Yerlarni iqtisodiy (meyoriy) baholash.
Yerni iqtisodiy baholash qishloq xojaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi boʻlgan yerning aniq tabiiy-iqlim sharoitlardagi qiyosiy daromaddorligini aniqlash. Yerni iqtisodiy baxolash ball koʻrsatkichlari bir yer maydonining ikkinchi xil yer maydonidan qanchalik yuqori yoki past sifatli ekanligini koʻrsatadi. Yer iqtisodiy baxolashda quyidagi ishlarni amalga oshirish koʻzda tutiladi: tayyorgarlik ishlari, maʼlumotlar yigʻish, ularni qayta ishlash va taxlil qilish; yer baholashni tumanlar boʻyicha rejalashtirish; tuproqni agronomik i.ch. boʻyicha guruhlash; oʻrtacha hosildorlikni va harajatlar miqdorini hisoblash (maydon birligi hisobida); baholash shkalasini tuzish va yerning baholash koʻrsatkichlarini hisoblab chiqish; yer egaliklarida Yerni iqtisodiy baxolashni oʻtkazish; baholash hujjatlarini koʻrib chiqish, tasdiqlash, tayyorlash va topshirish.
Yerni iqtisodiy baxolash qishloq xoʻjaligi korxonalari uchun takror ishlab sharoitlarini tenglashtirishning muhim vositalaridan biri, xoʻjaliklarda qishloq xo’jalik yerlaridan amalda foydalanish darajasini aniqlashga, sifati har xil boʻlgan yerlardagi xoʻjalik faoliyati natijalarini qiyoslash va tahlil etishga, ulardan foydalanishni yaxshilash hamda unumdorligini koʻtarishga qaratilgan tadbirlarni asoslashga imkon beradi. Yerni iqtisodiy baxolash kadastr jihatidan baholashning oxirgi bosqichi boʻlib, ungacha oʻtkaziladigan barcha tadbirlarga — yerdan foydalanishning davlat qaydi, miqdoriy yer hisobi va tuproq bonitirovkasiga asoslanadi .
Yerni iqtisodiy baxolash 2 yoʻnalishda olib boriladi: umumiy baholash (qarangx.dagi yer turlari boʻyicha) va xususiy baholash (ayrim ekinlarni yetishtirish samaradorligi boʻyicha). Umumiy baholashda mahsuldorlik (yalpi mahsulot qiymati, soʻm/ga), harajatlarning qoplanishi (harajat birligiga, mas, 100 soʻmga toʻgʻri keladigan mahsulot qiymati) va differensial daromad (sifati yaxshi va qulay joylashgan yerlardan olingan qoʻshimcha sof daromad, soʻm/ga) hisobga olinadi. Xususiy baholashda hosildorlik (s/ga), harajatlarning qoplanishi (soʻm) va differensial daromad (soʻm/ga) eʼtiborga olinadi.
Yerni iqtisodiy baxolashda q.x. ekinlari va bogʻlarning hosildorligi, tabiiy yem-xashak maydonlarining mahsuldorligi, dehqonchilikdagi yalpi mahsulot qiymati, yer baholanayotan hududdagi xoʻjaliklarning koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblangan mahsulot i.ch. harajatlari baholanayotgan guruhlar boʻyicha bazis baho koʻrsatkichlarini hisoblash uchun asosiy maʼlumotlar boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda xususiy baholash gʻalla hamda makkajoʻxori (don uchun) hissasi koʻrsatilgan hrlda paxta-gʻalla-beda majmuidagi ekinlar boʻyicha, ayrim mintaqalar uchun esa sholi, tamaki, kanop va sabzavot boʻyicha oʻtkaziladi. Hisoblangan bazis baholari asosida jadval — tuproq guruhlari boʻyicha yer baholari jad-vali tuziladi. Bunday baholashda eng yuqori iqtisodiy samara (yalpi mahsulot, harajatlarni qoplash va differensial daromad) qadimdan sugʻorib kelinadigan, juda madaniylashgan yerlarga toʻgʻri keladi.
Oʻzbekiston Respublikasida q.x.ga moʻljallangan yerlarning sifat, iqtisodiy va qiymat baxrsini aniqlash banklardan ipoteka qarzlari berishda, xususiy turar joylar qurish uchun yer ajratib berish va dehqon xoʻjaliklariga meʼyoriy ortiqcha yer ajratib berishda, yer soligʻi stavkalari miqdorini aniqlash, kimoshdi savdolari orqali yer
uchastkalarini sotish va qonunchilikda koʻzda tutilgan boshqa hollarda shu yer uchastkasining dastlabki bahosini belgilash uchun qoʻllaniladi. Yerni iqtisodiy baxolashda tuproq bonitirovkasi, asosiy ekinlarning meʼyoriy hosildorligi, yalpi mahsulot va sof daromad (foyda) koʻrsatkichi mezon boʻlib xizmat qiladi.
Yerni iqtisodiy baholashda q. x. ekinlari va bogʻlarning hosildorligi, tabiiy yem-xashak maydonlarining mahsuldorligi, dehqonchilikdagi yalpi mahsulot qiymati, yer baholanayotan hududdagi xoʻjaliklarning koʻp yillik oʻrtacha koʻrsatkichlari boʻyicha hisoblangan maxsulotni ishlab chiqarish xarajatlari baholanayotgan guruhlar boʻyicha bazis baho koʻrsatkichlarini hisoblash uchun asosiy maʼlumotlar boʻlib xizmat qiladi. Oʻzbekistonda xususiy baholash gʻalla hamda makkajoʻxori (don uchun) hissasi koʻrsatilgan hrlda paxta-gʻalla-beda majmuidagi ekinlar boʻyicha, ayrim mintaqalar uchun esa sholi, tamaki, kanop va sabzavot boʻyicha oʻtkaziladi. Hisoblangan bazis baholari asosida jadval — tuproq guruhlari boʻyicha yer baholari jad-vali tuziladi. Bunday baholashda eng yuqori iqtisodiy samara (yalpi mahsulot, xarajatlarni qoplash va differensial daromad) qadimdan sugʻorib kelinadigan, juda madaniylashgan yerlarga toʻgʻri keladi.
QISHLOQ XO‘JALIGI EKIN MAYDONLARINING NORMATIV QIYMATINI ANIQLASH TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 22-oktabrdagi PF-4478-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga dehqon bozorlarida sotilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarining o‘rtacha yillik narxlari, tumanlar bo‘yicha paxta xomashyosi va boshoqli ekinlar doni o‘rtacha xarid narxlari, shuningdek tovar ishlab chiqaruvchilar bo‘yicha asosiy qishloq xo‘jaligi ekinlari ekilgan maydonlar to‘g‘risida 2014-yilgi ma’lumotlar 2015-yil 1-aprelgacha (keyinchalik — har yili o‘tgan yil uchun) taqdim etilishini ta’minlasin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi tumanlar bo‘yicha yuzaga kelgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari asosiy turlarini yetishtirishning o‘rtacha foyda normasi to‘g‘risidagi 2014-yilgi ma’lumotlar aniqlanishini va 2015-yil 1-aprelgacha (keyinchalik — har yili o‘tgan yil uchun) O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga taqdim etilishini ta’minlasinlar.
4. O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi 2015-yil 1-iyungacha ushbu qaror bilan tasdiqlangan Nizom talablariga muvofiq qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlasin.
5. Belgilab qo‘yilsinki, tasdiqlangan Nizomga muvofiq aniqlangan qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatidan kelib chiqqan holda yagona yer solig‘ini hisoblab chiqarish 2016-yil 1-yanvardan boshlab amalga oshiriladi.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi yagona yer solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan baza to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi ustidan nazoratni ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi ekin maydonlarining normativ qiymatini aniqlash bo‘yicha ishlar O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasiga nazarda tutilgan budjet mablag‘lari doirasida belgilangan tartibda moliyalashtirilishini ta’minlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari va idoralari bir oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Qishloq xoʻjalik yerlarini meʼyoriy baholash asosan yer soligʻi stavkalarini aniqlash, belgilangan meʼyorda ajratilgandan tashqari qishloq joylarda shaxsiy uy-joy qurish va dehqon xoʻjaligiga yer berish, bank tamonidan kredit berish, yer uchastkalarini auksionlar orqali sotish uchun boshlangʻich bahosini belgilash hamda qonunda koʻzda tutilgan boshqa xollar uchun qoʻllaniladi.
Barcha qishloq xoʻjalik yerlari yerlarnimeʼyoriy baholash obyekti boʻlib xizmat qiladi. Bunda yerlarni meʼyoriy baholash boʻyicha belgilangan hududiy xisob birliklari quyidagilardir.
ichki xoʻjalik miqyosida: tuproq sifati boʻyicha (bobiteti) bir xil boʻlgan haydalma yerlar va boshqa qishloq xoʻjalik yerlarining aloxida uchastkalari. Bunday holda yerlarning meʼyoriy baxolash boʻycha belgilangan hududiy hisob birliglari quydqgilardir.
Ichki xoʻjalik miqyosida: tuproq sifati boʻyicha (boniteti) bir xil boʻlgan haydalma yerlar va boshqa qishloq xoʻjalik yerlarining alohida uchastkalari. Bunday holda yerlarning meyoriy bahosi ichki xoʻjalik masalalarini halqilish , dehqon va fermer xoʻjaliklarini tashkil etish, qurulishlar, sugʻoriladigan yerlarni qayta qurush maqsadlari uchun aniqlanadi.
Umumiy jixatdan : umumiy yer maydoni yoki qishloq xoʻjaligi bilan shugʻulanuvchi korxona qishloq xoʻjalik yerlarining asosiy turlari. Bunday holda yerlarning meʼyoriy bahosi yer uchun soliq stavkasi miqdorlarni hisoblash , yer uchaskasini garovga qoʻyib bankdan kredit olish uchun aniqlanadi.
Davlat rejalashtirish nuqtai nazardan tuman miqyosida hududiy hisob tariqasida yer uchastkasi, viloyat miqyosida-mamuriy tumanlar olinadi.
Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilar yerlarni meyoriy subektlari xisoblanadi.
Sugʻoriladigan yerlarning meyoriy bahosini xisoblash.
Qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun anchagina muhim xisoblangan yerning tabiiy hususiyatlari boʻyicha qiyosiy bahosi (tuproq banitirovkasi) va qiymat koʻrsatkichisifatida meʼyoriy sugʻoriladigan yerlarning meʼyoriy bahosini aniqlash uchun asos qilib olinadi.
Tuproqlarning tabiiy unumdorligini, mahsuldorligini hamda ularni qishloq xoʻjaligiga yaroqliligini hisobga olgan holda banitet ballari boʻyicha respublikada sugʻoriladigan yerlarning 10ta sinfi belgilangan. Almashlab ekish maydonlarini tashkil qilish masalalarini ilmiy asosda hak qilish uchun ham yer baholash koʻrsatkichlaridan foydalaniladi.Almashlab ekish maydonlarini tashkil qilishning bosh elementlaridan biri dalalar maydonlarini aniqlash hamda ularni joylashtirishdir. Shuni taʼkidlash lozimki, Oʻta Osiyo respublikalarining sugʻoriladigan mintaqalarida joylashgan barcha xoʻjaliklar, ichki xoʻjalik yer tuzish loyihalariga ega. Har bir loyiha suvdan oqilona foydalanish, dala maydanlari, ularni joylashtirishni aniqlash va boshqa talablarni hisobga olgan holda almashlab ekish maydonlarini toʻgʻri tashkil qilishni nazarda tutadi.Almashlab ekish dalalari bir butun sugʻorish uchastkalaridan tarkib topadi. Ular muayyan darajada katta-kichikligi bilan bir-biridan farq qiladi. Koʻpchilik xollarda dalalar tarkibidagi tuproq xillarining unumdorlik darajasi dalalarni joylashtirishda hisobga olinmaydi. Shunday ekan, har bir almashlab ekish dalasi faqat maydoni jixatidan teng boʻlibgina qolmay, sifat jixatidan ham bir xilroq boʻlishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |