4. O’zbekistonda hozirgi bosqichda pul muomalasini
barqarorlashtirish usullari
Har bir davlat o’zining pul tizimiga ega bo’lganidek O’zbekiston mustaqil pul
tizimiga ega. Respublikamizda mustaqil pul tizimini tashkil topishining I-
bosqichi 1992 yilni noyabr oyida «so’m
-
ko’pon» larni muomilaga chiqarilishi
hisoblanadi. Pul tizimining ikkinchi bosqichi 1994 yilning 1-iyulidan
muomilagacha milliy valyuta «so’m»ni chiqarilishid
ir.
O’zbekiston respublikasining pul tizimining elementlari:
1.
Pul birligi -
so’m
2.
Pul birligining turlari
–
qog’oz va metal pullar
3.
Ularni muomalaga chiqarish qoidalari.
4.
Pul, kredit valyuta boshqaruvini amalga oshiruvchi davlat organlari.
5.
Naqd pulsiz to’lov aylanishi va kredit pullar muomilasining olib
borishda davlat tomonidan belgilangan shartlar.
6.
Milliy valyutani chetga olib chiqish va chetdan olib kelish qoidalari.
7.
Xalqaro xisob - kitoblarni tashkil qilish asoslari.
8.
Milliy valyutani chet el valyutasiga almashtirish tartibi va davlat
tomonidan belgilangan valyuta kursi.
O’zbekiston milliy pul tizimining asosiy elementi bo’lmish so’m jamiyat
manfatlariga xizmat qiladi. Shuning uchun pul tizimining asosiy vazifasi
27
milliy pulimizning qad
rini mustahkamlashdan iborat. Bu juda ma’suliyatli va
oson bo’lmagan vazifa. O’zbekistonning o’z iqtisodini bozor talablariga mos
ravishda rivojlantirishga qaratishi, bozor iqtisodiyotiga o’tishda
O’zbekistonning o’ziga xos xususiyatlariga ega ekanligi mil
liy valyutaning
barqaror bo’lishini taqozo etadi. Zero mustaqil pul tizimiga ega bo’lmasdan
iqtisodiy jihatdan mustaqil davlat bo’lishi mumkin emas. Shu boisdan
Respublikamiz 1- Prezidenti I.A.Karimov
–
« bugungi eng muhim vazifa
valyutamizni baquvvat, dunyoda obruli valyutaga aylantirishdir u, yuksak va
katta kuchga ega bo’lishi lozim»
- degan edi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib respublikamizda 2003 yilni 15 oktyabridan
joriy xalqaro operasiyalar bo’yicha so’mning erkin almashtirilishi joriy etildi.
Respublikamizda milliy valyutani xorijiy valyutalarga erkin almashtirishga
erishilganligi mamlakatimiz iqtisodiyoti yangi yuksalishlarga
erishayotganligidan, uni jahon iqtisodiy hamjamiyatdagi integrasiya
jarayoni yanada tezlashayotganligidan dalolat beradi.
Respublikamiz Prezidentining 2005 yil 5 avgustdagi PK-147 sonli
«Banklardagi depozit xisob varaqalaridan naqd pul to’lovlarini o’zliksiz
ta’minlash to’ђrisida» gi qarori asosida banklarga bo’lgan ishonchning
ta’minlanishi natijasida 2005 yil yanvar
- iyul oyida bank kassalariga
tushgan o’rtacha oylik naqd pul tushumlari 344 mlrd. so’mni tashkil etgan
bo’lsa, maskur qaror qabul qilingandan so’ng avgust –
dekabr oylarida bu
ko’rsatkich 515 mlrd. so’mni tashkil qildi yoki 49,7 % ga oshdi.
Agar 1996-2002 yillar mobaynida naqd pullarning bank kassalariga qaytishi
80-93 foiz orali
ђida bo’lgan bo’lsa, bu kursatkich 2005 yilda 96,3 foizni
tashkil etdi. Xususan, 2005 yilda bank kassalariga tushgan naqd pullar
2004 yilga nisbatan 38,6 foizga, shu jumladan savdo tushumlari 47,2 foizga
oshdi.
Xozirgi ko’pgina davlatlarda pul muomilasini tartibga solishda ochiq bozorda
operasiyalar utkazish usulidan foydalanilmoqda. Bu
hozirgi ko’p
qullaniladigan monitor siyosatni bir usuli bo’lib, u tijorat banklarining
likvidlik darajasiga tez ta’sir utkazadigan egiluvchan (moslanuvchan) amaliy
va operativ usul hisoblanadi. Bu usulni boshqalardan farqi shundaki, uni
zaruriyatga qarab va hohlagan miqdorda utkazish mumkin. Bu mexanizm
bozorni rivojlanish tendeniyasiga qarab pul muomilasini barqarorlashtira
olishi mumkin. Bunda oldi-sotdi obyekti davlat qimmatli qo
ђ
ozlari va
markaziy bank chiqargan qarz majburiyatlari bo’lishi mumkin.
1996 yilni mart oyida chiqarilgan qisqa muddatli davlat obligasiyalari
(KMDO) tijorat banklari va korxonalarning mabla
ђ
larini xavf-xatardan
saqlash va daromad olish imkonini beradi.
KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat
banklari
ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi
ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin.
28
Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish
usulidan foydalaniladi. Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini
barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy
norma vakolatlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’ђ
risidagi qonunning 3-
modd
asida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining
bosh maqsadi
–
milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta
barqarorligi pul massasi, narx
–
navo va milliy valyuta kursining barqaror
bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi.
Milliy
valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi
Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.
1.
Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish,
qabul qilish hamda amalga oshirish.
2.
O’zbekiston Respublikasid
a xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil
qilish va ta’minlash.
3.
Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat
qilish.
4.
O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash
va ularni boshqarish.
5.
Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini
tashkil etish.
Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish uchun ba’zi hollarda
kuyidagi usullarda ham tayyorlanadi.
1. Nullifikasiya
–
bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib
muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab
ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997,
1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul
islohatida qullanilgan.
2. Revolvasiya
–
lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy
valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan
1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng
bo’ladi. Bu usul 1922
-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda
Germaniyada qullanilgan.
3. Devolvasiya
–
lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul
29
davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan
pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni
ra
ђbatlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning
asosiy sabablari bo’lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat to’lov balansning
salbiy qoldiqga ega bo’lishidir.
Bu usul AŠSh da 1971 yilda 7,89 % ga, 1973 yilda 10 % ga dollar kursini
pasaytirish bilan qullanilgan.
4. Denominasiya
–
pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish
hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul
hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922
yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida,
Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1
, O’zbekiston
Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan.
O’zbekistonda pul muomalasi bilan asosan Markaziy bank shug’ullanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy vazifalari
quyidagilardan iborat:
o
pul muomalasi, kredit berish, ma
blag‘ bilan ta’minlash, hisob
-
kitob qilish va tashqi iqtisodiy aloqa sohalarida respublika
iqtisodiy va valyuta siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
o
hisobga olishning, hisob berishning, hisob-kitob-ssuda va
valyuta operatsiyalarini amalga oshirishning yagona qoidalari va
normalarini belgilash;
o
ssuda-depozit operatsiyalarini tartibga solish va umumiy pul
muomalasini boshqarishning
normativlarini o‘rnatish;
o
barcha banklar va kredit muassasalari, pul-kredit va valyuta
operatsiyalariga doir O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va
qoidalariga rioya etishlari ustidan nazorat qilish;
o
barqaror pul muomalasini va O‘zbekiston Respublikasi hududida
muomalada bo‘lgan pulning xarid qobiliyatini saqlash;
o
bank
ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish.
o
Respublika pul va kredit tizimiga rahbarlik qilish;
o
milliy valyutani joriy qilish va u bilan respublika xalq xo‘jaligini
ta’minlash;
30
o
O‘zbekiston Respublikasining “rubl” zonasiga kiruvchi davlatlar
boshqa mamlakatlar bilan hamkorligini mustahkamlash va
rivojlantirishga ko‘maklashish, ularning
markaziy va milliy
banklarida, xalqaro banklarida va boshqa moliya-kredit
tashkilotlarida O‘zbekiston Respublikasi manfaatlarini himoya
qilish
o
respublikaning oltin zaxirasi va olmos fondini shakllantirish;
o
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta fondini
vujudga keltirish, davlat valyutasini tartibga solib turuvchi va
nazorat qiluvchi bosh ijroiy idora vazifasini bajarish;
o
bank ishlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalar berish,
chakana savdo va
chet el valyutasida xizmatlar ko‘rsatishga
ruxsatnoma berish;
o
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki o‘z zimmasiga
yuklatilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish uchun tegishli
xizmatlar va muassasalar ochish huquqiga ega.
Pul muomalasini tashkil etish. Milliy valyuta joriy etilgunga qadar
O‘zbekiston Respublikasining rasmiy pul birligi “rubl”dir. Bu “rubl” 100
tiyindan iborat bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida “rubl” yagona
to‘lov vositasi hisoblanadi. Respublikaning o‘z valyutasi joriy etilishida
O
‘zbekiston Respublikasi hududida chet el valyutasidagi to‘lovlar
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki belgilagan tartibda amalga
oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki pulni muomalaga chiqarish va
muomaladan qaytib olish mutlaq huquqiga egadir. O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki pul belgilarini muomalaga chiqaradi, ularni inkassatsiya
qilish
, saqlash va tashishni tashkil etadi, o‘zining muassasalarida pul
belgilari rezerv fondlarini vujudga keltiradi.
Respublika inkassatsiya boshqarmasi o‘zining barcha bo‘limlari bilan
birgal
ikda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining tasarrufida bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |