Kurs loyihasi elektromexanika



Download 0,86 Mb.
bet1/8
Sana12.12.2022
Hajmi0,86 Mb.
#884104
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
kurs ishi Elektrotexnika


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI
ELEKTROTEXNIKA” kafedrasi





KURS LOYIHASI


ELEKTROMEXANIKA
fanidan


Mavzu: Kuch transformatorini loyihalash
TVE-4 guruh talabasi
Bajardi: Olimov Sh
Tekshirdi: Xasanov F.

Toshkent – 2022


Mundarija

Kirish..………………………………………………………………………


1. Transformatorni loyihalashga vazifa……………………………………..


2. Loyihalanuvchi transformatorning asosiy qismlari ta’rifi………………..
3. Asosiy fizik kattaliklarni hisoblash…………………………………… ..
4.Izolyatsilash masofalarini tanlash va transformatorning asosiy
o’lchamlarini hisoblash………………………………………………………
6. Qisqa tutashish parametrlari va isroflarini hisoblash……………………..
7.Magnit tizimni va salt ishlash parametrlarini hisoblash. Magnit
o’tkazgichning o’lchamlari va massasini aniqlash………………………….
8. Nominal yuklanishdagi foydali ish koeffitsiyentini aniqlash ………........
9. Transformatorda issiqlik ajralishini hisoblash……………………………
10. Transformator massasini hisoblash……………………………………..
Xulosa……………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati………………………………………….


Kirish

Kuch transformatorlari har qanday elektr tarmoqning asosiy elementlaridan biri. Elektr energiyani uzoq masofolarga uzatish va qo’llash energiya ishlab chiqarilgan joydan iste'mol qilinuvchi joygacha kamida 6 marotaba transformatsiyalashni talab qiladi. Uzatiladigan quvvat qancha katta va masofa qancha uzoq bo’lsa, elektr uzatuvchi liniya kuchlanishi shuncha katta bo’ladi. Liniya kuchlanishiga qarab transformatorlar turi nihoyatda ko’p. Hozirgi zamon transformatori murakkab moslama bo’lib u ko’p detallar, qismlar va metall qurilmalardan iborat. Transformatorning asosiy qismlari magnit tizimi va chulg’amlaridir. Transformatorlar ishlatilishiga qarab bir necha turga bo’linadi:


1. Bir fazali yoki uch fazali kuch transformatorlari – elektr energiyani uzoq masofaga uzatishda, uni iste'molchilar orasida taqsimlashda va umuman, iste'molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashda ishlatiladi.
2. Avtotransformatorlar – kuchlanish qiymatini bir oz o’zgartirib yoki noldan boshlab oshirib berish uchun ishlatiladi.
3. O’lchov transformatorlari – kuchlanish va tok transformatorlari elektr o’lchash sxemalarida yuqori kuchlanishlarni va katta toklarni oddiy o’lchash asboblari bilan o’lchash uchun ishlatiladi.
4. Maxsus transformatorlar – payvandlash va sinov transformatorlari bo’lib, tokning fazalari sonini va chastotasini o’zgartirish uchun ishlatiladi.
Elektroenergetikada qo’llanadigan kuch transformatorlari ikki chulg’amli (past va yuqori kuchlanishli) va uch chulg’amli bo’lishi mumkin. Chulg’amlar izolyatsiyasini mustahkamlash maqsadida ular orasiga qog’oz – bakelit silindrlar o’rnatiladi. Turli fazalardagi yuqori kuchlanish chulg’amlari orasiga ham izolyatsiyalovchi to’siqlar qo’yiladi. Chulg’amlarni yarmodan izolyatsiyalashda izolyatsiyalovchi material – karton shayba va qistirmalardan foydalaniladi.
Transformator ishlaganda doim qiziydi. Ishlash davomida muhit harorati +350C bo’lganda, transformator chulg’amlarining harorati +700C dan, ferromagnit o’zakniki 750C dan, moyning ustki qatlamida 600C ortib ketmasligi kerak. Amalda sovutish usuliga qarab quruq (C markali), moyli (M markali) va yonmaydigan suyuq dielektrik bilan to’ldirilgan kuch transformatorlari keng ishlatiladi. Quruq transformatorlar bino ichida, sexlarda o’rnatiladi, ular ishlatishda qulay. Quruq transformatorlarning quvvati 1600 ÷ 2500 kVA, yuqori kuchlanishi 15 ÷ 20 kV gacha bo’lishi mumkin.
Moyli transformatorlarda ferromagnit o’zakli chulg’amlar bilan birga maxsus mineral moy – transformator moyi bilan to’ldirilgan metall bakka joylashtiriladi. Moyning issiqlik o’tkazish qobiliyati havonikiga nisbatan yuqoriroq bo’lgani uchun chulg’amlar va o’zak qiziganda moy issiqlikni tashqariga uzatuvchi muhit vazifasini bajaradi. Yonmaydigan suyuq dielektrik bilan to’ldirilgan transformatorlar yong’indan xavfsizdir. Ularda sintetik izolyatsiyalovchi material – sovtol va u bilan birga qo’shimcha aralashma ishlatiladi. Lekin, sovtol transformator moyidan qimmatroq, zararli ta'siri ham bor.
Har bir transformatorning baki devorida o’rnatilgan temir taxtachada uning texnik ta'rifi yozilgan bo’ladi. Bular:

  • Transformatorning markasi;

  • Nominal quvvati (kVA da);

  • Yuqori va pastki nominal kuchlanishi (V yoki kV da);

  • Yuqori va past kuchlanishli chulg’amlarning nominal toki;

  • O’zgaruvchan tok chastotasi;

  • Fazalar soni;

  • Yuqori va past kuchlanishli chulg’amlarining ulanish sxemalari va guruhlari;

  • Qisqa tutashish kuchlanishi;

  • Sovutilish usuli;

  • Transformatorning massasi (kg yoki t da) va hokazo.



Download 0,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish