Tog‘ jinslari va gazlarning otilib chiqishi va kon zarbalaridan ogohlantirish uslublari
Kon zarbalari va otilib chiqishdan ogohlantirishning hududiy tadbirlari qazib olish uchastkalari yoki qatlamlarning keng maydonni qamrab oladi, mahalliy tadbirlar esa alohida kon lahimlari bo‘yicha olib boriladi.
Hududiy tadbirlar quyidagicha olibboriladi:
- ximoya qatlamlari (yotqiziqlar, qavatlar)ni ilgarilanma o‘rganish;
- massivni skvajina bilan oldindan gazsizlantirish;
- gorizontlarni tayyorlash yoki qazish lahimlari o‘tishdan oldindan qatlamni profilaktik namlash yoki bo‘shatish.
Bundan tashqari xududiy masshtabda profilaktik tadbirlar kon ishlari olib borishda muvofiq usullar va texnologik sxemalar qo‘llashuchun olib borish mumkin.
Mahalliy tadbirlarda quyidagilar aniqlanadi:
- mavjud lahimlarda yuksizlantiruvchi-gazsizlantiruvchi ilgarilanma skvajinalar burg‘ilash;
- xavfli massivni qazib olishda, qatlamlarga suvni bosim ostida qo‘llash asosida gidrobo‘shatish, gidrosiqish va gidrobuzish rejimlarini qo‘llash; kovaklar va yoriqlarni gidroyuvish;
- portlatib bo‘shatish;
- yuklash kovaklari va ilgarilanma mustaxkamlagichlar qo‘lash.
Kon zarbalari va otilib chiqishlardan ogoxlantirishning xududiy tadbirlari
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, o‘ta keskin xududiy tadbirlarni qo‘llash kon zarbalari va otilib chiqishlar bo‘yicha xavfli, foydali qazilma va tog‘ jins qatlamlari, yotqiziqlar va shaxta maydonining yirik uchastkalarini o‘z vaqtida aniqlash, loyixada ko‘zda tutish, ochish va tayyorlash bosqichini ratsional usullari va echimini tanlash, kon ishlarining olib borilish muddatlari, bunda kon bosimining dinamik ta’sirlari xavfi to‘liq bartaraf qilinishi yoki ular minimum darajada ushlab turilishi uchun mo‘ljalangan.
Himoya qatlamini ilgarilanma o‘rganish.
Kon zarbalari va otilib chiqishlarini oldini olish bo‘yicha asosiy va o‘ta ishonchli hududiy tadbir, himoya qatlamini ilgarilanma o‘rganishdir. Uning moxiyati quyida keltiriladi.
Foydali qazilma qatlami yoki yotqizig‘i kon zarbasi yoki otilishga xavfli bo‘lsa uning ostida yoki ustidagi boshqa qatlamlar orqali oldindan o‘rganiladi. Massivning aniqlangan qismini o‘rganish jarayonida deformatsiyalanish jarayoni va tog‘ jinslarining aralashtirilishi orqali yuksizlanish zonasi hosil qilinadi, shu jumladan kuchlanishlarni pasaytirish zonalari, bunday zarba yoki otilishga xavfli qatlamlarni qazib olish uchun bu zonalarni xavfsiz xolatga keltirish amalga oshiriladi.
Birinchi o‘rinda o‘rganiladigan qatlam himoyalovchi deb ataladi, kon zarbasi yoki otilib chiqishga xavfli qatlam yoki yotqiziqlar ximoya qilinadigan yoki himoya ostidagi deyiladi.
1-lahim ta’sir etish maydoni chegarasi; 2-tayanch bosimi zonasi; 3-xolislanishi zonasi; 4-to‘liq siljish zonasi; 5-buzilish zonasi; 6-ximoya zonasi; 7-tayanch bosimining epyurasi, qazish lahimidan tog‘ jinsi massivining xar hil masofalarida.
Qazish lahimlarining ta’siri oblastida tayanch bosimlari va yuksizlanish zonlari ajratiladi. Tayanch bosimlari zonasida kuchlanishlar buzilmagan massivdagi kuchlanishga tenglashish darajasida o‘sadi, yuksizlanish zonasida esa kuchlanish buzilmagan massivga nisbatan past bo‘ladi. YUksizlanish zonasi chegarasida kuchlanishning pasayish darajasi lahmdan yuqoriga va pastga tomon uzoqlashgan sari so‘nib boradi. YUksizlanish zonasining kuchlanishni bu darajada pasayadigan qismi, ya’ni qazib olishga kon zarbalari bo‘yicha xavfsiz hisoblangan joylar himoyalangan zona yoki to‘liq himoya zonasi deb ataladi.
Otilib chiqishlaridan samarali himoyalashni tashkil qilish uchun, bir qator qo‘shimcha tadbirlar bajarilishi lozim; xususan, xavfli qatlamlarda gaz bosimini pasaytirish, ko‘mirning gazlanganligini kamaytirish va uning gaz o‘tkazuvchanligini oshirish. Odatda xavfli qatlamlarining gaz bosimi 5-8 kgs/sm2 darajagacha pasaytiriladi, bu himoya qatlamidan ilgarilama o‘rganish ta’sirida sodir bo‘ladi, otilib chiqishda oldini olshni ishonchliligini ta’minlaydi.
SHunisi e’tiborliki, gazga to‘yingan jinslar gazsizlantirilgandan keyin o‘ta yuqori musiahkamlikka va ba’zi hollarda kon zarbalariga xavfli bo‘lib qoladi.
Himoya qatlamlarining joylashishiga bog‘liq ravishda svita qatlamlari pasayib borish, ko‘tarilib borish va aralash tartibda qazib olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |