Kurs ishini tuzilishi:
kurs ishi xulosa , II bob , xulosa va foydalanilgan
adabiyotlar ro’yhatidan tashkil topgan
6
I BOB Genlar haqida umumiy tushuncha
1.1.
Gen haqida tushuncha
Gen (yun. genos — urugʻ, kelib chiqish) — irsiyatning elementar birligi va
moddiy asosi. G. organizm belgi va xususiyatlarini nasldan naslga oʻtkazish
funksiyasini bajaradi. G. tushunchasini genetikaga daniyalik olim V. Iogansen
(1909) kiritgan. G. DNK (baʼzi viruslarda RNK) molekulasining bir qismi boʻlib,
tirik hujayra oqsillaridan birining tuzilishini belgilab beradi va shu oqsillar orqali
ayrim belgi yoki xossalarning rivojlanishini taʼminlaydi. Organizmning turga xos
va individual xususiyatlari toʻgʻrisidagi jami genetik axborot, yaʼni G.lar yigindisi
— genotipa" boʻladi. Barcha organizmlar, jumladan bakteriya va viruslarning
irsiyati G.dagi nukleotidlarning DNKda
joylashishi tartibiga va ularning soniga
bogʻliq. Yuksak rivojlangan
organizmlarda G. maxsus
nukleoproteid tuzilmalar —
xromosomalar tarkibiga kiradi. G.ning
asosiy funksiyasi ferment va b. oqsillar
sintezini hujayra RNKsi ishtirokida
belgilab berishdir. Uning bu funksiyasi kimyoviy tuzilishiga boglik. G.ning
tuzilishi oʻzgarganda hujayralardagi muayyan biokimyoviy jarayonlar buziladi,
natijada mavjud jarayonlar yoki belgilar kuchayadi, susayadi yoki yoʻqolib ketadi.
Mas, inson koʻzining qora yoki moviy, atirgulning qizil yoki oq rangi, paxta
tolasining uzun yoki qisqa bulishi, q.x. hayvonlarining mahsuldorligi va
ekinlarning hosildorligi, shuningdek tirik mavjudotlarda boshqa turli morfologik,
fiziologik, biokimyoviy belgi va alomatlarning yuzaga kelishi hamda tegishli
xususiyatlarga ega boʻlishi maxsus G.larning taʼsiriga bogʻliq. Organizmda
belgilar koʻp, ularning rivojlanishini taʼmin etuvchi G.lar soni yanada koʻp, chunki
aksariyat belgilarning rivojlanishini koʻp G.lar taʼmin etadi. Mas, insonda 10000
ga yaqin G. mavjud. G. mutatsiyalar natijasida oʻzgarishi mumkin. Bir juft
7
nukleotidning boshqa bir juft nukleotid bilan almashinishi, nukleotidlarning
kamayishi, ikki baravar ortishi yoki oʻrin almashinishi ana shunday uzgarishga
sabab boʻladi. Mutatsiya tufayli organizmlarda fenotipik tafovutlarni keltirib
chiqaradigan G., yaʼni allellar paydo buladi, ular oʻzining biror taʼsiri jihatidan
boshqasiga qaraganda ustun turishi (dominant allel), biror taʼsirotni yuzaga
chiqarmaydigan boʻlishi (resessiv allel) mumkin. Tabiiy sharoitda, inson
ishtirokisiz, atrof muhit omillari taʼsirida organizmlarda irsiy oʻzgaruvchanlik,
yaʼni spontan mutatsiya kelib chiqadi. Bunday irsiy oʻzgaruvchanlik organizmlar
evolyutsiyasi jarayoni uchun manba boʻladi. Sunʼiy sharoitda radiatsiya nurlari va
kimyoviy moddalar taʼsir ettirish usuli bilan irsiy oʻzgaruvchanlikni tezroq va
koʻplab olish mumkin. Mutagenezning bu xilini eksperimental yoki induksion
mutagenez deb ataladi. Uning kashf etilishi genetikaning muhim yutugʻi boʻlib,
seleksiyada katta amaliy ahamiyat kasb etadi. Organizm va hujayraning irsiy
xossalari tegishli G.larga bogʻliq. Ular orasidagi munosabatlar juda murakkab
boʻlib, bir belgining paydo bulishiga bir necha G. taʼsir koʻrsatishi (polimeriya)
yoki koʻpgina belgilarning paydo boʻlishi bitta G.ga bogʻliq boʻlishi ham mumkin
(yana q. Genetik kod, Irsiyatning xromosoma nazariyasi).
Genlar quyidagi muhim xususiyatlarga ega
1.Fizik va fiziologik belgilarni aniqlaydi.2.Xromosomada joylashgan.3.Lokus deb
nomlangan maʼlum bir pozitsiyani egallaydi.4.Bitta yo‘nalishda
tartiblangan.5.Allel deb atalgan funksional holatlarda paydo bo‘ladi.6.Baʼzilarda
ko‘p allel deb nomlanadigan 2 tadan ortiq allel mavjud.7.Baʼzilar mutant gen
(mutatsiya) deb ataladigan ifodada to‘satdan o‘zgarishi mumkin.8.uning gomolog
(krossover) yoki nogomolog kontaktiga (translokatsiya) o‘tkazilishi
mumkin.9.O‘zini juda aniqlik bilan ko‘paytirishi (replikatsiya) mumkin.10.Maʼlum
bir oqsilni sintez qiladi.11.Polipeptid zanjirida amino kislota sekvensini aniqlaydi
(genetik kod).
8
Do'stlaringiz bilan baham: |