Kurs ishining obyekti: Afrikaning turistik mamlakatlarini o’rganish bilan bog’liq barcha jarayonlar. Kurs ishining predmeti


Afrika mintaqasining turistik faoliyati



Download 347,78 Kb.
bet4/7
Sana14.05.2023
Hajmi347,78 Kb.
#938833
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
turist - копия 002

1.3. Afrika mintaqasining turistik faoliyati
Afrika qit’asi shu nomdagi materik va unga tutash orollardan iborat. Qadimgi finikiyaliklar «afarik» so‘zi bilan Karfagendan g‘arbda yashovchi qabilalarni ataganlar («afar» so‘zi finikiyaliklar tilida «chang» ma’nosini anglatgan). Rimliklar Karfagen va uning atroflarini bosib olganlaridan so‘ng bu hududga Afrika nomini berdilar. Keyinchalik esa bu nom butun materik va qit’aga nisbatan qo‘llana boshlagan Afrikaning orollar bilan birgalikdagi maydoni 30,3 mln. km.kv ni tashkil etadi. Afrikaning o‘rtasidan ekvator chizig‘i, g‘arbidan esa bosh meridian o‘tgan. Shu tufayli Afrika ham Shimoliy, ham Janubiy, ham Sharqiy, ham G‘arbiy yarim sharlarda joylashgan. Afrika qirg‘oqlari shimolda O‘rta dengiz, shimoli-sharqda Qizil dengiz, sharqda Hind okeani, g‘arbda Atlantika okeani suvlari bilan yuviladi. Qizil dengiz, Suvaysh kanali va Bob-al-Mandob bo‘g‘izi Afrikani Osiyodan, O‘rta dengiz va Gibraltar bo‘g‘izi esa Yevropa qit’asidan ajratadi.Afrika qit’asi orol va yarimorollar ozligi bilan ajralib turadi. Uning tarkibiga Hind okeanidagi Madagaskar (sayyoramizdagi orollar orasida maydoni jihatidan 4-o‘rinda turadi), Maskaren, Komor, Seyshel orollari, Atlantika okeanidagi Yashil burun, Kanar, San-Tome va Prinsipi, Avliyo Yelena va boshqa orollar kiradi.
Yagona yirik yarimoroli Somali hisoblanadi. 54 ta mustaqil davlat mavjud. Qit’a siyosiy xaritasining shakllanish tarixi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Buyuk geografik kashfiyotlar davridan boshlab Afrikaning aksariyat hududlari Yevropa davlatlarining mustamlakalariga aylandi. XX asrning boshiga kelib Afrikada faqatgina 2 ta mustaqil davlat qolgan edi: bir necha ming yillik davlatchilik tarixiga ega Efiopiya hamda 1847-yil AQSHning yordamida barpo etilgan G‘arbiy Afrikadagi Liberiya davlati. Qit’aning qolgan hududi esa Buyuk Britaniya, Fransiya, Portugaliya, Belgiya, Germaniya, Italiya va Ispaniya tomonidan o‘zaro bo‘lib olingan edi.

Afrika davlatlari 1950-yillarda mustaqillikka erishisha boshladi. 1960-yil BMT tomonidan «Afrika yili» deb e’lon qilinib, shu yil qit‘adagi 17 ta mamlakat mustaqillikka erishdi va jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi. Ko‘plab mamlakatlari 1960–1980-yillar mobaynida davlat mustaqilligini qo‘lga kiritdi. Qit’adagi eng yosh davlatlar – 1990-yilda mustaqillikka erishgan Namibiya, 1993-yilda Efiopiyadan ajralib chiqqan Eritreya va 2011-yilda mustaqilligini e’lon qilgan Janubiy Sudan hisoblanadi. Afrikadagi ko‘plab davlatlarning chegaralari mustamlakachilik davrida shakllangan bo‘lib, aksariyat hollarda tabiiy va etnik chegaralarga mos kelmaydigan sun’iy ko‘rinishga ega. Buning ta’sirida haligacha qit’ada turli harbiy mojarolar va davlat to‘ntarishlari tez-tez sodir bo‘lib turadi. Afrika siyosiy xaritasining o‘ziga xos jihatlaridan biri yirik maydonli davlatlarning ko‘pligidir. Jahondagi hududi 1 mln. km.kv dan katta bo‘lgan 29 ta davlatdan 12 tasi Afrikada joylashgan (Jazoir, KDR, Sudan, Liviya, Chad, Niger, Angola, Mali, JAR, Efiopiya, Mavritaniya, Misr). Jahon bo‘yicha mavjud bo‘lgan maydoni 1 ming km.kv dan oshmaydigan 24 ta davlatdan atigi 1 ta – Seyshel orollari – Afrikaga tegishli. Afikada jami 6 ta orol mamlakatlari joylashgan. Ular Madagaskar, Kabo-Verde, Komor orollari, Mavrikiy, San-Tome va Prinsipi hamda Seyshel orollaridir. Dengizlarga chiqish imkoniyati yo‘q davlatlar soni bo‘yicha Afrika qit’alar orasida yetakchilik qiladi. Afrikada quruqlik ichkarisida joylashgan jami 16 ta davlat mavjud. Ularning qatorida Chad, Niger, Mali, Efiopiya, Zambiya, Botsvana, Janubiy Sudan kabi yirik davlatlar bor. Efiopiya jahonning quruqlik ichkarisida joylashgan 44 ta davlatlar orasida aholi soni bo‘yicha yetakchisi hisoblanadi. Afrika davlatlaridan 51 tasi respublika, 3 tasi (Marokash, Svazilend (Esvatini), Le-soto) monarxiya boshqaruv shakliga ega. Ma’muriy-hududiy jihatdan Afrikadagi 6 ta davlat – Nigeriya, Efiopiya, Sudan, Janubiy Sudan, Somali, Komor orollari – federativ tuzilishga ega.
Afrika davlatlari boy va xilma-xil tabiiy resurslari, ayniqsa, mineral boyliklari bilan ajralib turadi. Neft va tabiiy gaz zaxiralariga Nigeriya, Jazoir, Liviya, Angola, Gabon, Kongo davlatlari boy. Qit’ada eng katta ko‘mir zaxiralari bilan JAR ajralib turadi. JAR, Namibiya, Botsvana, Zambiya, KDR, Niger va boshqa ko‘plab Afrika davlatlari rangli, qimmatbaho va radioaktiv metallar, olmosning yirik konlari bilan mashhur.Afrikada keng tarqalgan tabiat zonalari savanna, chalacho‘l, cho‘l hamda nam ekvatorial o‘rmonlar hisoblanadi. Shimoliy Afrikada sayyoramizdagi eng yirik cho‘l – Sahroyi Kabir joylashgan. Uning janubiy chegarasi bo‘ylab cho‘zilgan Saxel deb ataluvchi chalacho‘l xususiyatli tabiiy geografik o‘lka jahon bo‘yicha aholisi va qishloq xo‘jaligi cho‘llashish jarayonidan eng jiddiy zarar ko‘rayotgan hudud hisoblanadi. Saxel Sudan, Chad, Niger, Mali, Mavritaniya kabi davlatlar hududini qamrab oladi. Afrika shimoldan janubga torayib boradi. Shimoliy qismining eni (Almadi va Ras-Xafun burunlari oralig‘i) 7500 km bo‘lsa, janubining eni 3000 km ga teng. Materik sharqida yirik Somali yarimoroli va Mozambik bo‘g‘izi bilan ajralgan Madagaskar oroli joylashgan.
G‘arbida yirik Gvineya qo‘ltig‘i bor. Afrika antropogenez markazlaridan biri. Bu haqida 20-asrning 50–70-yillaridagi topilmalar koʻrsatgan. Minglab yillar davomida Afrikada aholining turli etnik guruhlari tarkib topgan. Hozirgi vaqtda Afrikada dunyo aholisining qariyb 1/10 qismi yashaydi. Irqiy tarkibi juda xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Negroidlarning turli tiplari Afrika hududida Sahroi Kabirdan janubga qarab tarqalgan. Janubiy Afrikada bushmen va gottentot irq guruhlari mavjud. Shimoliy Afrikani yevropoidlarning janubiga xos xalqlari egallagan. Negroid va yevropoidlarning qadimdan bir-birlari bilan aloqasi natijasida Efiopiya irq tiplari ham tashkil topgan. Madagaskar orolida mongoloidlar irqiga mansub aholi yashaydi. Afrika aholisi juda koʻplab qabila va millatlardan tarkib topgan. Mustamlaka tuzumi aholi rivojlanishini toʻxtatib qoʻygan. Mustamlakachilikka qarshi kurash, davlat mustaqilligiga erishish, milliy ongning oʻsishi, madaniyat markazlarini tashkil etish – hammasi etnik birlashuvni tezlashishiga olib keldi. Buning natijasida Afrikada yangi xalq va millatlar tarkib topdi.

Afrikaning koʻplab xalqlari hali yaxshi oʻrganilmagan. Afrikada 4 ta lingvistik oila: afro-osiyo, kongo-kordofan, nil-sahroi kabir va koysan til sinflari mavjud. Yevropoid irqiga taalluqli – ingliz, fransuz, ispan, italiya, portugal va boshqa xalqlar Afrika aholisining 3% ni tashkil qiladi. Afrikada aholining 42% musulmon, 22 % xristian, 36 % mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtiqod qiladi. Siyosiy boʻlinishi; Ikkinchi jahon urushidan keyin mustamlaka tuzumining yemirilib borishi va milliy ozodlik harakatlarining kuchayishi natijasida hozirgi zamon Afrika siyosiy xaritasi mutlaqo oʻzgarib ketgan. Avvalgi Yevropa davlatlari mustamlaka tizimida boʻlgan bir qancha davlatlar oʻz erkinligiga erishgan va oʻnlab yangi davlatlar tashkil topgan. Hozirgi vaqtda Afrikada 53 ta davlat va Ispaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya mulki boʻlgan davlatlar joylashgan.
Afrika hayvonot dunyosi boy va xilma-xil. Shimoliy Afrika va Sahroi Kabir Palearktika oblastiga kiradi. Bu yerlarda Janubiy Yevropa hayvon turlari bilan birga Efiopiya zoogeografik oblasti turlari uchraydi. Afrikaning qolgan hududi Efiopiya oblastiga kiradi. Sirtlon, viverra, dumsiz maymunlar, quyon, tuvaloq (Atlas togʻlarida), mendasa va bubala jayranlari, oddiy gʻizol, fenek tulkisi va boshqa (Sahroi Kabirda), Janubiy Yevropa hayvonlari, koʻzoynakli ilon, daman, tuyaqush Efiopiya oblasti hayvonlaridir. Sahroi Kabirda bir oʻrkachli tuya boqiladi. Efiopiya oblasti qalin oʻrmonlarida maymunlar, fillar, buyvollar (suv sigiri), mitti suv aygʻirlari, qushlardan aksari oʻrmalab chiquvchilar (qizilishton, sassiqpopishak, kulrang toʻtiqush) uchraydi. Qoʻngʻiz, kapalaklar juda koʻp. Savanna, chala choʻl va choʻllarda oʻtxoʻr hayvonlar: jayranlar (40 ga yaqin turi bor), zebra, jirafa, karkidon, begemot, buyvol, fillar; yirtqichlardan arslon, qoplon, gepard, silovsin va sirtlonlar; hasharotlardan termitlar va setse pashshasi koʻp. Noyob hayvonlar qoʻriqlanadi.[1]
Afrika tabiiy sharoitiga koʻra quyidagi rayonlarga boʻlinadi: Shimoliy Afrika – ichki plato atrofini oʻrab olgan Atlas togʻlari oblasti; Sahroi Kabir – dunyoda eng katta tropik choʻl; Sudan – savannalar va siyrak oʻrmonlar oblasti; Afrikaning qolgan hududi geologik tuzilishi va relyefiga, iqlimi hamda tuproq-oʻsimlik qoplami xususiyatlariga koʻra Markaziy Afrika (Kongo botigʻi va uning atrofidagi balandliklar), Somali yarim oroli, Sharqiy Afrika va Janubiy Afrikaga boʻlinadi.
Afrikada daryolarning geografik taqsimlanishi ham, sersuvligi ham turlicha. Atlantika okeaniga Kongo (Afrikadagi eng sersuv va uzunligi jihatidan ikkinchi oʻrindagi daryo – 4370 km), Niger, Oranj daryolari quyiladi. Hind okeaniga quyiladigan daryolardan eng kattasi Zambezi (2660 km). Oʻrta dengizga asosan Nil (Afrikadagi eng uzun daryo – 6671 km) quyiladi. Afrika maydonining 1/3 qismidan koʻprogʻi ichki suv havzalaridir.
Globalizatsiya va integratsiya jarayonlarining tobora tezlashib borayotganligi sharoitida turizm jahondagi eng ko’p foyda keltiruvchi biznes turlaridan biri bo’lib, u bozor iqtisodiyotining ajralmas qismi va dunyoning ko’pgina mamlakatlarida shiddat bilan rivojlanib borayotgan strategik tarmoqqa aylanib ulgurdi. Mamlakatimizda ham turizm milliy iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri hisoblanib, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirishda dasturulamal bo’lib xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarda ham turizm sohasini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, 2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasida “Turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikatsiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish” boʼyicha ustuvor yoʼnalishlar belgilangan (Farmon, 2017).
Hozirgi zamonaviy sharoitlarda turizm sohasining taraqqiyotini taʼminlashda “zamonaviy innovatsiya va iqtisodiy oʼsishning sifat omili” boʼlgan “klaster” lar faoliyatini samarali shakllantirish obyektiv zaruriyat kasb etmoqda. Taraqqiyot yo’lidan odimlayotgan turizm sohasini rivojlantirishda klaster mexanizmidan foydalanish eng asosiy omillardan hisoblanadi. “Har qanday darajada integratsion jarayonlar xoʼjalik yuritishning muayyan shakllari orqali roʼyobga chiqariladi. Jahon xoʼjaligida bu transmilliy kompaniyalar boʼlsa, milliy iqtisodiyot darajasida pirovard mahsulot va xizmatlar yaratishda ishtirok etuvchi hududiy yoki tarmoqlararo kesimdagi “yagona texnologik zanjir” ga bogʼlangan barcha ishlab chiqaruvchi (xizmat koʼrsatuvchi) larni oʼz ichiga olgan “klaster” lardir. Iqtisodiy rivojlanishning anʼanaviy usullari yetarli darajada samaradorlikni va raqobatbardoshlikni taʼminlay olmayotgan hozirgi davrda innovatsion taraqqiyot yoʼliga oʼtish yangi iqtisodiy tuzilma “klaster” larni joriy etishni taqozo etadi. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi klasterlarning zamon talablariga mos raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarish, investitsion faollikni va jozibadorlikni oshirish, innovatsion faoliyatni ragʼbatlantirish va pirovardida esa ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni taʼminlashda oʼrni yuqori ekanligini koʼrsatadi.
Turizm sohasini rivojlantirishda klaster mexanizmidan foydalanishning ahamiyati va zaruriyatini o’rganish maqsadida sohaga oid adabiyotlarni tadqiq etish maqsadga muvofiqdir. Dastlab klasterli yondashuv sanoat ishlab chiqarishida qoʼllanilgan bo’lib, Porter (1993) mintaqaviy raqobatbardoshlikni oshirishda sanoat klasterlarini tashkil etish gʼoyasini ommalashtirgan. Bugungi kunda klasterlar koʼplab tarmoqlarda faoliyat koʼrsatmoqda, jumladan, sanoat, qishloq xoʼjaligi, turizm va boshqalar. Milliy iqtisodiyotda klaster mexanizmidan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
- Aholining samarali bandligini ta’minlab, turmush sifati va farovonligini oshirish;
- Qulay investitsion muhitning shakllanishi va innovatsion faoliyatning rivojlanishini rag’batlantirish;
- Ishlab chiqariladigan mahsulotlar xarajatlarini kamaytirish hisobiga mahsulotni sifat jihatdan yaxshilash, natijada esa tovarlar raqobatbardoshligiga erishish;
- Boshqaruv qarorlarining optimallashuvi, kadrlar infratuzilmasining yaxshilanishi hamda korporativ madaniyat darajasining oshishi;
- innovatsiyalarni joriy qilish hisobiga mintaqaviy va jahon bozorlarida mamlakatning nufuzi oshib, raqobatbardosh bo’lishini ta’minlash va boshqalar.
Iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarning ahamiyati tobora ortib borayotgan bugungi sharoitlarda turizm sohasini rivojlantirishda turistik klasterlar faoliyatini tashkil etish masalasi xorijlik va mahalliy olimlarning ilmiy tadqiqot ishlarida atroflicha yoritilmoqda. Jumladan, Mitrofanovaning (2010) fikricha, Mintaqaviy turizm klasteri tuzilmasi turizm sohasidagi oʻzaro hamkorlik qiluvchi xoʻjalik yurituvchi subyektlarni, ular bilan bogʻliq faoliyatni, boshqaruv va muvofiqlashtiruvchi organlarni, jamoat tashkilotlarini, ilmiy tadqiqot institutlarini oʻz ichiga oladi. Danilenko (2014) ham yuqorida keltirilgan ta’rifni to’ldirgan holda turistik klasterlarni turizm sohasi taraqqiyotini ta’minlaydigan strategik yo’nalish sifatida belgilab, turistik klasterlarni turizm destinatsiyasi doirasidagi strategik tashkilotlararo tarmoq ekanligini qayd etadi. Turizm sohasining jadal rivojlanishida turistik klasterlarning ahamiyati to’g’risida O’zbekistonlik olimlar ham izlanishlar olib borishmoqda. Jumladan, professor Navro’zzoda (2017) klasterlar turizmda hamkorlik va raqobatni uygʼunlashtiruvchi institutsional vosita sifatida ekanligini ta’kidlab, turizm sohasida klasterlarning shakllanishi va faoliyat koʼrsatishi umumiy qonuniyatlar asosida amalga oshishi hamda ushbu sohada namoyon boʼlish xususiyatlari aniqlangan. Klasterlarning mohiyati uni tashkil etadigan oʼzaro bogʼliq firmalarning qoʼshilgan qiymat zanjirida oʼz aksini topadi, deya ko’rsatgan.



Download 347,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish