S=ab, (2)
bunda, S - to’g’ri to'rtburchakning yuzi, m
2
, a va b - to’g’ri to'rtburchakning
tomonlar uzunligi, m.
Formula va tenglamalar arab raqamlari bilan raqamianadi va kichik
qavslarga olinib, formula qatorida sahifaning o’ng tarafiga joylashtiriladi. Ishda
raqamlashning faqat bitta tartibi ishlatiladi (butun matn yoki bo’lim miqyosida).
Formulani boshqa satrga o’tkazish faqat matematik belgidan keyin amalga
oshiriladi. Fizik kattaliklar birliklari formulaga faqatgina son qiymatlaridan keyin
yoziladi.
Ko’paytirishning asosiy belgisi o’rta chiziqdagi nuqta (∙) hisoblanadi.
Ko’paytirishning (x) belgisi ko'paytirish belgisida ko'chirish va vektorlarni
ko'paytirishda ishlatiladi. Ko’paytirishning (∙) belgisi fizik belgilarning harfiy
belgilanishi, qavslardan oldin va keyin, radikal (√), integral (∫) belgilari.
trigonometrik funktsiyalar argumentlari oldidan qoyilmaydi.
ILLUSTRATSIYA (ILOVA) LARN1 QO’YISH
1.Rasmlar
Barcha illustratsiyalar bir xil uslubda bajarilgan bo’lishi kerak.
Illustratsiyalar ularga matnda birinchi murojaat bo’lgandan keyin darhol
joylashtiriladi. Har bir illiustratsiyaning o’ziga tegishli sharhi bo’ladi va
raqamianadi. Illustratsiyalar butun matn yoki bo’lim miqyosida raqamlanishi
mumkin. Illustratsiyalar soni ko’p bo’lsa ular tartib bilan raqamlanib, ish so’ngiga
joylashtiriladi Agar rasmlarni raqamlash bir bo'lim miqyosida bo'lsa, rasm raqami
bob (bo'lim) raqami va rasmning tartib raqamini nuqta bilan ajratib qo'yiladi,
masalan: 2.1 rasm
Agar bitta raqam bilan belgilangan illustratsiya bir necha tasvirdan iborat
bo’lsa ular kichik harflar bilan belgilanadi. (a,b,c. va h.k).
Barcha illiustratsiyalarga matnda murojaat bo'lishi kerak. Illustratsiyalar
alohida sahifada yoki matn orasida joylashtirilgan bo’lishi mumkin.
2. Jadvallar
Jadvallar unga matnda birinchi murojaat bo’lgandan keyin darhol
joylashtiriladi. Barcha jadvallar butun matn bo’ylab arab raqamlari bilan
raqamianadi. Agar ishda bitta jadval bo'lsa unda raqam qo’yilmaydi. Jadval
raqamlanganda “№” belgisi ishlatilmaydi.
Jadval mavzu sarlavhasi satr o'rtasidan birinchi harfi bosh qolganlari kichik
harf bilan bir intervalda yoziladi. Mavzu sarlavhasi so'ngida foydalanilgan
manbaalar ro’yhatiga mos ravishda jadval manbasi kvadrat qavsda yoziladi
BOG’LANISHLARNI RASMIYLASHTIRISH
Matnda manbalarga bog’lanishlari foydalanilgan manbalar ro’yxatidagi
tartib raqami bo’yicha qo’yilishi kerak. Manbaning tartib raqami kvadrat qavsga
olinadi. Agar manbadagi aniq sahifaga murojaat qilinsa. sahifa raqami ham
ko’rsatiladi, masalan: [3], [4, 6 b.].
Iqtiboslar qo’shtirnoq ichida bosh har dan boshlab yoziladi. Agar iqtibos
qisqartirilsa, tushirib qoldirilgan qismi o'rniga uch nuqta qo’yiladi. Masalan:
A.Eynshteyn aytganidek. “Tarbiya ishiga har bir kishining individual qobiliyatini
rivojlantirish haqida g’amxo’rlik qilish bilan ... e'tibor berish zarur”
ILOVALAR
llova matnda ko'rsatilgan tartibda foydalanilgan manbalar ro’yxatidan keyin
joylashtiriladi.
Ilovalarga turli jadvallar, grafiklar, algoritm blok sxemalari, dastur kodlari
va boshqalar kirishi mumkin. Har bir ilova yangi sahifadan boshlanadi. Ilova
butun ish bo’yicha umumiy raqamlanadi.
“ILOVA” sarlavhasi yuqori o’ng burchakka yoziladi. Barcha ilovalar
raqamlanadi, masalan: 1-ILOVA, I-ILOVA. Agar ilova bitta bo'lsa u
raqamlanmaydi. Agar ilova sarlavhasi mavjud bo'lsa, u satr o’rtasidan bosh harfda
yoziladi.
FOYDALANILGAN MANBALARNI RASMIYLASHTIRISH
Foydalanilgan manbalar ro’yxati birinchi harfi bo’yicha alfavit tartibida
joylashtiriladi. Avval o'zbek tilidagi, keyin boshqa tillardagi manbalar ko’rsatladi.
Har bir yangi manba yangi satrdan yoziladi. Hammualliflar familiyalari manbada
keltirilgan tartibda ko’rsatiladi. Kitob, monografiya, hisobotlar qisqartmasiz to’liq
yoziladi.
Agar maqola jurnaldan olingan bo'lsa, quyidafi tartibda yoziladi: maqola
muallifi, maqola nomi, ikkita yotiq chiziq (//), jurnal nomi, nuqta, nashr yili,
nuqta, jurnal nomeri, nuqta, maqola sahifasi, nuqta.
Elektron resurslar
Elektron resurslar ro’yxati foydalanilgan manbalar oxirida beriladi. U
quyidagi ko’rinishda bo’ladi:
1.
Alisher Navoiy nomli O’zbekiston milliy kututxonasi / www.natlib.uz
KURS ISHINI BAJARISH UCHUN KO’RSATMALAR
Quyida kurs ishi bo’yicha bir variantning qanday bajarilishi keltirilgan: Kurs
ishi titul varaq bilan boshlanadi (1-rasm). Ikkinchi varaqda mundarija keltiriladi
Keyingi varaqlarda kurs ishi uchun qo’yilgan mavzu nomi, asosiy qism,
foydalanilgan manba va adabiyotlar ro'yxati, ilovalar, kurs ishi so’ngida xulosa
va rahbar taqrizi joylashadi.
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG'LIQNI SAQLASH VAZIRLIG1
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI
“INFORMATIKA, BIOFIZIKA VA NORMAL FIZIOLOGIYA” KAFEDRASI
Do'stlaringiz bilan baham: |