jangovar tayyorgarlik va harbiy mahoratni muntazam oshirib borish, harbiy jamoada qaror topgan o‘zaro yordam va do‘stona munosabatlarni qadrlash kabi fazilatlarni shakllantirish;
kitobxonlikni keng targ‘ib etish, jamiyatda yuksak ma’naviyatni qaror toptirishda badiiy asarlarning roli va ahamiyatini yoshlar ongiga singdirish;
yoshlarning o‘z tanlagan kasbini puxta egallashi va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishi uchun yaqindan ko‘maklashish;
milliy mafkuramizga zid bo‘lgan yot g‘oyalarga qarshi tanqidiy qarash va mafkuraviy immunitetni, o‘ziga ishonch, hushyorlik va ogohlik tuyg‘ularini mustahkamlash;
yoshlarda faol hayotiy pozitsiya va o‘zining mustaqil fikr-mulohazalarini aniq bayon eta olish, mas’uliyatni his etish, qat’iy tartib va intizomga rioya qilish fazilatlarini shakllantirish, ularni qat’iyatli bo‘lishga o‘rgatish.
VI. HARBIY-VATANPARVARLIK RUHIDA TARBIYALASH SAMARADORLIGI VA MEZONLARI
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning samaradorligi, avvalo, bu jarayonning barkamol avlod tarbiyasiga, yoshlarning vatanparvarlik darajasiga qay darajada ijobiy ta’sir etgani bilan belgilanadi.
Harbiy-vatanparvarlik tarbiyasidagi samaradorlik darajasini aniqlashning muhim sharti yoshlarda vatanparvarlik, harbiy burch, jangovar an’analarga sodiqlik kabi xislatlarning real holatda yanada rivojlanishi va takomillashuviga ijobiy ta’sir etadigan omillarni muntazam ravishda hisobga olib, tahlil etib borishdan iborat.
Harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim mezonlaridan biri – o‘sib kelayotgan yosh avlod oldiga jamiyat tomonidan qo‘yilgan talablar bu borada olib borilayotgan tarbiyaviy ishlarning ma’no-mazmuni, shakl va usullari bilan qay darajada mutanosib ekani bilan belgilanadi.
VII. KUTILAYOTGAN NATIJA
Mazkur Konsepsiya yoshlar o‘rtasida harbiy-vatanparvarlik tarbiyasining samaradorligini oshirish, ularda yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlar, fuqarolik pozitsiyasi, Vatanni sevish va uni ko‘z qorachig‘idek asrashga qaratilgan bilim va ko‘nikmalarni oshirish uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi.
Konsepsiyaning amalga oshirilishi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vatanparvarlik tuyg‘usini yuksaltirish, milliy armiyamiz saflarini zamonaviy bilim va professional malakaga, mustahkam iroda, faol grajdanlik pozitsiyasiga ega bo‘lgan yoshlar bilan to‘ldirib borish imkonini beradi.
Ushbu Konsepsiya ochiqlik va oshkoralik printsiplariga asoslangan bo‘lib, uni takomillashtirishda davlat va nodavlat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari, barcha yurtdoshlarimiz o‘z taklif va tavsiyalari bilan ishtirok etishlari mumkin.
XULOSA
Avvalo yoshlarni yetuk ,mart ,jasur, hamda jismonan sog'lom qilib voyaga yetkazish uchun ularga to'g'ri tarbiya berish zarur .
O'quvchilar to'g'ri yo'l-yo'riq kórsatib ularni bilim darajasini oshirib dunyo qarashiga ega bo'lishi uchun hozirdanoq harakatni boshlash zarur bunda ushbu kurs ishida keltirilgan malumotlardan foydalanish mumkin.
Albatta biz yosh avlodni tarbiyalashda tarixni yaxshi o'rganib ajdodlarga munosib avlodni tarbiyalashimiz zarur.
O'quvchi yoshlarga xalq mehnati va jangovar an'analarga muvofiq yo'l-yo'riq kórsatib vatanga oilaga bo'lgan harbiy vatanparvarlik tarbiyasini sindirishimiz zarur
ADABIYOTLAR
1. Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –
Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 82 b.
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: Fan, 2001
– 153 b.
3. Karimov.I.A Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot – pirovard
maqsadimiz. – Toshkent: O‘zbekiston. 2000. – 471 b.
4. Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Adolat, 1992. – 44 b.
5. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. –Toshkent:
76
Do'stlaringiz bilan baham: |