyihasining chizma qismini rasmiylashtirish.
Kurs loyihasining chizma qismi A1 formatda bajariladi, hajmi ikki varaqdan iborat bo‘lishi kerak. Chiziladigan chizmalarning turi topshiriq shartida berilgan bo‘ladi.
Yig‘ma qismlarning chizmalari kerakli miqdordagi ko‘rinishlar, kesim va qirqimlar bilan tasvirlanishi kerak. Yig‘ma detallar chizmalari, detallarni yig‘ish va nazorat qilish imkoniyatini ta’minlovchi tasvirdan iborat. Bu chizmada texnik xarakteristika, texnologik talabalar, tarkibiy qismlarning pozisiya raqamlari, spesifikatsiyasi, gabarit va yig‘ish o‘lchamlari ko‘rsataladi.
Talaba ijodining mahsuli bo‘lgan murakkab detallarning yig‘ma chizmasidagi ko‘rinmasdan qolgan detallar chizmalari detallning kerakli ko‘rinishlaridagi tasvirini, zarur miqdordagi qirqim va kesimlarini o‘z ichiga oladi. Chizmada o‘lchamlar, detallarni tayyorlashda uning aniqligini ta’minlaydigan chetlanishlar berilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |