Kurs ishi peregondagi xarakatni boshqarish tizimlari


Avtoblokirovka svetoforlarini o’rnatish



Download 9,19 Mb.
bet3/17
Sana04.02.2022
Hajmi9,19 Mb.
#431104
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
PXBT Qo\'ziboyev

2.Avtoblokirovka svetoforlarini o’rnatish.
Avtoblokirovka svetoforlarini o’rnatish uchun poyezd tezligi tenglamasidan foydalangan holda tortqi hisob-kitoblari olib boriladi. Hisob-kitoblar asosida yo’l profilining turli qismlarida poyezd harakati tezligi, peregondan o’tish vaqti, to’xtash shartlari va natijalari aniqlanadi. Tortqi xisob-kitoblari ma’lumotlaridan foydalangan holda peregon va stansiyada poyezd harakati vaqti va egri chiziqli tezligi quriladi, qaysiki avtoblokirovka svetoforlari o’rnatilishi ishlab chiqiladigan.
Avtoblokirovkani loyixalashda signallarni o’rnatishning ikkita turi qo’llaniladi: 1) egri chiziqli tezligi va vaqtlar oralig’ini qo’llash; 2) egri chiziqli vaqt, birinchi poyezd oxiri va ikkinchi poyezd boshi qo’rilgan vaqt. Ikkinchi usul mehnat talab etgani tufayli birinchi usul ko’proq qullaniladi, ikkinchi usulni esa, xususan, shahardan tashqari uchastkalarda svetoforlarni o’rnatish uchun qo’llashadi.
Svetoforlarni o’rnatishda berilgan ma’lumotlar quyidagilardir:
– uch qiymatli magistral uchastkalarda eng og’ir yukli yuk poyezdi hisoblanadi; uch va to’rt qiymatli shaharlararo uchastkalarda esa boshqa poyezdlarga solishtirganda kam yukli va kam tezlikka ega bo’lgan shaharlararo poyezdni hisoblash hisoblanadi;
– uch qiymatli magistral’ liniyalarda hisoblanadigan yuk poyezdi uzunligi 850, 1050, 1250 m ni tashkil etadi;
– uch qiymatli chegara poyezdlarida uchchga, to’rt qiymatlida esa to’rtga bo’linadi;
– uch qiymatli tizimda blok-uchastka uzunligi yo’lning shu qismi uchun aniqlangan tavsiyaviy maksimal tezlik va to’liq xizmat tormozlanishida tormoz yo’lining uzunligidan kichik bo’lmasligi kerak, avtomatik lokomotiv signalizatsiyasi bilan jihozlangan uchastkalarda esa avtoto’xtashni hisobga olgan holda favqulotda tozmozlashda tormoz yo’li uzunligidan kam bo’lmasligi, ammo shu holatda ham 1000 dan kam bo’lmasligi kerak. Blok uchastkaning maksimal uzunligi 2600 m gacha, kirish svetoforidan oldingi uchastka uzunligi esa 1500 dan oshmasligiga ruxsat etiladi;
– qurilishni arzonlashtirirsh uchun va qulay xizmat ko’rsatish uchun qarama-qarshi yo’nalishdagi svetoforlarni birlashtirish (juftlash) kerak. Svetoforlarni birlashtirishda hisoblangan intervaldan magistral uchastkalarda interval chegarasidan ±1 min. va shaharlararo uchastkalarda 0,5 min. interval kamayishi tomonga og’ishga ruxsat etiladi.
Svetoforlarni o’rnatishda quyidagilarni e’tiborga olish kerak:
• svetoforlar yo’lning to’g’ri uchastkalarda yoki egriliklar boshida o’rnatilishi kerak, egriliklarda svetoforlarni o’rnatish shartlari uning signal ko’rsatkichlari eng yaxshi ko’rinishi o’rnatilish joyini tanlash kerak;
• svetoforlarning mavjud belgisi shunday hisob-kitob bilan o’rnatilishi kerakki o’rnatilgan belgilar signalning ko’rinishini yomonlashtirishi kerak emas;
• tunel va katta ko’priklarda svetoforlar qoidadagidek sun’iy inshootlar oldidan yoki ularning orqasida poyezdning maksimal uzunligidan kam bo’lmagan masofada joylashtiriladi;
• shaharlararo uchastkalarda svetoforlar qoidadagidek platforma orqasida poyezd yo’nalishi bo’ylab svetoforning taqiqlovchi ko’rsatkichida to’xtagan holda yo’lovchilarni tushirish va chiqarish uchun qulay joyda o’rnatiladi;
Peregon ro’yxati va shartli ruxsat beruvchi o’tish svetoforlari va yuk poyezdlari og’irligi shu signallarni o’tishga ruxsat berish “O’TY” AJ ko’rsatmalari asosida temir yo’l boshlig’i tomonidan o’rnatiladi.
Hozirgi kunda o’tish svetoforlarini raqamlashning quyidagi tizimi mavjud: shu peregonning toq yo’nalishdagi barcha svetoforlari qabul qiluvchi stansiyadan boshlab o’suvchi toq sonlar bilan raqamlanadi 1, 3, 5 va h. k.; qabul qiluvchi stansiya tomondan juft yo’nalish esa o’suvchi juft raqamlar bilan raqamlanadi 2, 4, 6 va h. k. Bunday kamayish tartibidagi raqamlashmashinistga stansiyaga yaqinlashishini bildiradi va o’z vaqtida poyezdni tozmozlash uchun chora-tadbirlar ko’rish imkonini beradi.
Birinchi usul bo’yicha ya’ni ikki poyezd orasidagi vaqt intervalini aniqlab signallarni o’rnatishda egri chiziqli tezlikda vaqt kattaliklari ishlab chiqiladi. Kattaliklar vaqtning yordamchi uchburchaklari yordamida amalga oshiriladi. Uchburchak balandligi maksimal tezlik qiymatiga, asosi esa yo’lnikiga mos bo’ladi.
Asosi o’lchamlari va uchburchak balandligi quyidagicha tanlnadi, uchburchakning yon tomonlari kesishishi natijasidagi masshtab 1 min. ni tashkil etishi kerak. Uchburchak balandligini 12 sm (poyezd harakat tezligi 120 km/soat) va asosini esa 4 sm qilib olish tavsiya etiladi (3, a rasm). Uchburchak parametrlari Agar egri chiziqli tezlikni kesishuvchi nuqtalar a, b yoki yon tomoni v, g larni uchburchak asosiga proyeksiya tushirsak hosil bo’lgan a, b yoki v, g nuqtalar orasidagi masofa poyezd bosib o’tgan 1 min. yo’lni ko’rsatadi. Daqiqaning bir ulushini topish uchun uchburchak asosi teng 10 ta bo’lakka bo’linadi va hosil bo’lgan nuqtalar asos qarshisidagi burchak bilan tutashtiriladi.

3 rasm. Vaqt oralig’i uchun foydalaniladigan uchburchak

Uch belgili avtoblokirovka svetoforlarining 8 min. poyezdlararo intervali va poyezdning hisobiy uzunligi lp = 850 m belgilangan tezlik egriligida vaqt belgilari bo’yicha joylashtirish tartibi 4-rasmda ko’rsatilgan. Birinchi bo’lib birinchi seriya svetoforlari o’rnatiladi. Tezlik egriligi bo’yicha uchburchak o’ng tomonga ko’chirilib, vaqt belgilari qo’yilib, №1 poyezd markaziga to’g’ri keluvchi 8 daqiqa sanaladi va a nuqta topiladi.





4 rasm. Namunadagi peregon uchun egri chiziili tezlikda svetoforlar joylashishi

Ushbu nuqta orqali yo’l liniyasiga perpendikulyar liniya o’tkaziladi va poyezd dumining joylashishini aniqlash va I seriya №5 svetofrining joylashishini aniqlash uchun undan chap tomonga poyezd uzunligining yarmiga teng masofa qoldiriladi. I seriyadagi ikkinchi svetofor joylashish nuqtasini aniqlash uchun, №1 poyezd №5 svetoforidan o’tib ketganidan 8 daqiqa o’tgach, ushbu svetofor oldida №2 poyezdning boshi bo’lishi nazarda tutilishi kerak.


Poyezdlar markazlari bir biridan 8 daqiqaga ko’chirilganligi sababli, avvalo №2 poyezdning markazi aniqlanadi Buning uchun №5 svetofor o’qidan chap tomonga №2 poyezdning yarim uzunligi qoldiriladi va №1 poyezd markazidan №5 svetofor oldida №2 poyezd bo’lgan nuqtaga o’tamiz. Topilgan nuqtani yo’l liniyasiga ko’chirilishi orqali va lp/2 ni chapga ko’chirish orqali I seriya ikkinchi svetoforining joylashtirish joyi aniqlanadi. I seriyadagi qolgan svetoforlarning joylashtirilishi shu tariqa davom ettiriladi [3].
Poyezdlar har doim uchta blok-uchastka bilan chegaralanishi lozim bo’lganligi sababli I seriya birinchi svetofori va bekatning chiqish svetofori oralig’ida, hamda I seriyadagi svetoforlar oralig’ida II va III seriya svetoforlari o’rnatilishi lozim. II va III seriya birinchi svetoforini o’rnatish uchun poyezdning chiqish svetoforidan I seriyadagi birinchi svetoforigacha poyezdning harakatlanish vaqti uch bir hil qismlarga bo’linadi. SHu bo’linish nuqtalari II va III seriya birinchi svetoforlarining joylashish nuqtalari bo’ladi.
Ko’rilayotgan holatda chiqish svetofori 1,7 min (e nuqta) vaqt belgisiga teng ordinatada, I seriya birinchi svetofori 7,5 min ordinatasida joylashgan. CHiqish svetoforidan 5 svetoforigacha poyezdning harakatlanish vaqti 7,5—1,7=5,8 min hosil qiladi. 5,8 ni uchga bo’linganida I va II seriya svetoforlari oralig’idagi 1,9 min ga teng vaqt intervali aniqlanadi. 7,5 ordinatadan hosil qilingan 1,9 intervalni hisoblash orqali II seriya birinchi svetofori №3 o’rnatilish joyi, g nuqta ordinatasi aniqlanadi. 5,6 daqiqa ordinatasidan 1,9 intervali hisoblanib III seriya birinchi svetofori №1 joylashish nuqtasi, d nuqta ordinatasi, 3,7 min hosil qilinadi.
III seriya ikkinchi svetoforining o’rnatilish joyini aniqlash uchun №1 svetoforidan chap tomonga lp/2 qoldiriladi va j nuqta aniqlanadi, undan tezlik egriligi bo’yicha o’ngga 8 min qoldiriladi va i nuqta aniqlanadi. Bu nuqta yo’l liniyasiga ko’chiriladi va chapga lp/2 ga qoldiriladi, shu bilan III seriya ikkinchi svetoforining o’rnatilish joyi aniqlanadi. shu yo’l bilan II va III seriya keyingi svetoforlari joylashtirish nuqtalari aniqlanadi.
Bir yo’nalishdagi svetoforlar joylashtirib chiqilganidan so’ng, ikkinchi yo’nalish bo’yicha joylashtiriladi. Qarama-qarshi yo’nalish svetoforlari ordinatada to’g’ri kelmagan barcha holatlarda, ruxsat etilgan chegaralarda ularni bir nuqtaga tushganiga qadar joylari o’zgartirilishi orqali muammo hal qilinadi. Svetoforlarning joylashishini o’zgartirilishi yo’l profili va joyining ko’rinish sharoitlarini yaxshilash maqsadida ham bajarilishi mumkin.
Svetoforlar joylashtirilishi tugatilgach, hosil bo’lgan blok-uchastkalar uzunligi qabul qilingan normalarga va yo’lovchi yoki yuk poyezdini maksimal tezlikdagi aniqlanadigan maksimal tormoz masofasiga to’g’ri kelishi tekshiriladi. YAqinlashish uchastkasi uzunligi favqulotda tormozlashda tormoz yo’lining uzunligidan kam bo’lmasligi va 1500 m dan ko’p bo’lmasligi kerak.



Download 9,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish