Mehnat bozorini tartibga solishning mantiqiy yo’nalishlari.
O’zbekistonda davlat aholining ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida mehnat bozorida faol siyosat olib boradi.Mehnat bozoridagi faol siyosatni amalga oshirishda davlat quyidagi asosiy choralar tadbirini amalga oshirmoqda:
ish izlovchilarni ishga joylashtirish bo’yicha xizmatlar ko’rsatish;
ishlovchi va ishsizlarni o’qitish, kasbga qayta tayyorlash;
bevosita ish joylarini yaratish;
doimiy ish bilan bandlikni subsidiyalashtirish;
-kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni, shu jumladan, o’z korxonalarini, ishbilarmonlik faoliyatini boshlamoqchi bo’lgan ishsizlarni qo’llab-quvvatlash;
jamoat ishlarini tashkil etish.
Respublikamizda aholini ish bilan ta'minlash maqsadida ishchi kuchi bozoriga ta’sir etishning samarali usullaridan foydalanmoqda. Bular quyidagilardan iborat:
ishlovchilarning geografik mobilligini, migrasiyasini tartibga solish. Buning uchun ustuvor ravishda rivojlantirilayotgan, o’zlashtirilayotgan hududlarga ko’chishni rag’batlantirish lozim bo’ladi;
korxonalar doirasida kadrlarni qayta tayyorlashdan tashqari mehnat bo’limlari qoshida ishchi kuchi bozori talablariga muvofiq hududdagi korxonalar uchun zarur kadrlarni qayta tayyorlashni tashkil etish;
jamoat ishlari va nogironlar uchun ish joylarini yaratish. Nogironlarni ijtimoiy- muhofaza qilingan ishlarga jalb etish, ularni kasbiy reabilitasiyadan o’tishlariga imkoniyat yaratish;
yoshlar va ishsizlik nafaqasini olish muddati tugayotgan fuqarolar uchun mikrokreditlar ajratish.
Mehnatga talabni faol shakllantirish iqtisodiy o’sish sifati va sur’atlari, shuningdek, quyidagi omillar bilan uzviy bog’liq bo’ladi:
yangi, ayniqsa, ko’p mehnat talab qiladigan ishlab chiqarishlarni, asosan, kam ta’minlangan va bandlik darajasi past bo’lgan aholi punktlari va mintaqalarida joylashtirishni rag’batlantirish.
O'zbekistonda aholining ish bandligini oshirish maqsadida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini qo’llab- quvvatlash ,yangi ish o’rinlarini yaratish dasturlari amalga oshirilmoqda.So’ngi yillarda kasanachilik va oilaviy tadbirkorlik kabi aholi bandligini ta’minlashning yangi shakllari faol rivojlandi. Iqtisodiyotni tarmoqlar bo’yicha kadrlarni saqlab qolish uchun tarkibiy qayta qurishni amalga oshirish jarayonida kadrlar malakasini oshirish dasturlarini faol tatbiq etish;
bandlikni, jumladan, qonuniy bandlikni kengaytirishni rag’batlantirish maqsadida, mehnatga soliq yukini bosqichma-bosqich, jumladan, umumiy ijtimoiy to’lov va daromad solig’i miqdorini kamaytirish;
ish bilan band bo’lmaganlarni, jumladan, norasmiy bozor va mehnat migrasiyasida, shuningdek, ishsizlarni statistik hisobga olishni takomillashtirish, mehnat bozorida uning talabga muvofiqligi bo’yicha monitoring dasturlarini kuchaytirish;
xalqaro bitimlarga muvofiq imzolangan qonuniy va ijtimoiy himoyalangan mehnat migrasiyasini kengaytirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |