2.6. O`zbekiston Respublikasida atrof tabiiy muhitining global monitoringi. Davlat tizimi uning xizmatining tuzilishi va tashkil etilishi
Hozir O'zbekiston Davlat Tabiatni muxofaza qilish qo’mitasi taxliliy nazorat Davlat inspeksiyasi (ANID1-1) Respublika bo’yicha xavo muxiti, tuproq va ochiq suv xavzalari monitoringi yagona sxemasini yaratish bo’yicha ishlarni davom ettirmoqda. ANIDIniig asosiy maqsadi ifloslantiruchi manbaalarining monitoringi Dasturini (IMM) amalga oshirish, tashkil etish va olib borishga, O'zbekistok Respubl.iklsi xududida tuproq, oqava va ichimlik suvlari va sanoat chiqindilari xolatini nazorat qilishga qaratilgan. IMM dasturiga kiritilgan barcha viloyatlar bo’yicha atrof muxitni ifloslantiruvchi manbaalarning ro’yxatini aniqlashtirish muntazam ravishda olib borilmoqda. IMM dasturiga binoan Respublikadagi asosiy atrof muxitni ifloslantiruvchi manbaalar - korxonalarning ish faoliyati muntazam ravishda kuzatib boriladi. Masalan, . Angren GRES, Tosh G'RES, Oxangaronsement, Quvasoysement zavodlari, Toshkent shaxri va Respublika viloyatlaridagi tozalash inshootlari va boshqalar. Hozir Respublikada yuzaga kelgan ekologik monitoring tuzilishi ularning ikki yonalishi bo`yicha tashkil topgan:
-Tabiiy atrof muxitning sifat xolatini kuzatshi:, uning sifatiga antropogen ta`sir ostida sodir bolishi mumkin bo’lgan ozgarishlarni istiqbolli tarzda kompleks baxolash;
-Tabiat muhitlar bo’yicha ifloslantiruvchi manbalarini hisobga olish.
Ekologik monitoringning amaldagi tuzilishi sifat darajasi bilan farq qiladi va turli maksadlar uchun toplanadi. ANIDI yuzaga kelgan axborot tizimini qayta tashkil qilish va takomillashtirish uchun aloqador vazirliklarva idoralar bilan xamkorlikda, tabiiy - muxit va uni ifloslantirish manbalarining xolatinn yagona davlat monitoring tizimini shakllantiradi
Mana shu maqsadlarda "Tabiiy atrof - muhitning davlat monitoringi to`g`risida" nizom ishlab chiqilgan, ushbu nizom atrof tabiiy muxitning ifloslantirish holati va manbaalari monitoringini ama1lga oshirish bo’yicha vazirliklar va yadoralar faoliyatlarini muvofiqlashtirishni belgilab beradi. Mazkur nizom O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 03.04.2002 yil 111-sonli qarori bilan tasdiqlangan. Ko’rsatilgan qarorlarni amalga oshirish maqsadida Davlat tabiat qo’mitasiga aloqador vazirliklar va tashkilotlar bilan birgalikda atrof -muhitning holati to'g'risida davlat monitoringi va ma`lumotlar axborot bankining yagona tarmog'i yaratilgan.
Bu tarmoq tizim ma`lumotlarni boshqarish umummilliy tuzilmasi va atrof muhit sohasidagi ma`lumotlar uyg'unligi va yakdilligini ta`minlovchi mexanizmi bo’ladi. Bu qaror qabul qiluvchi shaxslar va boshqa ma`sul xodimlar optimal qaror qabul qilish uchun aniq axborot olishlarida kafolat bo’lib xizmat qiladi. Bunday tizimning elementlaridan biri O’zbekiston Respublikasi uchun atrof- muhit sifati indikatorini ishlab chiqarish hisoblanadi. Bu indikatorlar 5-10 yillik kuzatishlar natijasida erishilgan ko’rsatkichlar asosida ishlab chiqiladi.
O'zbekistonda tabiiy atrof -muhit holatining monitoringi uchun ekologik indikatorlar loyihasi BMT Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan. Qo’llab-quvvatlagan, atrof - muhitni muhofaza qilish bo’yicha O`zbekiston Respublikasi hukumati "Atrof -muhit" Dasturining komponenti hisoblanadi.
Loyihaning maqsadi - atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini bajarish sohasida asoslangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun O'zbekistonda atrof-muhit holatining monitoring tizimini takomillashtirishdan iborat.
Xulosa.
Inson omilining tabiiy atrof-muhitga ta`siri (antropoten omil) borgan sari kuchayib borayotganligini e`tiborga olib, maxsus kuzatish tizimi tashkil qilish zarurati vujudga keldi. Mazkur kuzatishlar natijasida to`plangan ma`lumotlar tabiiy atrof-muqitda yuz berayotgan o`zgarishlarni baqolash va tegishlи xulosalar chiqarishga imkon berishi nazarda tutiladi.
Aslida "monitoring" atamasi inglizcha so`z bo`lib, u "kuzatish", "nazorat qilish" ma`nosini bildiradi. Lekin oxirgi yillarda mazkur atamaning luqaviy ma`nosi juda keng miqyosda ko`llanila boshlandi. hozirgi vaqtda "monitoring'" deganda, "atrof-muqhitni kuzatish", "nazorat qilish", "uning holatini boshqarish", va "tabiiy muhit holatini bashorat qilish" tushuniladi.
Respublikamizda tabiiy muhit monitoringi vazifalarini O`zbekiston Respublikasi gidrometeriologiya Bosh boshqarmasi, Davlat o`rmon xo`jaligi, qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Geologiya davlat qo`mitasi, Sog`liqni saqlash vazirligi va shunga o`xshagan davlat muassasalari bajaradi. Ekologik monitoring kuzatishlari belgilangan muayyan joylarda tabiiy muhitning inson tomonidan ifloslanishi, buzilishi va boshqa jarayonlar bo`yicha amalga oshiriladi. Masalan, yer usti suvlarining ifdoslanishi 94 ob`ektlardagi 187 nuqtalarda ma`lum bir muddatlarda suv namunalari olib tekshiriladi. Ushbu namunalarning tarkibi (fenol va uning birikmalari, nitratlar, xlor va fosfor organik moddalar, og`ir metallar, neft mahsulotlari, tuzlar va boshqalar) maxsus tajriba xonalarda tahlildan o`tkaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar esa, 50 ta suv ob`ektlarida, 77 joy va 100 kesimda olib boriladi. Yoki yoqinlardan olinadigan namunalar bir necha meteorologik stantsiyalarda o`rganiladi. Olingan namunalarning tarkibi (sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kaliy, magniy, natriy. kaltsiy, ftoridlar va boshqa elementlarning mavjudligi) maxsus tajriba xonalarda aniqlanadi. yoki qor qoplamining ifloslanishi sanoati rivojlangan shaqarlarda 26 ta modda bo`yicha tekshiriladi. havoning ifloslanishi esa, 34 shaharning 65 ta turg`un punktlarida kuzatiladi. Ifloslangan havodan olingan namunalarda 30 ta zararli aralashmalarning kontsentratsiyalari o`lchanadi. Yoki sug`oriladigan yerlarning nurlanish darajasi yilda 2 marotaba (1 aprel va 1 oktyabrda) aniqlanadi. Tuproq tarkibidagi tuz miqdorining o`zgarishi deyarli barcha xo`jaliklarda ma`lum joylarda kuzatib boriladi. Ushbu maydonlarda yer osti suvlarining chuqurligi, minerallashuv darajasi, tarkibi va ifloslanishi aniqlanadi. Baqolarda zovur suvlarining minerallashuvi va ifloslanish darajasi ham ma`lum joylarda muntazam ravishda o`rganiladi.
Tabiat komponentlari (havo, suv, tuproq va boshqalar)ning ifloslanishi, o`zgarishi va boshqa xususiyatlari bo`yicha ilmiy-texnik hisobotlar qar yili muayyan dasturlar asosida respublika bo`yichа yoziladi va ular tegishli muassasalarga, shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish davlat qo`mitasiga yuboriladi. Ekologik monitoring natijalari asosan mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay holatlarning oldini olishga tayyorgarlik ko`rish, chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish va boshqa maqsadlar uchun zarurdir. Ekologik monitoring axborotlari va ma`lumotlari ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, ular asosida ekologik vaziyatlar holatining tadrijiy o`zgarishlarinи va turli kasalliklarning yillar davomida o`zgarishini taqlil qilish uchun darkor. Xususan qo`riqxonalarda olib boriladigan ekologik monitoringning amaliy ahamiyati beqiyos kattadir.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Aim.uz
D. Yormatova, Sh. Ubaydullayeva. “ Ekologik monitoring “ Toshkent_2012
Yormatova D. “ Sanoat ekologiyasi “ Toshkent_2008
Yormatova D “ Ekologiya ” Toshkent_2010
Do'stlaringiz bilan baham: |