............................................... …………………………………………..6 Tashqi iqtisodiy faoliyat yuritishning shakllari va yo’nalishlari 6
Tashqi iqtisodiy faoliyat samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar 13
Bob: YAPONIYA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI RIVOJLANISHING ASOSIY XUSUSIYATLARI 23 Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalari rivojlanishining bosqichlari 23
Yaponiya tashqi savdo aylanmasi o’zgarishi tahlili 25
Bob: YAPONIYA TASHQI IQTISODIY ALOQALARINI RIVOJLANTIRISH YO’NALISHLARI 27 Yaponiyaning xalqaro bozoridagi mavqeini mustaxkamlash muammolari 27
O’zbekiston - Yaponiya tashqi savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlari 30
XULOSA 34
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI 35
KIRISH.
Mavzuning dolzarbligi. Davlat rivojlanishinig barcha tarixiy bosqichlarida tashqi iqtisodiy faoliyat har xil darajalarda umuman xalq xo’jaligida, alohida regionlarda, muassasa va tashkilotlarda iqtisodiy masalalarni hal qilishga katta ta’sir ko’rsatgan, va bu soxada iqtisodchilar turli izlanishlar olib borganlar. Xalq xo’jaligi tizimining bir bo’lagi sifatida tashqi iqtisodiy faoliyat ichki xo’jalikning mukammalashishiga, ishlab chiqarish kuchlarining birlashishiga va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va ko’maklashadi. Hozirgi davrgacha birorta ham davlatga jahon iqtisodiy tizimidan bo’lak ravishda sog’lom iqtisodiyot muhitini yaratish qo’ldan kelmagan.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Xalqaro iqtisodiy aloqalar iqtisodiy hayotning eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Davlatlararo iqtisodiy aloqalar ko’p asrlik tarixga ega. Yuz yillar davomida ular ko’proq tashqi savdo ko’rinishida bo’lib u axolini milliy iqtisodiyot butkul ta’minlay olmaydigan yoki umuman ishlab chiqarmaydigan maxsulotlar bilan ta’minlash masalalarini hal qilgan. Evolyutsion jarayon natijasida tashqi iqtisodiy aloqalar tashqi savdoga aylandi, uning natijasida esa mukammal xalqaro iqtisodiy aloqalar yig’ingisi - jahon xo’jaligiga aylandi. Unda ro’y berayotgan jarayonlar dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatlariga ta’luqlidir. Tabiiyki, barcha mamlakatlar birinchi navbatda o’z manfaatlarini ko’zlab, o’z tashqi iqtisodiy faoliyatini boshqarishi zarur. Shunga ko’ra O’zbekiston va Yaponiya o’rtasidagi o’zaro iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashdan
iborat.
Kurs ishining obyekti: Bugungi kundagi yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalari va uni o’ziga xos hususiyatlarini o’rganish iborat.
Kurs ishining predmeti: Yaponiya tashqi iqtisodiy aloqalarining kelajakdagi istiqbollarini o’rganish va tahlil qilishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, 3ta bob xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.