6.2.-rasm. AB signal nuqtasida ГК ning ulanishi
Bu ko’rsatilgan kontaktlar, generatorning ta’minot rejimini boshqarish uchun imkon yaratadi. Blok - uchastka bo’shligida hamda avtoblokirovka qurilmalari sozligida, nazorat generatori uzluksiz ta’minot olib, ДСН zanjiriga uzluksiz signal berib turadi.
Blok - uchastka bandligida, ta’minot zanjiri J rele kontakti bilan uziladi va liniyaga signal chastota uzatilishi to’xtatiladi. Svetoforda qizil chiroq lampasi kuyganda, olovli rele O toksizlanadi va uni ortdagi kontakti yordamida nazorat generatorining elektr ta’minot zanjiri KPT transmitterning KJ kontakti orqali tutashadi. ДСН zanjiriga kodli avtoblokirovkaning KJ kodi ko’rinishida uzlukli signal chastotasi uzatiladi.
Agar signal nuqtasining asosiy elektr ta’minoti o’chib qolsa, unda A rele toksizlanib, ortdagi kontakti bilan transmitterning J kontakti orqali generatorning ta’minot zanjirini tutashadi. Bunda ДСН zanjiriga, kodli avtoblokirovkaning J kodi impulslari ko’rinishda, signal chastotasi uzatiladi.
Signal nuqtasining zahira ta’minoti o’chganida, A1 relesi toksizlanadi va ДСН zanjiriga kodli avtoblokirovkaning Z kodli signal chastotasi uzatiladi. Avtoblokirovka deshifratori DA nosozligida, qachonki blok–uchastka bo’shligida J relesi toksiz holatda qolganida, generator 1 rele-hisoblagich kontakti orqali ta’minot oladi. ДСН liniyasiga ushbu hisoblagich ishlashiga mos keluvchi impulslar ko’rinishida signal chastotasi uzatiladi. 6.2.–rasmdan ko’rinadiki, kodlangan chastotali signallar faqat blok–uchastka bo’shligida uzatiladi, ya’ni qachonki J relesi qo’zғalgan bo’lsa yoki toksizligida, agarda 1 rele–hisoblagich impulsli rejimda ishlayotgan bo’lsa.
Stanstiya navbatchisining tablosida ushbu blok-uchastkaning nazorat lampochkasi, qabul qilinayotgan signalning taktlarga mos ravishda o’chib–yonadi va bunda nosozlik ro’y bergan joyini aniqlash mumkin.
O’zgarmas tokli impulsli – simli avtoblokirovkaligida, kodli yo’l transmitter KPT faqat blok–uchastkaga poezd kirib kelishida ishga tushadi. (6.1.–rasmga qarang). Bundan tashqari, o’zgaruvchan tokli elektr ta’minot o’chganligida kodli yo’l transmitteri ishlamaydi. Shuning uchun KPT kontaktlaridan ГК6 turdagi nazorat generatorining chastotali signalini kodlash uchun foydalanib bo’lmaydi.
O’zgarmas tokli avtoblokirovka bilan jihozlangan uchastkalarda, ГК6 generatorning o’rniga ГК5 turdagi generatorlar (ГК5–1 ÷ ГК5–16) qo’llaniladi.
ГК6 turdagi generatordan farqli o’laroq, ГК5 turdagi generatorda qo’shimcha kodlash sxemasi mavjud. Bu sxema yordamda blok-uchastka holatiga karab, generatorning ta’minot rejimi o’zgaradi: agar blok-uchastka bo’sh bo’lsa ДСН zanjiriga uzuksiz signal chastotasi uzatiladi, aks holda signal chastotasining uzatilishi to’xtatiladi. Avtoblokirovka qurilmalarining nosozligida, bu haqdagi ma’lumot signal chastotali kod impulslari orqali uzatiladi.
Peregonda joylashgan pereezddan, ГК6 turdagi generator hamda uni chastotali signalini impulsli ko’rinishga o’zgartirib beruvchi mayatnikli transmitter MT-2 yordamida, yaqin bo’lgan stanstiyaga quyidagi ma’lumot uzatiladi: pereezd ochiq; pereezd svetoforining lampasi quygan; asosiy yoki zahira elektr ta’minot o’chgan; ДСН zanjirida nosozlik; yaqinlashuv uchastka band.
Avtoblokirovkaning peregondagi signal nuqtalaridan nazorat generatorlar yordamida stanstiyaga uzluksiz ma’lumot kelib tushishi, ЧДК tizimdagi birinchi bosqichini ifodalaydi. Tizimning ikkinchi bosqichida stanstiyaga kelgan ma’lumot markaziy dispetcherlik postiga uzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |