Kurs ishining maqsad va vazifalari: Boshlang’ich ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining asosiy poydevori hisoblanadi. Bu bosqichda o’qitiladigan fanlar orqali o’quvchilarning dastlabki bilim, ko’nikmalari, shuningdek ta’limning keyingi bosqichlarini samarali o’zlashtirishga nisbatan motiv shakllantiriladi. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida maqol, ertak, topishmoq, tez aytish janrlari orqali o’quvchilarning tafakkurini o’stirishda o’qish darslari asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi. O’qish darslarini tashkil etishda DTS talablarining mohiyatini to’liq anglab yetish va ta’minlash, savod o’rgatish bosqichida o’quvchilar nutqini o’stirishga alohida ahamiyat berish, shuningdek o’quvchilarning bog’lanishli nutqlarini shakllantirish shakl va vositalarini aniqlash orqali jamiyat talablari asosidagi mustaqil fikrlovchi kadrlar tayyorlash samaradorligi oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |