Kurs ishi va unga qo`yiladigan asosiy talablar Samarqand 2022 Kurs ishini bajarish bosqichlari - Kurs ishi mavzusini tanlash;
- Kafedra tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlarni to`plash, o`rganish va kerakli ma`lumotlarni yozib olish;
- Kurs ishi rejasini tuzish;
- Nazariy masalalar va amaliy materiallarni umulashtirish va tahlil qilish;
- Kurs ishi matnini yozib chiqish, rasmiylashtirish va ilmiy rahbarga taqriz uchun topshirish;
- Taqrizning talablari asosida ilmiy ishga o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish;
- Kurs ishi himoyasiga tayyorlanish.
Kurs ishi tuzulishi - Kirish;
- Asosiy qism;
- Xulosa;
- Statistik ma`lumotlar;
- Foydalanilgan adabiyotlar;
- Ilovalar.
Kurs ishining hajmi va formati - Kurs ishining umumiy hajmi kompyuterda yozilgan matnda 32-36 sahifadan iborat bo`ladi;
- Kurs ishi tuzilgan rejaga muvofiq alohida paragriflarga bo`linadi;
- Kurs ishi A4 (210*297) formatli, 1,5 interval oraliqda, 14 shriftda yoziladi;
- Hoshiya o`lchamlari- chap hoshiya 30 mm, o`ng hoshiya 15 mm, pastki hoshiya 20 mm va yuqori hoshiya 20 mm bo`ladi;
- Kurs ishi muqovalanadi va titul varag`i yelimlanadi;
- Kurs ishini raqamlash reja yozilgan sahifadan boshlanadi, lekin reja sahifasiga bir raqami qo`yilmaydi;
Asosiy sharq tili fanidan kurs ishining tarkibi - Titul varog`i
- Reja
- Yangi so`zlar (Tanlangan mavzu b`yicha 50-60 dan kam bo`lmagan yangi so`zlar va ularning tarjimasi beriladi. Yangi so`zlar faqat mavzu doirasida bo`lishi kerak)
- Matn (Tanlangan mavzu bo`yicha 2.5-3 sahifadan kam bo`lmagan matn beriladi. Matnda yuqorida keltirilgan yangi so`zlar ishtirok etgan bo`lishi kerak)
- Grammatik mavzu (Biron bir grammatik mavzu to`liq bayon etiladi. Grammatik mavzu bayon etilishida 4-5 manbaadan foydalanilgan bo`lishi kerak. Misol uchun keltirilgan so`zlar yoki gaplarda yangi so`zlardan foydalanilgan bo`lishi kerak)
- Mashqlar tizimi (Mashqlar tizimida kamida 4-5 turdagi mashqlar turlari keltirilishi kerak. Mashqlarda asosan yangi so`zlar ishtirok etishi kerak)
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
- Ilovalar
- Mundarija
Sharq tillarni o`qitish metodikasi va tili o`rganilayotgan mamlakat adabiyoti fanlaridan kurs ishining tarkibi - Titul varog`i
- Reja
- Kirish qismi (3-5 betdan oshmasligi kerak, mavzuning nazariy va amaliy jihatlari dolzarbliligi asoslanadi, maqsadlar shakllantiriladi va vazifalar belgilanadi )
- Asosiy qism (Bu qism paragraflar yoki boblar va uning ichida paragraflardan shakllanadi. Ishning umumiy 80-85 % ni tashkil qilishi kerak. Paragraflar soni 5-6 bo`lishi kerak)
- Xulosa va takliflar (3-6 sahifa atrofida bo`ladi, Kurs ishi oxirida 20-30 foydalanilgan atamalarning izohi berilishi maqsadga muvofiqdir)
- Foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati
- Ilovalar (jadvallar, grafiklar, hujjatlar nusxalari, diagrammalar keltiriladi va har biri raqamlanadi)
- Mundarija
Kurs ishi himoyasi - Kurs ishining oxirgi shakli kurs ishi himoyasi belgilangan kundan 10 kun oldin topshiriladi;
- Talaba 10-15 daqiqa ichida kurs ishining maqsadi, vazifalari, mazmuni, takliflari va tavsiyalari to`g`risida axborot beradi;
- Kurs ishi zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida taqdimot shaklida topshiriladi ;
- Savollarga javob beradi;
- 5 ballik baho tizimida baholanadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |