2. SODDA POLISEMANTIK SO’ZLAR
So'zlar tuzilishiga ko'ra: sodda, qo'shma va juft bo'ladi. Birgina o'zakdan
tashkil topgan so'zlar sodda so'zlar deyiladi. kitob, yozmoq, katta, unumli,
majburan. Sodda so'zlar tub va yasama bo'ladi. Tarkibida so'z yasovchi
qo'shimchalar bo'lmagan so'zlar tub so'z deyiladi. Sodda so'zlarda o'zak bitta
bo'ladi. Lekin ba’zi qo'shma so’zlar o'z xususiyatini yo'qotib sodda so'z o'rinini
oladi. Masalan: kechqurun qadimda kech va qurun degan mustaqil sozlardan iborat
33
edi. Ijtimoiy taraqqiyot natijasida qurun so'zining asosiy ma'nosi yoqoldi va u faqat
sodda so’z tarkibida qoldi. Yomg'ir so'zi yog’ va amir so'zidan yasalgan bo'lib
qo'shma so'z sanalar edi, lekin hozir uning tarkida tovush o'zgarishi yuz bergani
uchun soda so'zga aylanib qolgan.
Zararkunanda, dardisar, astoydil santimo’r,
odamshinavanda, aeroport
kabi so'zlar ham o'zlashgan bo'lib ular aslida ikkita
so'zdan iborat bo'lsa - da, o'zbek tiliga o'tgach, soda so'zga aylangan.
So’zning ma’no tarkibi va u bilan bog’liq hodisalarni o’rganuvchi
leksikologiya bo’limi semasiologiya deyiladi. So’zlarning ayrimlari faqat bir leksik
ma’nodan,ayrimlari ikki va undan ortiq leksik ma’nodan tarkib topadi. Shu
xususiyatiga ko’raular ikkiga bo’linadi. [ 24,88]
Sodda polisemantik so’zlarning leksik ma’nolari faqat o’zi oid bo’lgan
turkum vazifasini bajaradi. Ular o’zbek tilidagi fe’l, olmosh turkumiga oid barcha
polisemantik so’zlarni o’z ichiga oladi. Ya’ni fe’l va olmosh turkumiga oid
so’zlarning leksik ma’nolari boshqa turkum vazifasini bajarmaydi. Bu fikrni fe’l
turkumiga oid polisemantik so’zlarda talqin qilinsa, tushunish uncha qiyin emas.
Chunki fe’l turkumiga oid so’zlar umuman turkiy tillarda o’ziga xos shaklga ega
bo’lib, ular sof holatda boshqa turkum shakllarini qabul qilmaydi, shuningdek
boshqa turkum vazifasini bajarmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, fe’l hech qanday
xoslangan shaklga kirmagan, sof fe’l holatida biror leksik ma’nosi asosida boshqa
turkum vazifasini o’tamaydi. Agar u fe’lning xoslangan shakllaridan biri: yo
sifatdosh, yo ravishdosh, yo harakat nomi shakliga kirsa, boshqa turkum vazifasiga
o’tishi muqarrar. Har holda bu fe’lning xoslangan shakliga xosdir. Olmosh
turkumiga oid so’zlarning leksik ma’nolari boshqa turkum vazifasida kelmasligini
boshqacha izohlash kerak. Chunki olmosh turkumiga oid so’zning o’zi boshqa so’z
turkumining o’rnida almashib kelgan bo’ladi. Uning tarkibidagi leksik ma’nolar
turlicha turkumga oid vazifani bajarib kelayotgan bo’lishi mumkin. Ammo ular
o’zining mavhumligicha va tushunchalarni to’g’ridan-to’g’ri ifoda etmay, unga
ishora qilayotganligi yoki uni ko’rsatayotganligi xususiyati bilan olmosh
turkumiga xos bo’lib qolaveradi.Ko’rinib turibdiki, fe’l va olmosh turkunidagi
barcha polisemantik so’zlar sodda polisemantik so’zlardir. Grammatik ma’no
34
anglatishning yana bir vositasi so‘z tartibidir.So‘zlaming gapda ma’lum tartibda
joylashtirilishi ham grammatik m a’no ifodalashga xizmat qiladi. Bu vosita
ayniqsa, sintaksis uchun ahamiyatlidir. So‘z tartibi xitoy-tibet oilasiga kiruvchi
tillar va tarkibi shu tillarga o‘xshash bo‘lgan boshqa tillarda juda katta ahamiyatga
ega. Hozirgi zamon ingliz va fransuz tili uchun ham bu vosita muhim hisoblanadi.
Bu tillarda so‘z tartibi so‘zlaming gapdagi vazifasi,ulaming qaysi so‘z turkumiga
taalluqli ekanini ko‘rsatadi:
1.
The ball hit the boy. Koptok bolaga tegdi.
2.
The boy hit the ball. Bola koptokni tepdi.
3.
A clown called a clown a clown.
Masxaraboz masxarabozni masxaraboz deb atadi.1 va 2-gaplarda so‘z tartibi o
‘zgarishi bilan gap bo‘laklari ham o‘zgardi. 1-gapda ega The ball, chunki u
kesimdan oldin, ya’ni birinchi o‘rinda turibdi; 2-gapda esa bu so‘z to‘ldiruvchi,
chunki u kesimdan keyingi o‘rinda o‘timli fe’ldan keyingi uchinchi o‘rinni egallab
turibdi, bu o‘rin - to‘ldiruvchining o‘midir. Shu munosabat bilan uchinchi gap,
ayniqsa diqqatga sazovor: bu gapda uchta clown so‘zi bor, ular bir-biridan
grammatik shakli jihatidan hech qanday farq qilmaydi, lekin shunga qaramay, ular
uch xil vazifani bajarayotir: birinchisi -ega, ikkinchisi - vositasiz to ‘ldiruvchi,
uchinchisi – vositali to‘ldiruvchi. Bu so‘zning bunday sintaktik vazifalarini biz
ulaming shakllari orqali emas (chunki ulaming shaklida farq yo‘q), balki gapda
tutgan o'rniga qarab aniqlaymiz. So‘z tartibining bunday xususiyati gapda so‘z
tartibi qat’iy bo‘lgan tillarga xosdir.Ba’zi so‘z tartibi qat’iy bo‘lmagan tillarda bu
vosita orqali so‘zning qaysi kelishikda ekanligini aniqlash ham mumkin.
Qo‘shma yo‘l bilan yasalgan negizlarning yasama negizlarga o‘tish yoki
qo‘shma negiz bilan yasama negizning tub negizga o‘tish hodisalari soddalashuv
deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, ko‘p morfli so‘zning bir morfli so‘zga o‘tib
qolish hodisasi tilshunoslikda soddalashuv deb nom olgan. Odatda, bu hodisa
so‘zning ichki shaklini yo‘qotishi, ya’ni morflar orasidagi chegaraning buzilishi
natijasida ro‘y beradi. Soddalashuv ikki sababga ko‘ra sodir bo‘lishi mumkin:
1) u yoki bu morf ma’nosini kuchsizlanishi va asta-sekin yo ‘q bo ‘lib ketishi;
35
2) bir so ‘zdagi o ‘zakni o‘ziga qardosh bo‘lgan boshqa o ‘zaklar bilan aloqasining
uzilishi natijasida.
So‘zning morfologik tarkibining soddalashuvi, ayniqsa bir tildan ikkinchi
tilga so‘z o‘zlashtirilganda ko‘p ro‘y beradi: yasama va qo‘shma so‘zlar sodda so‘z
sifatida o‘zlashtiruvchi tilga kirib keladi. Masalan, ingliz tilidan o‘zlashtirilgan
futbol so‘zi o‘zbek tilida tub so‘z hisoblansa, ingliz tilida qo‘shma so‘zdir: foot -
oyoq va ball – to‘p. Nemis tilidan kirib kelgan kurort so‘zi ham bu tilda
qo‘shmadir, ya’ni kur - dam, ort - joy. O‘zbek tiliga fors tilidan kirib kelgan
astoydil so‘zi garchi o‘zbek tilida tub so‘z hisoblansa ham, fors tilida uch so‘zdan
tashkil topgan - az tagi dil.
Do'stlaringiz bilan baham: |