O’ZBEKISTON RESPUBUKASI SOG’LIQNl SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEM1YASI
TIBBIY YO’NALISHLARDA
“TA’LIMDA AXBOROT TEXNOI.OGIYALARI FANIDAN
KURS ISHINI BAJARISH UCHUN
USLUBIY KO’RSATMALAR
Toshkent 2015
Tibbiy yo’nalishda “Ta’limda axborot texnologiyalari” fanidan kurs ishini
bajarish uchun uslubiy ko’rsatmalar./Tuz: Madjidov A.Sh- Toshkent, TMA,
2015, 18 - b.
Ushbu uslubiy ko’rsatmalarda tibbiy pedagogika yo’nalishlari bakalavriat
talabalari uchun mo’ljallangan kurs ishlari vazifalari berilgan.
“Informatika, biofizika va normal fiziologiya” kafedrasi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ilmiy-uslubiy kengashining qaroriga muvofrq
nashrga tayorlandi.
Taqrizchilar:
Mirbabayev F A.
Toshkent avtomobil va yollar instituti “Axborot
texnologiyalari” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent.
Kulmanova M.U. Toshkent tibbiyot akademiyasi “Biologik va tibiy kimyo”
kafedrasi mudiri, k.f.n., dotsent.
© Toshkent tibbiyot akademiyasi, 2015
KURS ISHINING ASOSIY MASALALARI VA
UNI BAJARISH UCHUN TALABLAR
Kurs ishining maqsadi va mazmuni
Berilayotgan kurs ishi tibbiy pedagogika yo’nalishi talabalaming “Ta’limda
axborot texnologiyalari” fanidan olgan nazariy bilimlarini umumlashtirish va
mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Kurs ishining asosiy maqsadi axborot texnologiyalarini o’rganishdan,
zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalarini ta’lim jarayoniga
qo’llashning asosiy usullarini o’zlashtirishdan iborat. Bu maqsad talabaning
berilgan mavzu bo’yicha o’quv uslubiy majmuani mustaqil yaratish va uni
axborot kommunikatsiya texnologiyalari yordamida yoritib berishida o’z aksini
topadi.
Kurs ishi semestr davomida bajarilib, u fanni o’zlashtirishning yakuniy
bosqichi hisoblanadi.
Kurs ishini sifatli bajarish talabadan informatika va axborot texnologiyalari
shuningdek, pedagogikaning alohida bo’limlari bo’yicha bilim, ko’nikma va
malakalarga ega bo’lishini talab qiladi.
Kurs ishini bajarishda talaba albatta:
O’ziga berilgan mavzu variantini yechishning nazariy qismi bilan
tanishish;
Ma’lum hamda yetarli darajada mavzuni yoritib chiqishi;
Mavzuning nazariy va amaliy mashg’ulotlari xronologik xaritasini
tayyorlab, o’qitishning interfaol usullarini tanlash;
Mavzu bo'yiha doklad tayyorlash va uni multimediali taqdimot yordamida
yoritib berish;
Mavzu bo'yiha amaliy mashg’ulot vazifasini bajarish uchun interfaol
usullar qo’llagan holda metodik ko’rsatmalar tayyorlash;
Mavzu bo’yicha audiovizual effektlami qo’llagan holda web sayt
tayyorlash;
Mavzu bo’yicha sinov savollari tayorlash;
Mavzu bo’yicha kompyuterda o’quv nazorat dasturlaridan birida test
dasturi tuzish;
Audiovizual effektlar qo’llagan holda mavzu bo’yicha veb sayt tayyorlash;
Mavzu boyicha o’tilgan materiallami qiyosiy tahlil qilish va xulosa
chiqarishi kerak.
Kurs ishi quyidagi asosiy tashkil etuvchilardan iborat bo’lgan tushuntirish
yozuvi ko’rinishida rasmiylashtiriladi:
1. Titul varag’i (ishning nomi, gurnh raqami, talaba ismi sharifi, rahbarning
ilmiy darajasi, unvoni va ismi sharifi).
2. Mundarija
3. Kurs ishi uchun qo’yilgan mavzu.
4. O’z ichiga quyidagilami olgan ishning asosiy bo’limlari:
a. kirish qismi;
b. nazariy va amaliy mashg'ulotning xronologik xaritasi;
c. mavzuni bo’yicha ma’ruza matni,
d. ma’ruzani yoritish uchun multimediali taqdimot;
e. amaliy mashg’ulot uchun metodik ko’rsatmalar;
f. mavzu bo’yicha nazariy savollar;
g. o’quv nazorat dasturlaridan birida tayyorlangan test dasturi;
h. electron o’quv qo’llanma haqida.
5. Rahbar xulosasi.
6. Glossariy
7. Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati.
8. Xulosa.
Uning har bir bandi quyidagi ko’rinishda rasmiylashtiriladi.
KURS ISHINI RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishi A4 formati (210X297 mm) oq qog'ozining bir tarafiga
kompyuterda yoziladi. Zarur hollarda ilovalami (jadval, sxema, diagramma va
h.k.) uchun katta formadagi qog’ozda bajarilishga yo’l qo’yiladi.
Matn oddiy shriftda bir yarim intervalda qora rangda chop etiladi. Shrift
o’lchami - 14 (Times New Roman). Satrlararo interval 1,5.
Matn o’ng, yuqori va pastdan 20 mm, chapdan 30 mm qoldirib, kenglik
bo'yicha tekislagan holda teriladi.
Abzats chap tarafdan 1 sm qoldirib yoziladi.
Kurs ishi hajmi mavzudan kelib chiqib ilovalardan tashqari 25-60 varaqni
tashkil etadi.
SAHIFALARNl RAQAMLASH
Raqamlash titul varag'idan boshlanadi. Titul varag’i va mundarijaga sahifa
raqami qo’yilmaydi. Birinchi raqam kirish qismiga qo'yiladi. Bu odatda 3 yoki 4
raqam bo’ladi. Sahifa raqami yuqori o’ng burchakka oxirida nuqtasiz qo'yiladi.
Kurs ishi sahifalari arab raqamlari bilan raqamlanadi. Alohida sahifalardagi
ilovalar (rasm, jadval, sxema, diagramma va h.k.) umumiy tartibda raqamlanadi.
MUNDARIJA
Mundarija 2 sahifada joylashadi. Mundarija sarlavhalari matndagi
sarlavhalami aynan takrorlashi shart. Ularni qisqartirish, boshqa ko'rinishda yoki
matndan boshqacha tartibda berish mumkin emas. Barcha sarlavhalar oxirida
nuqta qo’ymasdan bosh harfdan boshlanadi. Har bir sarlavhaning so’nggi harfi
o’ziga mos sahifa raqamiga mos mundarijaning o'ng qismidagi sahifa raqamiga
tutashadi. Mundarijaga titul varag'i kiritilmaydi.
SAHIFALARNI RASMIYLASHTIRISH
“KURS
ISHI”,
"KIRISH”,
“XULOSA”,
“FOYDALANILGAN
ADABIYOTLAR RO’YXATI”, “ILOVALAR” kabi tuzilmali elementlar
nomlari kurs ishi tuzilmali elementlar sarlavhalari hisoblanadi. Sarlavhada “bob”
so'zi yozilmaydi.Sarlavhalarda imkoniyat darajasida qisqartmalar, tor ixtisoslik
atamalari, qisqartmalar, abbreviatura va matematik formulalami ishlatmaslik
kerak. Sarlavhalar sahifa o’rtasida yoki chap tarafida bo’lishi mumkin.
Bo’lim va punktlar sarlavhalari yangi xatboshidan yozilishi kerak.
Sarlavhalar bosh harfda, sarlavhaosti birinchi harfi bosh harfda. qolganlari kichik
harfda yoziladi. Oxirida nuqta qo'yilmaydi va ostiga chizilmaydi. Agar sarlavha
bir necha gapdan iborat bo’lsa, ular nuqta bilan ajratiladi. Sarlavha va sarlavhaosti
da b o'g'in ko’chirish ishlatilmaydi.
Boblarni yangi sahifadan boshlash kerak.
Podrazdel, punkt va podpunktlar sarlavhalari sahifa oxirida bo'lmasligi
kerak. Ular davomida kamida uch qator matn bo’lishi kerak. Bob. bo’lim.
podrazdel. punkt va podpunktlar arab raqamlari bilan raqamlanadi. Bob (bo’lim)
ishning asosiy qismi doirasida arab raqamlari bilan (1, 2, 3 va h.k.) raqamlanadi.
Punktlar har bir bob (bo’lim) va podrazdel doirasida raqamlanadi. Punkt raqami
bob (bo'lim) raqami, podra/del yoki podpunkt tartib raqami, ajratuvchi raqamdan
iborat bo'ladi (masalan 1.1, 1,2 yoki l . l .L 1.1.2 va hakozo). Agar bob (bo'lim)
birgina punktdan iborat bo'lsa ham xuddi shunday raqamlanadi. Agar matn faqat
punktlardan iborat bo'lsa. u ish doirasida tartib raqamlari bilan raqamlanadi.
Bob (bo'lim). punkt. podpunkt raqami so’nggida nuqta qo'yilmaydi. oxirgi
raqam va birinchi harf orasida bitta probel (bo'sh joy) qoldiriladi.
Tuzilmali elementlar sarlavhalari va asosiy qism boblari, birinchi punkt
sarlavhasi orasida ikki interval qoldiriladi.
Matnning asosiy qism punkt va podpunkti abzatsdan yoziladi.
Sarlavha va matn orasida ikkita bir yarimlik bo'sh joy bo'lishi kerak.
QISQARTMALAR
Kurs ishini yozishni osonlashtirish va hajmini kamaytirish maqsadida
qisqartmalar ishlatiladi. Umumqabul qilingan qisqartmalar GOST 7.12-77 ga mos
kelishi kerak. Ishda o 'z qisqartmalaridan foydalanish mumkin. bunda birinchi
uchraganda tavsiflash kerak. Agar shartli belgilash va qisqartmalar soni 10 dan
oshiq bo'lsa alohida “Qisqartmalar ro’yxati” bayon qilinishi kerak. Matnda
qisqartmalarni quyidagicha ishlatishga yo'l qo'yilmaydi:
Matnda “>”, “<”, “=” va boshqa matematik belgilami, shuningdek “%”,
“№” belgilarini raqamsiz ishlatish;
manfiy qiymatlar oldida matematik belgisini (“manfiy” deb yoziladi);
‘‘GOST’, “OST”, “DST standart indekslarini ro’yxat raqamisiz yozish;
qiymatisiz foydalanilganda fizik kattaliklar qisqartma nomlari (jadval va
formulalardan tashqari).
SANOQ SONLARNI YOZISH QOIDASI
bir xonali sanoq sonlar agar o’lchov birligi bo’lmasa so’z bilan yoziladi,
masalan: uch qator (3 qator emas);
Ko'p xonali sanoq sonlar raqamlar bilan yoziladi;
O’lchov birligi qisqartmasi bilan kelgan sonlar raqam bilan yoziladi,
masalan: 3 kg, 3 l. “kg”, “l” qisqartmalaridan keyin nuqta qo’yilmaydi.
Bir turdagi sonlarni yozishda o’lhov birligi qisqartmasi oxirgi raqamdan
keyin qo’yiladi, masalan: 1, 5 va 7 mg.
TARTIB RAQAMLARINI YOZISH QOIDASI
Bir va ko’p xonali tartib raqamlari so’z bilan yoziladi, masalan: birinchi.
O’n yettinchi.
Murakkab so’z tarkibiga kiruvchi tartib raqamlari son bilan yoziladi,
masalan: Natriy xloming 10 foizli eritmasi. 10% li eritma deb yozish ham
mumkin.
FORMULA VA TENGLAMALAR
Formula va tenglamalarni qora siyohda qo'lda yozishga ruxsat etiladi. Agar
formula va tenglamalarga sharh bo’lsa, matnda alohida satrda ajratiladi. Har bir
formula yoki tenglamadan oldin va keyin bitta bo’sh qator qoldiriladi.
Formuladagi belgilarga sharh ular fomulada qay terrtibda kelsa, shu tartibda
beriladi Sharh “bunda” degan so’z bilan boshlanadi, ikki nuqta qo’yilmaydi,
masalan:
Do'stlaringiz bilan baham: |