plastmassadan tayyorlanadi va unda agarli oziqa muhitida mikroorganizmlar yoki
o‗simlik to‗qimasi o‗stiriladi. Petri likobchasi nemis olimi R.Koxning shogirdi
Yu.R.Petri tomonidan birinchi bor 1887 yili mikroorganizmlarni o‗stirish uchun
2.2.
TEXNIK – KIMYOVIY NAZORAT.
Seleksiya ishlari tugagandan so‗ng, ularni navbatdagi ishlab chiqarish
tarmoqlarida qo‗llashdan oldin, shtammlarni ekish va saqlash uchun kerakli oziqa
muhitlarni tayѐrlash rejasi ishlab chiqildi. Ko‗pgina mualliflar tomonidan
entomopatogen zamburug‗larni saqlash borasida har xil usullarnidan foydalanish
haqida ko‗plab ilmiy ishlar olib borildi: masalan, agarli oziqa muhitlarda, filtirli
qog‗ozlarda, donda vazelin moy bilan agarli oziqasida, natriy xlor kristallarida,
nobud bo‗lgan har xil hasharotlarda saqlanadi.
Ilmiy adabiѐtlarda keltirilgan ma‘lumotlarga qaraganda, agarli oziqa muhitda
ekilgan zamburug‗larni dissotsiatsiyalash ro‗y beradi va ularni xossalari o‗zgaradi;
shu jumladan ishlab chiqarish bahosi, rivojlanishi; faglaridan zararlanishi,
mahsuldorligi, kasallik qo‗zg‗atish xususiyatlari va hokazo.
Bu preparatlarni ishlab chiqarish va saqlash davomida yo‗l qo‗yiladigan
asosiy kamchiliklardan biri; xo‗jaliklarda kelgusida qo‗llash uchun ularni saqlanish
va tayѐrlanaѐtgan preparatlarni qay holatda bo‗lishiga va ularga shart-sharoitlar
yaratish borasida umuman kam e‘tibor beriladi. Bu esa preparatni kuchsizlanib
qolishiga ѐki umuman ta‘sir qiluvchi xususiyati yo‗qolishiga olib keladi.
Qishloq xo‗jalik ekinlari va o‗rmonchilikda zararkunanda hasharotlarning
keltirgan zarari hozirgi vaqtga kelib bir necha ming Amerika dollarini tashkil
qilmoqda. Zararkunandalarga qarshi kurash ishlarni olib borish uchun kasallik
qo‗zg‗atish xususiyatiga ega bo‗lgan mikrobiologik preparatlar foydalanib
kelinmoqda. Dunѐ mamlakatlarida foydalanilaѐtgan preparatlarning 50 dan ortig‗i
Rossiya va AQSH mamlakatlarida ishlab chiqariladi va 75 foizni tashkil qiladi.
O‗tgan asrning qirqinchi yillarning boshlarida Rossiya o‗simliklarni himoya qilish
instituti, Ukrainadagi O‗HQITI va boshqa ilmiy tadqiqot institutlarida
hasharotlarda kasallik qo‗zg‗atuvchi xususiyatiga ega bo‗lgan mikroblarni izlab
topish bo‗yicha ish rejalari tuzilgan. 1975 yilda Kaliforniya universitetida birinchi
bo‗lib hasharotlar kasalligini o‗rganish bo‗yicha katta laboratoriya ochildi va 1946
yilga kelib Kanadada bunga o‗xshash laboratoriya tashkil qilindi. 1956 yilda
Rossiya o‗simliklarni himoya qilish institutining biologik kurash laboratoriyasi
xodimlari tomonidan birinchi marta (entobakterin) mikrobiologik preparati ishlab
chiqildi. Bu prepaparat kasallangan mum kuyasi qurtidan ajratib olingan.
O‗tgan asrning 60-yilliriga kelib mikrobiologik preparatlarni birinchi
navbatda issiqqonli hayvon va odamlarga nisbatan zararsizligini aniqlash bo‗yicha
ilmiy izlanishlar olib borildi. Masalan (
Heliothis armigera
) kuzgi tunlanmi xlor
organik, fosfoorganik va karbonatli insektitsidlarga nisbatan chidamli bo‗lishi bilan
birga Bacillius va Serratia zamburug‗larga nisbatan sezuvchanligi kuzatilgan .
Spora va kristallar asosida tayѐrlangan (
Bac. thuringiensis
) insektitsid
bakterial preparatlar (zararsiz) ko‗pgina joylarda qo‗llanilganda yaxshi samara
berishligi ko‗rsatib o‗tilgan va to‗la o‗rganilgan. Hozirgi kunga kelib zaharli
kimѐviy preparatlardan foydalanish bir oz bo‗lsada ko‗p joylarda kamayishiga olib
keldi. Faqat AQSH ning o‗zidagina kimѐviy preparatlardan foydalanish 1 mln
200ga ga kamaygan.
2.3.
XULOSA
Men ―Entomopatogen zamburug`li preparatlar ishlab chiqarish‖ mavusidagi
kurs ishimni bajarib Entomopatogen zamburug‗lar hasharotlarning ichiga
faqatgina ovqat hazm qilish a‘zolari orqali emas, balki sirtqi qismdan ham kirib
borish xususiyatiga ega ekanligini o`rgandim. Yana entomopatogen zamburug`li
preparatlarni ishlab chiqarish jarayonlarini, ozuqa muhitlari va optimal
haroratlarni, sharoitlarini o‘rganib chiqibdim, texnologik sxemalarini o‘rgandim.
Ushbu kurs ishimda texnologik sxemalar, gigiyena ko‘rsatgichlari, ozuqa
muhitlarining turlari, produsentlari va boshqa ma‘lumotlar keltirdim. Men
texnologik sxema tanlaganda hozirgi kunda Rossiya respublikasida ishlab turgan
texnologik sxemalardan birini tanladim. Meni ushbu kurs ishim kelajakda yaxshi
natijalarni bajarishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: