O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY TILLAR FAKULTETI
INGLIZ TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
11- 2 ING - 18- guruh talabasi
Sayfullayev Feruzning
“
SODDA, TUB, YASAMA VA QO’SHMA SO’ZLARNING O’ZIGA XOS
MA’NOLARI’’
mavzusidagi
KURS ISHI
5120112 – Filologiya va tillarni o`qitish (ingliz tili)
Ilmiy rahbar: Qobilova A.B
Buxoro 2020
29
MUNDARIJA:
1. SO’Z – TILNING ENG MUHIM BIRLIGI SIFATIDA………….………….….3
2. SODDA POLISEMANTIK SO’ZLAR………………………………….............6
3. TUB VA YASAMA SO’ZLAR………………………………………………....9
4.
INGLIZ VA O‘ZBEK TILLARIDA QO‘SHMA SO‘ZLARNING
YASALISHIDA O‘XSHASH VA FARQLI TOMONLAR……………………...14
5. SO’Z YASALISH TIZIMIDA QO’SHMA SO’ZLAR………………………...22
XULOSA.................................................................................................................31
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI...........................................35
30
1. SO’Z – TILNING ENG MUHIM BIRLIGI SIFATIDA
O’sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk, huquqiy, ongli,
mukammal inson qilib tarbiyalash xozirgi kunning eng dolzarb muammolaridan
biridir. Jismonan va ma’nan yetuk insongina jamiyat rivoji, yurt taraqqiyoti uchun
sidqidildan xizmat qila oladi. Jamiyatimiz rivoji va yuksak taraqqiyotida, shuni
aytishimiz muhimki, ertangi kunimiz hamda kelajagimiz poydevori bo’lgan yosh
avlodning o’rni beqiyosdir.
Yosh avlodga ta’lim - tarbiya berishning eng muhim vazifalaridan biri ularda
ilmiy dunyoqarashni shakllantirishdir. Bu vazifani xal qilishda maqsadga muvofiq
ishlashning yetakchi sharti o’quvchini shaxs sifatida kamol toptirishdan iborat. Har
bir o’quv predmeti o’z mazmuniga muvofiq ravishda o’quvchilarda ilmiy
dunyoqarash elementlarini shakllantirishga ma’lum xissa ko’shadi.Til bilan
tafakkur izviy bog’liq bo’lib, tafakkur so’z orqali yuzaga chiqadi. Tafakkur tashqi
dunyoning tushunchadagi ifodasi hisoblanadi.So’z tushunchaning shartli nomini
o’zida aks ettiradi. O’quvchilar materiallarni o’rganish jarayonida tilimizning
yangi so’zlar bilan boyib borishi haqidagi muhim manbalar bilan, so’z yasalishi
bilan tanishib boradilar. O’qituvchi nazariy bilim berishda ham,berilgann
bilimlarni amaliyotga tatbiq etishda ham bolalarning hayotiy tajribasiga,nutqqa oid
praktikasiga tayanadi.
Tilning lug’at tarkibi qanchalik boy bo’lsa ham,grammatikasiz o’lik
hisoblanadi. Tilning lug’at tarkibi o’z - o’zicha kommunikativ funksiya
bajarmaydi. [1,53] Aloqa maqsadida xizmat qilish uchun lug’at tarkibidagi so’zlar
bir-biri bilan grammatik jihatdan o’zaro bog’lanib, gap hosil bo’ladi. Mana shu
tuzilgan gap orqali fikr ifodalanadi. Tilning har bir tomonining hususiyati undagi
til birliklarining o’ziga xosligida namoyon bo’ladi. So’z tilning ma’no bildiradigan
asosiy birligidir. So’z va so’z birikmasi aniq predmetlarni, mavhum
tushunchalarni, emotsiyani bildiradi. So’z uchun muqarrar morfemik tarkibi
harakterli bo’lib bunga so’zning leksik ma’nosi va qaktor grammatik belgilari
bog’liq bo’ladi. Yangi so’z qaysi usul bilan yasalmasin, u doim grammatik
shakllanadi va o’zining leksik ma’nosi bo’ladi. So’zning leksik ma’nosini aniqlash
31
uni morfemalarga ajratish til haqidagi fanda o’zining nazariy asosiga ega.
O’quvchilar so’zning morfemik tarkibini va so’z yasalishini o’rganishlariga qarab,
so’zni morfemalarga ajratishdan ongli foydalana boshlaydilar. [1,89]
O’qituvchining asosiy diqqat e’tibori o’quvchilarning so’zni talaffuz qilishiga,
leksik ma’nosi, morfologik tarkibi, grammatik belgilari, yasalishi va nutqda
ishlatilishi va yozilishini tushunishlariga qaratmogi kerak. O’qituvchi so’zning
nom bo’lib xizmat qilishini, morfologik tarkibi, leksik ma’nosining bir-biriga
ta’sirini ham o’quvchilarga tushuntirib borishi lozim. O’qituvchining vazifasi
o’quvchilar so’zning so’zning leksik ma’nosiga tushunibgina qolmay, kontekstda
so’zlardan ongli foydalana olish malakalarini shakllantirish, o’quvchilarning aqliy
qobiliyatini o’sishida, hususan til birligi sifatida so’zni ongli bilib olish uchun
zarur bo’lgan maxsus aqliy qo’nikmalarni shakllantirishdan, ta’lim jarayonida
bilimni o’zlashtirish bilan o’quvchilarda aqliy faoliyatni o’stiradigan
abstraklashtirish, analiz, taqqoslash qo’nikmalarini shakllantiradigan sharoit
yaratishdan iborat. [2,48]
So’zning leksik ma’nosi va uning qo’llash xususiyati so’z birikmasi yoki
gapda ma’lum bo’ladi. So’z tarkibiga ko’ra morfologik tahlil qilish uning leksik
ma’nosini o’quvchilar tushunishida,morfemalarni to’gri yozishda yordam beruvchi
muhim vositadir.Tilshunoslik fanida so’zning umumiy ta’rifi yaratilgan
emas.’’So’z bir qancha ‘ma’no’ga ega bo’la olmaydi, - deb yozadi
В.А.Звегинцев.[2,78]
So’z ma’nosida muayyan umumlashtirish natijasida mustahkamlanar va bu
umumlashtirish prossesi tilning butun hayoti va taraqqiyoti davomida to’xtamas
ekan, bir so’zda bir qancha yo’nalishdagi umumlashtirish parallel amalga oshishi
mumkin emas’’. Shuning uchun so’zda birdan ortiq ma’no ham yuzaga kelmaydi.
So’z tilning eng ma’noli birligi bo’lib gap tuzishda nutqda erkin tiklanish
hususiyatiga ega. So’z tilning eng muhim birligi,chunki so’zda til strukturasining
barcha asosiy elementlari birlashadi.
Ingliz tilida ham sodda, tub, yasama va ko’shma so’zlar mavjud bo’lib, inliz
tili lug’at tarkibini boyitishga xizmat ko’rsatadi. Tilimizga o‘zlashgan inglizcha
32
so‘zlarni ijtimoiy – siyosiy, iqtisodiy, madaniy - ma’rifiy va sport sohasi mavzuviy
guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga oid
inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni
madaniy - ma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va
o‘rinlidir. Hozirgi paytda bu so‘zlarning ko‘pchiligi zamonaviy qatlam so‘zlari
sifatida og‘zaki va yozma nutqda faol ishlatilmoqda. Tilimizga o‘zlashgan
inglizcha so‘zlarni ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy, madaniy - ma’rifiy va sport sohasi
mavzuviy guruhlariga ajratib o‘rganish mumkin. Sport sohasi mavzuviy guruhiga
oid inglizcha o‘zlashmalar mustaqillikdan so‘ng shu qadar ko‘p o‘zlashdiki, ularni
madaniy - ma’rifiy soha so‘zlaridan ajratib, sistemali tarzda o‘rganish qulay va
o‘rinlidir.
Til tarkibidagi leksik ma’nolar doimo o‘zaro ma’lum munosabatda bo‘ladi.
Ayrim so‘zlar anglatgan ma’nolariga ko‘ra bir - biriga yaqin, boshqalari esa, bir-
birini inkor qiladi, qarama - qarshi ma’no anglatadi.Bu nuqtai nazardan sinonim va
antonim so‘zlar farqlanadi.So‘zlar shakl nuqtai nazardan ham ma’lum
munosabatda bo‘ladi. Ba’zan tillarda shakli bir - biriga o‘xshash, ya’ni shakldosh
so‘zlar uchraydi. Tilshunoslikda bunday so‘zlarni ikki turga ajratib o‘rganish qabul
qilingan: omonimlar va polisemantik so‘zlar.
Xulosa qilib aytganimizda, so’z tu’grisida aytilgan mulohazalardan
quyidagicha xulosa chiqarish mumkin. So’z tilning mustaqillikga ega bo’lgan,
ayrim ma’no va emotsiyalarni bildiradigan, fonetik va grammatik jihatdan
shakllangan, tugallikga ega bo’lgan birligidir. Demak, so’z ma’no va shakllanish
jihatidan yahlitlikka, maxsuslikka ega,u semantik va fonetik,grammtik butunlikdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |