Kurs ishi mаvzu



Download 74 Kb.
Sana12.01.2020
Hajmi74 Kb.
#33513
Bog'liq
hokimiyatlar bo’linish prinsiplari


KURS ISHI


Mаvzu : ,,O’zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo’linish prinsiplari”.

Toshkent-2019



Reja:

Kirish

I bob. Hokimiyatlar bo’linish nazariyasi va amaliyoti

1.1. Hokimiyatlar bo’linishi nazariyasining shakllanishi

1.2. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipini AQSh, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyasida tutgan o’rni

II bob. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hokimiyatlar bo’linishining ifodalanishi

2.1. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari

2.2. “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida hokimiyatlar bo`linishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari.

Xulosa

Kirish

“Qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati-

davlatning uchta asosiy tayanchidir1”.

Bizning “Dаvlаt vа huquq nаzаriyаsi” fаni bо`yichа kurs ishimiz mаvzusi “O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatlarining bo’linish prinsiplari” dеb nоmlаnаdi. Kurs ishi bо`yichа bu mаvzuni tаnlаshimizdаn mаqsаd-O’zbekistonda hokimiyat tarmoqlarini uchga bo’linganligi hamda uning qay darajada faoliyat yuritayotganligi va uch hokimiyatga bo’linish davlat boshqaruvida qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ochib berish. Bu kurs ishi quyidаgi qismlаrdаn ibоrаt hоldа tuzilgаn : kirish, asоsiy qism. Аsоsiy qism 2 bоbdаn ibоrаt. Bu bоblаr о`z nаvbаtidа, 2 tаdаn bо`limlаrgа bо`lingаn.1- bоb quyidаgichа nоmlаngаn: hokimiyatlar bo’linish nazariyasi va amaliyoti. 1-bоbning bо`limlаri quyidаgichа: hokimiyatlar bo’linishi nazariyasining shakllanishi; hokimiyatlar bo’linishi prinsipini AQSh, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyasida tutgan o’rni. 2-bоb quyidаgichа nоmlаngаn: O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hokimiyatlar bo’linishining ifodalanishi. 2-bоbning bо`limlаri quyidаgichа: O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari; “O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida hokimiyatlar bo`linishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari.

Аsоsiy qismdа davlat hokimiyatining bo’linish prinsiplari qаy dаrаjаdа yоritilgаnini kо’rib о’tish mumkin. Bundаn tashqari, rivojlangan demokratik davlatlar singari, O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi ham hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanishini оchib bеrishgа hаrаkаt qilindi.

Mаvzuning dоlzаrbligi: Davlatni boshqarishda davlat boshqaruvining uch hokimiyatchilik tizimiga asoslanganligi va bu uch hokimiyatchilikning qay tartibda tuzilganligi hamda uning qay tartibda faoliyat yuritishini va davlatni boshqarishda tutgan o’rnini ko’rsatib berish. Bugungi kunda har qanday jamiyatda uning bir me’yorda faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, jamiyat va davlat oldida turgan vazifalarni bajarish, belgilangan maqsadlarga erishish uchun turli davlat tashkilotlarining mavjud bo’lishi va ish olib borishi zarur hisoblanadi. Davlat hokimiyatining bo’linishi har qanday davlatning demokratik xususiyatini belgilaydi, uning xalq hokimiyatchiligiga asoslanganligini belgilaydi. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi davlat va huquq nazariyasining asosiy kategoriyalaridan biri bo’lib, unga ko’ra yagona davlat hokimiyati mustaqil va bir-biriga bo’ysunmaydigan qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linadi. Ushbu prinsipning vazifasi davlat hokimiyati to’laligicha bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishiga yo’l qo’ymaslikdan iboratdir. Zero, hokimiyatning to’liq bir shaxs yoki organ qo’lida jamlanishi demokratiya, inson huquq va erkinliklariga bevosita xavf tug’diradi, avtoritar tuzum o’rnatilishiga olib keladi. Dеmаk, ushbu kurs ishidа аynаn о`shа dоlzаrblikni оchish, uni batafsil о`rgаnishgа hаrаkаt qilаmiz.

Kurs ishining mаqsаdi: O’zbekistonda hokimiyat tarmoqlarini uchga bo’linganligi hamda uning qay darajada faoliyat yuritayotganligi va uch hokimiyatga bo’linish davlat boshqaruvida qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ochib berishdir.O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “..Mustaqillikni mustahkamlash, jamiyatni demokratlashtirish va yangilash biz uchun hamisha birinchi darajali ustuvor maqsad va vazifa bo’lib qolaveradi1.”.

Kurs ishining vаzifаsi: Ilmiy о’rgаnish dаvоmidа quydаgilаrni bеlgilаb оlish аsоsiy ish hisоblаnаdi:

-mаvzuni tо’liq vа huquqqааsоslаngаn hоldа о’rgаnib bоrish;

-kеlib chiqаdigаn sаvоllаrgа ilmiy bаhо bеrish;

-mаvzu yuzаsidаn о’z tаklif vа mulоhаzаlаrini bеrishdаn ibоrаt hisоblаnаdi.



Mаvzuning о’rgаnilgаnlik dаrаjаsi: Ushbu kurs ishini yоzishdа аsоsаn bir qаnchа оlimlаrning аsаrlаrigа, shu jumladan, Azizxo’jayev A. A, Оchilоv B.Е, Оdilqоriyеv X.T, Sаidоv А.X vа chеt еllik Monteskye vа Jon Lokklаr kаbi shаxslаrning asarlariga, ushbu mаvzugа dоir mаnbааlаrgа, еnsiklоpеdiyаlаrgа hаmdа intеrnеt sаhifаlаrigа tаyаnildi. Bir nеchа mаrtа tаhlil qilish, sоlishtirishish, xulоsа chiqаrish nаtijаsidа tаhlil qilingаn.

Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi mundаrijа, kirish, аsоsiy qism,ikkita bob, xulоsа vа fоydаlаnilgаn аdаbiyоtlаr rо’yxаtidаn ibоrаt.

Kurs ishining huquqiy аsоsini: O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, normativ-huquqiy hujjatlar, yetakchi huquqshunos olimlarning ilmiy ishlari, dаvlаt vа huquq nаzаriyаsi fаni bо`yichа yаrаtilgаn dаrsliklаr, О’zbеkistоn Rеspublikаsi Birinchi Prеzidеntining аsаrlari, qоmusiy аsаrlаr, intеrnеt mаnbааlаri hisоblаnаdi.

Kurs ishi nаtijаlаrining ilmiy vа аmаliy аhаmiyаti: О’rgаnilgаn mаnbааlаr аsоsidа chiqаrilgаn xulоsаlаr orqali O’zbekistonda dаvlаt hokimiyatlarining bo’linish prinsiplariga dоir mаsаlаlаrgа tо’liq tа’rif bеrishgа hаrаkаt qilindi. Yаnа аhаmiyаtgа mоlik jihаti, kurs ishi bizning sоhаmizgа dоir ishlаrgа tаnqidiy, tаhliliy baho berishimizda аmаliyоt vаzifаsini о’tаydi.

Kurs ishining obyekti: O’zbekiston Respublikasida hokimiyatlar bo’linish prinsiplari, uning tarixan shakllanish bosqichlari, bugungi davrdagi uch hokimiyatning huquqiy holatlari,uch hokimiyatning o’ziga xos xususiyatlarini belgilovchi prosessual normalar hisoblanadi.

Kurs ishining predmeti: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining hokimiyatlar bo’linish prinsiplari, hamda Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi va Sud hokimiyatiga oid qonunchilik hujjatlari, yuridik, tarixiy hujjatlar tashkil qiladi.



I bob Hokimiyatlar bo’linish nazariyasi va amaliyoti

Hokimiyatlar bo’linishi nazariyasining shakllanishi

Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi - bu davlat hokimiyatini qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga taqsimlanishidir. Hokimiyat bo’linishi prinsipi mazmunini tavsiflovchi quyidagi jihatlarni ko’rsatib o’tish mumkin1:

a)demokratik davlatlarda hokimiyatning qonun chiqaruvchi,ijro etuvchi va sud tarmoqlari o’zaro yagona davlat mexanizmi bilan chambarchas bog’lanibgina qolmay, balki ular nisbatan mustaqil hamdir;

b)qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi hamda sud funksiyalarini amalga oshiruvchi davlat organlari o’rtasida hokimiyatlarning muayyan nisbati mavjud bo’ladi hamda cheklovlar va muvozanat tizimi amal qiladi.

Hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi fransuz mutafakkiri Sh.L.Monteskyening fikricha, adolatli qurilgan davlatda hokimiyat yagona emas, balki aksincha bir biriga tobe bo’lmagan uchta hokimiyat: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati mavjud bo’lishi shart. Ularning har qanday ko’rinishda biron-bir organ yoki shaxs qo’lida mujassamlanishi umumiy manfaatlarga putur yetkazadi, suiiste’molliklarga olib keladi va shaxsning siyosiy erkinligi bila sira kelisha olmaydi. Qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlarning bir qo’lda birlashtirilishi qonunning ustun bo’lishiga zarar yetkazadi, bordi-yu, sudyalar faqat sudlov bilan mashg’ul bo’lmay, qonun yaratish ishi bilan shug’ullansalar, u holda insonlar hayoti nohaqlik qurboniga aylanishi mumkin2.

Hokimiyatlar bo’linishi prinsipi ilk bor 1787-yilgi AQSh konstitutsiyasida o’z ifodasini topgan.Ushbu prinsipga ko’ra hokimiyat vakolatlari nafaqat uning turli tarmoqlari o’rtasida taqsimlanadi, balki “o’zaro muvozanat va cheklovlar tizimi” orqali ular bir-birini nazorat qiladilar. Hokimiyatlarning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud tarmoqlariga bo‘linishi inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositalaridan biridir. Ayni paytda, davlat hokimiyatining bunday bo‘linishi bilan hokimiyat organlari faoliyatidagi o‘zboshimchalikka cheklov o‘rnatiladi va inson erkinligini ta’minlash maqsadida idoralarning o‘zaro hamkorligi hamda bir-birini “tiyib” turish munosabatlari yuzaga keladi. Bu o‘rinda hokimiyatlar mustaqilligi vа ularni amalga oshiruvchi organlarning mustaqilligi, bir-birining faoliyatiga aralashmasligi o‘ta muhimdir.Hоkimiyatlar taqsimlanishi prinsipining mohiyati shundan iboratki, hokimiyatlarning har biri davlat vazifalarini mustaqil ravishda bajarish bilan birga, o‘z huquqiy vositalari bilan bir-birini muvozanatda saqlab turаdi, hokimiyat vakolatlari birgina hokimiyat qo‘lida to‘planishining oldini oladi. Davlat hokimiyati subyektlari o‘rtasida vakolatlarni to‘g‘ri taqsimlash masalasi bosqichma-bosqich hal etildi. Bu borada hokimiyatlar bo‘linishi tamoyili, hech shubhasiz, konseptual yo‘nalish bo‘lib, ayni vaqtda hokimiyatni tashkil etish va uning muayyan rivojlanish bosqichidagi faoliyat ko‘rsatishi bo‘yicha qulay modelni tanlash zamonaviy talablarni hisobga olgan holda amalga oshirildi. Ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy munosabatlarning rivojlanishi, siyosiy, davlat-huquqiy va fuqarolik institutlarining yetukligi ortishi, siyosiy madaniyat va huquqiy ongning yuksalib borishi bilan Prezident vakolatlarining izchil va bosqichma-bosqich ravishda parlamentga va Vazirlar Mahkamasiga o‘tkazib berilishi asosida boshqaruv organlarining mas’uliyati ortib bordi.

Biroq bu uch hokimiyat tarmog’i ichidan birontasining boshqalaridan yuqori bo’lib olmasliklari, ularning vakolatlarini o’zlashtirmasliklari, o’rnini bosishga intilmasliklari uchun, “bir-birini tiyib turish va o’zaro muozanatda ushlash1” tizimi amal qilishi kerak.Shu munosabat bilan, bu tizimning shakllanishi, uning konsitutsiyaviy mustahkamlanishi hamda davlat hokimiyatini tashkil etishda qo’llanishi tadrijiy jarayonini qamrab chiqish ilmiy-nazariy ahamyatga egadir.

Monteskyeninig o’rinli ta’kidlashicha, “hokimiyatni suiste’mol qilishning imkoni bo’lmasligi uchun, shunday tartib o’rnatish kerakki, toki bunday turli hokimyat tarmoqlari o’zaro bir-birini tiyib tura olsin2”. Monteskyening hokimiyatlar bo’linishi nazariyasi tahlildan, .A.Chetverninig fikricha, shu narsa kelib chiqadiki, hokimiyatlar bo’linishi uch darajada amal qiladi:



  1. Hokimiyatlarning funksional bo’linishi;

  2. Hokimiyatlarning institutsional bo’linishi;

  3. Hokimiyatlarning personal (shaxsiy) bo’linishi1.

Hokimiyatlarning funksional bo’linishi haqida gap ketganda, eng muhim masala – ya’ni jamiyatda erkinlikni ta’minlash davlat majburlovini qo’llash haqidagi qarorni qabul qilish funksiyasi bilan uni amalga oshirish vazifasini bir-biridan ajratish kerak.Shundan kelib chiqqan holda, qonun chiqaruvchi hokimiyat majburlov kuchi ishlatish tartib-qoidasini o’rnatadi, sud hokimiyati majburlov qo’llashiga yo’l beradi yoki konkret majburlov chorasini tayinlaydi.Demak, bu ikki hokimiyat tarmog’i qo’lida majburlov kuchi, aynan to’planmasligi kerak, bular davlat majburlovini amalga oshirmasliklari kerak.Yoki aksincha, ijro hokimiyati qo’lida majburlov kuchi to’plangan, shu bois unda majburlov ishlatish haqida qaror chiqarish, yoki majburlovning biron-bir turini tayinlash kabi huquqlar bo’lmasligi kerak. Boshqacha qilib aytganda, ijro hokimiyati sud qarori va uning doirasida, qonunlarga rioya etgan holda davlat majburlovini amalga oshirishi kerak.

Hokimiyatlarning institutsional bo’linishi haqida so’z yuritishda, eng avvalo, shuni ta’kidlash kerakki, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatini amalga oshirish bir shaxs yoki bir idora qo’lida to’planmasligi kerak. Yuqorida qayd etganimizdek, hokimiyatlarning bo’linishi, davlat majburlovini qo’llash haqida qaror chiqarish huquqi bilan uni davlat majburloviga ega bo’lgan idoralarni bir-biridan ajratish kerak.Boshqacha qilib aytganda, davlat majburloviga ega idora bu majburlovni qo’llash huquqi bo’lmasligi, davlat majburlovini qo’llash huquqi bor idorada emas, bevosita davlat majburlovi jamlanmasligi kerak.Shu ma’noda, qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatni bo’linishi shuni anglatadiki, birinchidan, ijro hokimiyati orgonlari dastlabki huquq yaratish fa’oliyati bilan shug’ullanmasliklari, qonun kuchiga ega bo’lgan normativ aktlar qabul qilmasliklari kerak. AQSh davlat hokimiyati tizimidagi “bir-birini tiyib turish va o’zaro muvozanatni ta’minlash” mexanizmining ahamyati nafaqat hokimiyat tarmoqlaridan birontasining boshqasining vakolatini egallab olishi mumkinligi xavfining oldini olishga qaratilganidagina bo’lmay, balki davlat hokimiyatining barqarorligi va muntazam amal qilishini ham ta’minlashidadur.

Monteskye ijro etish va qonun chiqarish organlarini “biryoqlamalikka berilib ketish” hollaridan saqlash uchun samarali vosita sifatida ikki palatali parlamentni ilmiy asoslab bergan edi. U “Erkinlikni ta’minlovchi” hokimiyat konstruktsiyasini quyidagicha ta’riflaydi: qonun chiqaruvchi majlis ikki qismdan iborat bo’lib, bir- birlarining g’oyalarini rad qilish huquqiga ega, o’z navbatida, ikkalasi ham ijro hokimiyatiga bog’liq. Monteskye g’oyalari AQSh konstruktsiyasining “otalari” tomonidan davlat filosofiyasining asosi sifatida qabul qilinib, keyinchalik ushbu g’oyalar jiddiy rivojlantirilgan. Parlamentning ikki partiyali konstruktsiyasi, amerikacha siyosiy dunyoqarash asoschilari fikricha, birinchidan, hokimiyat tepasidagi saylovchilar oldida majburiyatlar borligini eslata turib, respublikani himoya qiladi. “Uning mavjudligi xalq tinchligini ikki karra ishonchliroq qiladi, chunki hokimiyatni noqonuniy tarzda egallab olish yoki xoinlik haqidagi barcha fikrlar ikkala avtonom palatalarni kelishuvini talab qiladi”. Ikkinchidan , yuqorida keltirilgan model “hamma va har qanday assambleyalar isyonkor yo’lboshchilarga jilovni tutqazib qo’yib, qo’qqisdan shiddatli ehtiroslarga berilib ketishga, o’ylamasdan halokatli qarorlar qabul qilishga” moyilligi yo’lida to’siq bo’ladi. Uchinchidan, yana bir kamchilik- quyi palataga saylangan deputatlarning qonun chiqarish vazifalari va prinsiplari bilan yetarli tanish bo’lmasligining oldi olinadi. Va nihoyat, ikki palatalik Vakillar palatasi tarkibini qisman o’zgartirib turish sharoitida, parlament ishida vorislikka yordam beradi1.

Hokimiyatlar bo’linishi prinsipini AQSh, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyasida tutgan o’rni

Hokimiyatning bo’linishi prinsipiga muvofiq, AQSh Prezidentning ijro hokimiyati, ya’ni mamlakat federal apparatining boshlig’i sifatida e’tirof etilishi, keyinchalik Prezidentning davlat boshlig’i va oliy mansabdor shaxs sifatida tanilishiga sabab bo’lgan. Ijro hokimiyati to’la ma’noda shaxsan Prezidentga topshirilgan. Konstitutsiyada ijro hokimiyatining hech qanday kollegial organi yoki ijro hokimiyatining strukturasi haqida so’z bormaydi. Prezident mustaqildir. U Kongressga hisobot bermaydi va uning nazorati ostida emas. Prezident faqat xalq oldida javobgar bo’ladi. Uning vakolatlari juda keng ravishda qonuniy mustahkamlangan. Prezident hokimiyati shaxsiy diktatura sifatida ham o’rnatilishi qiyin, chunki uning hokimiyati Kongress hamda Oliy sud tomonidan tiyib turiladi. Prezidentning vakolatlari konstitustiyaviy asosda Kongress tomonidan to’g’ridan-to’g’ri cheklab qo’yilmagan. Siyosiy partiyalarning o’zaro kurashi natijasida Prezident maqomiga tegishli Konstitustiyaviy tuzatishlar ( XII, XX, XXII, XXIII, XXV) faqat Prezident va Vitse-prezidentni saylash hamda ba’zi holatlarda ular lavozimini egallab turish tartibini belgilab bergan xolos. Oliy Sudning chiqargan qarorlari ham xuddi shu mazmunda bo’lgan. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, Prezidentning hokimiyat tizimidagi holati va roli Amerika jamoatchiligi uchun tashvish tug’dirmaydi. Hozirda Prezidentning davlat hokimiyati organlari tizimidagi roli haqida quyidagilarni aytish mumkin:

- Prezident o’zining hokimiyat vakolatlaridan kelib chiqqan holda davlat hokimiyati tizimida Kongress va Oliy Sudga nisbatan yetakchi hisoblanadi.

- Tashqi va ichki siyosat Prezident hokimiyati tomonidan shakllantiriladi va amalga oshiriladi1.



Prezidentning o’z hokimiyatini amalda tatbiq etish masalasi ko’pincha Prezidentni Kongress a’zolari bilan bitta siyosiy partiyaga tegishli yoki tegishli emasligiga bog’liq. Prezident bilan Kongress a’zolarining ko’pchilik qismi bir partiyadan emasligi jiddiy kurashlarga olib keladi (hatto impichment xavfini tug’diradi). Prezidentning butun faoliyati AQSh va xorijiy mamlakatlar jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari tomonidan kuzatib boriladi. Har qanday tanqid kelgusi saylovlarda Prezident uchun yangi muddat uchun prezidentlikka o’zining nomzodini ilgari surishda salbiy ta’sir qilishi mumkin. M.V. Baglayning yozishicha Kongress ikki palatali asosga ko’ra: demokratik parlamentlar uchun xos bo’lgan qonunchilik jarayonida kelib chiqishi mumkin bo’lgan ayrim xatolarni oldini olish maqsadida qurilgan1. Kongress palatalari rasman teng huquqli hisoblansada, har biri o’ziga xos maxsus vakolatlarga ega bo’lib, vakillar palatasi- shtatlar aholisining proporsional soniga qarab shakllansa, senat– shtatlar vakilligining tengligi asosida shakllanadi. Senat a’zolarining (senatorlarning) vakolat muddati 6 yil bo’lib, vakillar palatasi a’zosining vakolat muddati esa atiga 2 yilni tashkil etadi. Yuqori palata sifatida senatning a’zolariga nisbatan ancha yuqori talablar mavjud(yosh bo’yicha, fuqarolardagi hayot tajribasi bo’yicha). Konstitustiya senatorlar va vakillar palatasi a’zolari uchun yangi muddatga qayta saylanishi uchun hech qanday cheklovlar qo’ymaydi. Shuning uchun ularning ayrimlari Kongressda bir necha 10 yillar davomida faoliyat olib boradi. Ayrim shtatlarda 12 yillik cheklangan faoliyat muddati o’rnatilganda AQSh Oliy sudi bunday cheklovni Konstitustiyaga o’zgartirish kiritmasdan qo’llab bo’lmasligini yoqlab chiqqan edi. Kongressning yuqori palatasi senat shtatlar aholisi tomonidan 50 ta shtatdan (shtatlar aholisining soni inobatga olinmaydi) 2 tadan senator saylash yo’li bilan shakllantiriladi, uning tarkibiga kiritilgan AQSh Vitse –prezidenti esa Konstitustiyaga muvofiq senat raisi hisoblanadi. Senat a’zolarining 1/3 qismi har 2 yilda yangilanib turiladi. Senatorlar senatda shtat vakillari hisoblansada, lekin shtat hokimiyati organlari oldida hech qanday mas’uliyatga ega emas. Senator sifatida har bir AQSh fuqarosi saylanishi mumkin. Buning uchun fuqaro mamlakat hududida muqim yashagan va kamida 9 yil AQSh fuqaroligida bo’lgan, 30 yoshga kirgan bo’lishi lozim. Agar senat tarkibida AQSh Vitse- presidenti bo’lmasa, senatorlar ichidan ma’lum muddatga vaqtinchalik rais saylab qo’yilishi mumkin. U qonunchilik va ijro hokimiyati o’rtasida aloqa o’rnatishda muhim vosita hisoblanadi, majlislarda raislik qiladi, qonun loyihalarini ko’rib chiqish uchun qo’mitalarga yuboradi va senatolar ovozlari teng bo’lib qolgan taqdirda ovoz berish huquqiga ega bo’ladi. Quyi palata- vakillar palatasi ikki yilga saylanadigan 435 ta kongressmendan iborat (undan tashqari Puerto-Rikodan palata majlisida qatnashish huquqiga ega bo’lgan, lekin ovoz berish huquqi bo’lmagan prezident ham saylanadi). Qonunchilik palatasi a’zolarining soni qat’iy belgilab qo’yilgan (aholi sonining o’sib borishidan qat’iy nazar). Natijada shtat aholisini proporsional ravishda teng qismlarga bo’lib okruglar tuzish holatlari mavjud. Vakillar palatasi a’zosi etib saylanish huquqiga 25 yoshga to’lgan, 7 yil davomida fuqarolikka ega bo’lgan va saylangan okrugda muqim yashaydigan har qanday AQSh fuqarosi ega bo’lishi mumkin. Palata raisi bo’lib Spiker sanaladi va u bir qancha keng ko’lamdagi vakolatlarga ega (qonun loyihalarini tegishli qo’mitalarga jo’natish, majlislar olib borish, ovoz berish huquqi). Kongress palatalarida har bir partiya a’zolari tomonidan shakllanadigan va partiya ijro qo’mitasiga bo’ysunadigan partiya organlari, ya’ni fraksiyalar mavjud. Fraksiyalar faoliyatining tashkiliy shakli bo’lib, konferensiyalar hisoblanadi. Konferensiyalarda tegishli partiya fraksiyasining rahbari saylanadi. Agar tegishli partiya a’zolari palatada ko’pchilikni tashkil etsa, ushbu yetakchilar ko’pincha palata raisi ham bo’lishi mumkin. Kamchilikni tashkil etuvchi fraksiya liderlari muxolifatda turadi. Barcha liderlar qo’l ostida partiya manfaatlari uchun ishlaydigan “qamchinlar” va ularning yordamchilari mavjud bo’lib, ular fraksiyadagi intizomni, kerakli vaqtda yakdil ovoz berishni partiya a’zolarining jipsligini ta’minlaydi1.

Fransiya boshqaruvi tizimida Konstitustiyaviy kengash—Konstitutsiyaga rioya etilishini nazorat qiluvchi maxsus organdir. Uning tarkibi to’qqiz yil muddatga tayinlanadigan to’qqiz nafar shaxsdan iborat bo’ladi. Kengashning uch nafar a’zosi–Senat raisi tomonidan va uch nafari—Milliy majlis raisi tomonidan tayinlanadi. Barcha qonunlar Prezident tomonidan e’lon qilinguniga qadar ko’rib chiqish uchun Konstitutsiyaviy kengashga taqdim qilinishi lozim1. Kengash ular Konstitutsiyaga qay darajada muvofiqligi to’g’risida o’z xulosasini beradi. Basharti, Konstitutsiyaviy kengash biron-bir hujjat Konstitutsiyaga zid, deb qaror chiqarsa, uni bekor qilish huquqiga ega. Konstitutsiyaviy kengash vakolatiga konstitutsiyaviy nazoratdan tashqari Prezident saylovlarining, umumilliy referendumning o’tish jarayonini nazorat qilish, parlament deputatlarining saylanishi to’g’ridan-to’g’ri emasligiga doir nizolarni ko’rib chiqish ham kiradi. Konstitutsiyaviy kengash qarori qat’iy bo’lib, uning ustidan shikoyat berilmaydi. Kengash qarorlari barcha davlat organlari tomonidan bajarilishi shart. Iqtisodiy va ijtimoiy kengash–Hukumat huzuridagi maslahat organi. U o’z vakolati doirasiga taalluqli bo’lgan qonun loyihalari bo’yicha o’z xulosasini beradi. Kengash bu loyihalarni ishlab chiqishda qatnashish huquqiga ega. Bundan tashqari, u iqtisodiy rejalarning bajarilishi bo’yicha o’z fikrini bildirishi ham mumkin. Fransiya prokuratura organlarining asosiy funksiyalari jinoyat-sudlov ishlarini yuritish sohasiga taalluqli bo’lib, shu boisdan bu davlatlarda prokurorlar asosan sudlar qoshida faoliyat ko’rsatadi. Bu davlatda jinoyat sudlov ishlarini yuritish bo’yicha prokurorlarning funksiyasiga quyidagilar kiradi:

1. Jinoyat ishlarini qo’zg’atish;

2. Jinoyat ishlarini tergov qilish, tergovni nazorat qilish, tergovga umumiy rahbarlik qilish;

3 .Sudlarda ayblovni quvvatlash.

Prokurorlarning jinoyat ishlarini qo’zg’atishga doir vakolati ko’pchilik rivojlangan mamlakatlarda mutloq xarakterga ega. Jumladan, GFR jinoyat protsessual qonuniga muvofiq jinoyat ishlarini qo’zg’atish vakolati prokurorlarning mutlaq huquqi hisoblanadi. Fransiyada ham faqatgina prokuror qonunbuzarga nisbatan jinoiy da’voni davlat nomidan yoki o’zining tashabbusi bilan kelib tushgan ariza, bayonnoma, xabar hamda jabrlanuvchining shikoyatiga binoan qo’zg’atishga haqlidir.



II bob O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hokimiyatlar bo’linishining ifodalanishi

O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari

O’zbekiston Respublikasi milliy davlat qurilmasida hokimiyat uchga ajratiladi- qonunchilik, ijrochilik va sud hokimiyatiga. Bu prinsiplarga amal qilmasdan turib, hech qachon huquqiy davlatga erishib bo’lmaydi1.

Hokimiyatlar bo’linishi tamoyili O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasing 11-moddasida konstitutsiyaviy tuzumning asoslaridan biri sifatida mustahkamlab qo’yilgan.Unga ko’ra “O’zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo’linishi prinsipiga asoslanadi2”.Hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini O’zbekiston Respublikasida joriy qilishdan maqsad mamlakatda demokratiyalashtirish jarayonini tezlashtirish, davlat mexanizmini takomillashtirish, umuminsoniy qadriyatlarni qayta tiklash, inson huquqlari va erkinliklarining ustuvorligini tan olish va pirovardida huquqiy davlat barpo etishdir. Hokimiyatlarning taqsimlanishi prinsipi hokimiyatning suiiste’mol qilinishidan, byurokratizmdan va siyosiy hayotdagi bosh-boshdoqlikdan qutulish, hokimiyat organlarining muvozanati va tengligini ta’minlash, ularning o’zaro munosabatlarini tartibga solish imkoniyatini beradi.Hokimiyatlar taqsimlanishi nazariyasining tarixiy va umuminsoniy qadr-qimmatiga tan berish bilan bir qatorda shuni ta’kidlash kerakki, u ma’muriy-buyruqbozlik tizimining barcha ofatlari va zo’ravonlikka asoslangan davlat boshqaruvi oqibatlaridan xalos bo’lishning yagona vositasi emas. Buning uchun hali yana bir qator omillar kerak. Ya’ni, ilg’or taraqqiy etgan demokratiya, tegishli siyosiy madaniyat darajasi, “o’zaro tiyib turish va qarama-qarshi ta’sir etishning” konstitutsiyaviy rasmiylashtirilgan sistemasi va hokazo. Tarixiy tajriba shuni ko’rsatadiki, hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipini aslida to’la hajmda joriy etish mumkin emas. Hatto, Amerika Qo’shma Shtatlarida ham hokimiyatlar taqsimlanishi sof ko’rinishda amalga oshmagan. Shuning uchun o’zga davlat-huquqiy andazasini muayyan mamlakatga mexanik tarzda ko’chirib o’tkazish to’g’ri emas. Chunki barcha xalqlar va davlatlar uchun yagona namuna, qolip, andaza bo’lishi mumkin emas. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipining joriy etilishiga alohida e’tibor berib kelgan. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatning 2005-yil 28-yanvar qo’shma majlisidagi Prezident ma’ruzasida bu masala yanada ustuvor vazifalar qatoriga kiritildi: “Davlat qurilishi va boshqaruvi sohasidagi eng muhim vazifa- bu qonunchilik hokimiyati bo’lmish mamlakat parlamentining roli va ta’sirini kuchaytirish,hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud tarmoqlari o’rtasida yanada mutanosib va barqaror muvozanatga erishishdan iborat1”.

Davlat hokimiyati vakolatlarining taqsimlanishi- bu uchala hokimiyatning muvozanatini, tengligini hamda ularning o’zaro bir-birini tiyib turishini va qarama-qarshi ta’sir etishini ta’minlovchi tizimdir. Ayni paytda ushbu organlar vakolatlari shundayki, ular bir-biridan xoli harakat qila olmaydi va davlat hokimiyati uch mustaqil tarmoq kooperatsiya jarayonida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyat organlarining o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida belgilangan bo‘lib, ular mustaqil holda o‘z faoliyatlarini tashkil etadi va olib boradi.Davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlariga bo‘lishi Konstitutsiyada hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi sifatida mustahkamlangan.Konstitutsiyamizning 78-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasiva Senatining parlament nazoratini amalga oshirishga oid muhim vakolatlari

ham mustahkamlangan. Jumladan, ushbu moddada Oliy Majlis palatalariO‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetini qabul qilishi va uning ijrosini nazorat etishi belgilab qo‘yilgan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati davlat hokimiyati organlarini shakllantirish sohasida ham birgalikdagi muhim vakolatlarga ega. Ular jumlasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlarini tuzish hamdatugatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqish va tasdiqlash, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy

saylov komissiyasini tuzish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili va uning o‘rinbosarini saylashni kiritish mumkin. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining Konstitusiyamizning 78-moddasida belgilangan birgalikdagi vakolatlaridan yana biri – bu xalqaro aloqalar sohasiga doir bo‘lib, xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya va denonsatsiya qilishdan iborat. Parlament palatalarining ushbu vakolati qonun qabul qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 78-moddasida Oliy Majlis palatalarining barcha vakolatlari ifodalanmagan. Shu bois, ushbu moddaning 21-bandida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mustahkamlab qo‘yilgan. Bunday vakolatlar qatoriga, xususan, Oliy Majlis tomonidan Konstitutsiyaning 10-moddasida belgilangan O‘zbekiston xalqi nomidan ish olib borish, 60-moddasida belgilangan siyosiy partiyalarning o‘z faoliyatlarini moliyaviy ta’minlanish manbalari haqidagi oshkora hisobotlarini eshitish, 98-moddasida belgilangan Bosh vazir lavozimiga nomzod taqdim etadigan Vazirlar Mahkamasining yaqin muddatga va uzoq istiqbolga mo‘ljallangan harakat dasturini ko‘rib chiqish kabilarni kiritish mumkin. Konstitutsiyaning 79-moddasida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari mustahkamlab qo‘yilgan. Bunda «mutlaq vakolat» deganda, faqat Qonunchilik palatasining o‘zi amalga oshiradigan vakolatlar nazarda tutiladi. Bunday vakolatlarga:

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi Spikeri va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylash;

– O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etish;

– o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish;

– siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qilish kiradi1.

Oliy Majlis Senatining mutlaq vakolatlari Konstitutsiyamizning 80-moddasida mustahkamlangan bo‘lib, ular nafaqat Senat faoliyatini tashkil etish, balki davlat organlari, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarni shakllantirish, tashqi siyosat, amnistiya, davlat rahbarining farmonlarini tasdiqlash, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitishbilan bog‘liqdir. Xususan, Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy sudi va Oliy sudi saylaydi, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining raisini, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy

banki boshqaruvining raisini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod etadi. Oliy Majlis Senati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Hisob palatasi raisi, Milliy xavfsizlik xizmati raisini tayinlash hamda ularni lavozimlaridan ozod etish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlaydi. O‘zbekiston Respublikasi Boshprokurorining, O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi raisining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi

raisining hisobotlarini eshitadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakillarini tayinlaydi hamda ularni lavozimlaridan ozod etadi. Oliy Majlis Senatining yana bir mutlaq vakolati – bu O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilishdan iborat. 2005-yilda, ya’ni ikki palatali parlament shakllanguniga qadar amnistiya to‘g‘risidagi hujjatlarni qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatiga kirar edi. Senat, shuningdek, mutlaq vakolatlari doirasida:

– O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati Raisini va uning o‘rinbosarlarini, qo‘mitalarning raislari va ularning o‘rinbosarlarini saylaydi;

– O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining taqdimiga binoanO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a’zosini daxlsizlik huquqidan mahrum etish to‘g‘risidagi masalalarni hal etadi;

– o‘z faoliyatini tashkil etish va palataning ichki tartib-qoidalari bilan bog‘liq masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi;

– siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy hayot sohasidagi u yoki bu masalalar yuzasidan, shuningdek, davlat ichki va tashqi siyosati masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi1.

Konstitutsiyaviy prinsiplardan kelib chiqib, Konstitutsiyaning 98-moddasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi hokimiyatni amalga oshirishi belgilangan. Shuningdek, ushbu moddaga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

1) samarali iqtisodiy, ijtimoiy, moliyaviy, pul-kredit siyosati yuritilishi,fan, madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning boshqa tarmoqlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi uchun javobgardir;

2) fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa huquq hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha choralarni amalga oshiradi;

3) davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari ishini muvofiqlashtiradi va yo‘naltiradi, ularning faoliyati ustidan qonunda belgilangan tartibda nazoratni ta’minlaydi;

4) O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi;

5) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim masalalari yuzasidan ma’ruzalar taqdim etadi;

6) Konstitutsiya va O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi2.

Vazirlar Mahkamasi davlat boshqaruvi organlari tizimiga va o‘zi tashkil

etadigan xo‘jalik boshqaruvi organlari tizimiga boshchilik qiladi, ularning hamjihatlik bilan faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. Vazirlar Mahkamasi qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.Vazirlar Mahkamasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oldida javobgardir. Hukumat vakolatlarining asosiy mazmuni, uni amalga oshirish, tegishliijro hokimiyati organlarining vakolati, faoliyati prinsiplari, mas’uliyat va javobgarligi, hukumat majburiyatining mohiyati, hisobdorlik hamda faoliyati shakllari bevosita namoyon bo‘ladi. Ana shu bois, har bir konstitutsiyaviy huquqiy institut faoliyati uchun alohida ahamiyat kasb etuvchi, o‘ziga xos omil bo‘lib xizmat qiluvchi xususiyatlar qatorida ushbu institutni qamrab oluvchi asosiy prinsiplar ham e’tirof etiladiki, ular orqali tegishli institutning mazmun va mohiyati hamda ahamiyati ochib beriladi. Ijro etuvchi hokimiyatning oliy organi bo‘lmish Vazirlar Mahkamasi – Hukumat ham konstitutsiyaviy-huquqiy institut sifatida ma’lum bir jamiyat qonuniyatlariga o‘z faoliyati davomida bo‘ysunadi hamda o‘z faoliyati yo‘nalishida muayyan prinsiplarga amal qiladi1.

Sud hokimiyatining asosiy vazifasi mamlakatimizda odil sudlovni amalga oshirish, qonun ustuvorligini ta’minlash, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdan iboratdir. Respublikamizda odil sudlov organlari tizimi, ma’muriy-hududiy birliklarda tashkil etiladi va korxona, tashkilot va muassasalar, davlat organlari va fuqarolar o‘rtasidagi huquqiy munosabat natijasida kelib chiqadigan masalalarni belgilangan hududiy birliklar miqyosida ko‘rib chiqadi. Shuningdek, sud hokimiyatining ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi vakolatlari ham mavjud:

– konstitutsiyaviy nazorat;

– davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy qaror va xatti-harakatlariga doir ishlarni ko‘rish;

– shaxslarning faoliyatlari hamda ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshirish;

– sud hukmi va qarorlarining ijrosini ta’minlash;

– sudlarga tegishli ma’muriy huquqbuzarlik holatlarini ko‘rib, tekshirib chiqish;

– sud amaliyotidan kelib chiqib, amaldagi qonunchilik masalalari bo‘yicha tushuntirish vakolati;

– sudyalar tarkibining shakllanishida ishtirok etish va uning organlariga yordam berish vakolati1.

Yuqoridagi vakolatlarning amalda bajarilishi odil sudlov bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, sud hokimiyatining mazmunini tashkil etadi va u qabul qilgan hukm va qarorlarning majburiy ijrosini ta’minlashga qaratiladi. Sud hokimiyati qarorlarining hayotga tatbiq qilinishi majburiydir, bu holat qonun bilan belgilangan. Qonun davlat organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar,mansabdor shaxslar hamda fuqarolarning sud hukmiga bevosita bo‘ysunishlarini talab qiladi. Hamma davlat organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslarva fuqarolar sud hokimiyati qarorlarining amalga oshishida sudga yordamlashishlari shart va majburdirlar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmonida hokimiyatlar bo`linishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishlari bo’yicha “Harakatlar Strategiyasi” ishlab chiqildi. Unda davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari ham belgilangan. Shu jumladan, demokratik islohatlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat hokimiyati tizimida Oliy Majlisning rolini oshirish, uning mamlakat ichki va tashqi siyosatiga oid muhim vazifalarni hal etish hamda ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish bo’yicha vakolatlarini yanada kengaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini qabul qilinayotgan qonunlarni amalga oshiralayotgan ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va sud-huquq islohotlari jarayoniga ta’sirini kuchaytirishga yo’naltirgan holda tubdan oshirishni shakllantirish kabi maqsad-vazifalar oldimizga qo’yildi. Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yo’nalishlarini amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish shart deb belgilandi:Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish; sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeini, moddiy rag’batlantirish va ijtimoiy ta’minlash darajasini oshirish, sudlarning moddiy- texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga g’ayriqonuniy tarzda ta’sir o’tkazishga yo’l qo’ymaslik bo’yicha ta’sirchan choralar ko’rish; sudning teng huquqligi tamoyillarini har tomonlama tatbiq etish; “Xabeas korpus1” institutini qo’llash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlarni faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilishdir1.Bundan ko’rinib turibdiki, sud hokimiyatining boshqa hokimiyatlar bilan teng faoliyat qolishi konstitutsiya darajasida mustahkamlangan.Sud hokimiyatini qonun chiqaruvchi organga huquq ijodkorligi faoliyati ustidan nazorat qilish orqali, balki qonunchilik tashabbusi huquqidan foydalanish yo’li bilan ham ta’sir ko’rsata oladi.Sud fikri qonun chiqaruvchi hokimiyat uchun hamisha qimmatlidir. Zero sud, o’z g’oya va takliflarini bevosita hayotdan, huquqni qo’llash amaliyotidan kelib chiqib shakllantiradi.

Xulosa

Ushbu kurs ishida O’zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatlari bo’linish prinsiplari haqida ma’lumotlar berishga harakat qilindi. Mamlakatimizda mustaqillikni qo’lga kiritganidan boshlab to hozirgi kungacha misli ko’rilmagan islohotlar amalga oshirildi. Ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi o’zgarishlar o’z navbatida fuqarolar ongining o’sib borishiga olib keldi. Ikki palatali parlamentning qaror topishi o’zbek davlatchiligi rivojidagi yangi bosqichdir.

Bu mavzu bilan tanishib chiqib shunday xulosaga keldikki, mamlakatimizda qonunlarni ishlab chiqishda katta muvaffaqiyatlarga erishish bilan bir qatorda bir qancha kamchiliklarga ham yo’l qo’ymoqda. O’zbekiston Respublikasidagi barcha o’zini o’zi boshqarish organlarini qat’iy bir maqomga ega emas. Barcha o’zini o’zi boshqarish organlari nodavlat-notijorat tashkilot bo’lishiga qaramasdan, uning raisi va maslahatchilari mahalliy hokimiyat organlaridan maosh oladi. Axir, nodavlat-notijorat tashkilotlar o’zini o’zi mablag’ bilan taminlashi kerak emasmi?

Bu boradagi beriladigan taklif quyidagicha: Barcha o’zini o’zi boshqarish organlarini mahalliy hokimiyat organlariga kiritish, maqomini mustahkamlash maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Chunki davlat hokimiyatlarining quyi tizimi mustahkam bo’lsa, uning yuqori tizimi ham mustahkam bo’ladi. Agarda islohatlarni yuqori tizimda o’tkazilsa, quyi tizimdagi hokimiyat organlariga islohat ta’sir o’tkazmay qolishi mumkin.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasida quyidagicha : “Qonunchilik tashabbusi huquqiga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, o’z davlat hokimiyatining oliy vakillik organi orqali Qoraqalpog’iston Respublikasi, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi, Oliy sudi, Bosh prokurori egadirlar va bu huquq qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlari tomonidan qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish orqali amalga oshiriladi1”. Ushbu moddada qonunchilik tashubbusi subyektlariga O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasi kiritilmagan. Bu borada beriladigan taklif quyidagicha: O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining yuqori palatasini ham qonunchilik tashabbusi subyektlariga kiritish maqsadga muvofiqdir. Chunki yuqori palata bilvosita qonunchilik tashubbusida ishtirok etadi. Shunday ekan, 83-moddaga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritib, bu holatni qonun bilan mustahkamlashimiz zarurdir.

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudning vazifasi – barcha qonunlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mos kelishini hamda joriy etilyotgan qonunlarga sharh ham yozishdan iboratdir. Afsuski, yaqin bir necha yillar davomida Konstitutsiyaviy sud o’z vazifalarini juda ijobiy darajada yuritayotgani yo’q. Bu borada beriladigan taklif quyidagicha: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudning maqsad va vazifalari hamda tizimini qaytadan ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga ko’ra Bosh vazir nomzodi O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga saylovda eng ko’p deputatlik o’rinlarini olgan siyosiy partiya yoki teng miqdordagi eng ko’p deputatlik o’rinlarini qo’lga kiritgan bir necha siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi. Agar Bosh vazir nomzodligiga to’rtta siyosiy partiya o’z nomzodlarini ko’rsatib, dasturlarini ishlab chiqib, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida muhokamaga qo’yilib, eng munosib nomzod tanlansa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu borada O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98- moddasiga qo’shimcha va o’zgartirish kerak. Agar Bosh vazir nomzodi shu yo’l orqali tanlab olinsa, siyosiy partiyalarning hokimiyat uchun kurashlari yanada kuchayadi va ularning mamlakat siyosiy hayotidagi o’rni oshadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

I Rahbariy adabiyоtlar

1. Karimov I.A. “O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” - T.: “O’zbekiston”, 1992. 17b.

2.Karimov I.A. “O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”- T.: “O’zbekiston”, 1996. 16b.

3.Karimov.I.A. “Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir”.-T.:“O’zbekiston” . 2005. 36b.

4. Karimоv I.A. “Mamlakatimizda dеmоkratik islоhоtlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarоlik jamiyatini rivоjlantirish kоnsеpsiyasi” – T.: “О’zbеkistоn”, 2010. – 56 b.

5. Karimоv I.A 6-dеkabrdagi Kоnstitutsiyamiz tashkil tоpganligi munоsabati bilan tashkil еtilgan yig‘ilishdagi nutqi. – 2014-yil. // www.mfa.uz



II Nоrmativ-huquqiy hujjatlar

1. “О‘zbеkistоn Rеspublikasining Kоnstitutsiyasi” –T.: “О‘zbеkistоn”, 2015. 76 b.

2. О‘zbеkistоn Rеspublikasining “Оliy Majlisi Sеnati tо’g’risida”gi Konstitutsiyaviy qоnuni // Kоnstitutsiyаviy qоnuni // О`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisining Аxbоrоtnоmаsi.2002.-№12. 210- mоddа.

3. О‘zbеkistоn Rеspublikasining “Оliy Majlisi Sеnatining rеglamеnti tо’g’risida”gi qоnuni // О`zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy Mаjlisining Аxbоrоtnоmаsi.2003.-№3-4.

4-mоddа.

4. O’zbekiston Respublikasining “Sudlar to’g’risida” gi qonuni.T.: “Adolat” 2014.

5. “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to’g’risida”gi qonun. T.: “Adolat” 2014.

6. “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Qonuni. 2017. 21-fevral



III Maxsus adabiyоtlar

  1. “Теория государства и права” Матузова Н.И. и МалькоА.В -М.: Юрист, 2000. С.26.

2. О‘zbеkistоn Rеspublikasi Kоnstitutsiyaviy huquqi. U Tadjixanоvning umumiy tahriri ostida оstida – T.: “Sharq”, 2001. 752 b.

3. Islomov Z.M “Davlat va huquq nazariyasi” - T.: “Adolat”. 2007. 343b.

4. О‘zbеkistоn Rеspublikasining Kоnstitutsiyasiga sharh. A.A.Azizxо’jayеvning umumiy tahriri оstida - T.: “О‘zbеkistоn”, 2008. 496 b.

5. “Davlat va huquq nazariyasi”. X.T. Odilqoriyevning umumiy tahriri ostida- T.: “Sharq” 2009. 146b.

6. О‘zbеkistоn Rеspublikasi Kоnstitutsiyaviy huquqi. O.O. Husanоvning umumiy tahriri оstida –T.: TDYI, 2012. 564 b.

7. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy huquqi. Sh.T.Ikramovning umumiy tahriri ostida, T.: “Toshkent” 2014 . 425b



IV Qо’shimcha adabiyоtlar

  1. Yuridik ensiklopediya . U.Tadjixanovning umumiy tahriri ostida, T.: “Sharq”. 2001.

  2. H. Kelzen. General Theory of Law and State. – Cambridge: Harvard University Press. 2009. 33p.

V Intеrnеt saytlari

1. http://www.lеx.uz

2. http://www.senat.uz

3.http://www.gov.uz

4. http://www.ziyоnеt.uz

Mundarija

Kirish…………………………………………………………………………………....3

I bob. Hokimiyatlar bo’linish nazariyasi va amaliyoti……………………...........6

1.1. Hokimiyatlar bo’linishi nazariyasining shakllanishi……………………………….6

1.2. Hokimiyatlar bo’linishi prinsipini AQSh, Fransiya kabi davlatlar konstitutsiyasida tutgan o’rni……………………………………………………………………………..10

II bob. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hokimiyatlar bo’linishining ifodalanishi…………………………………………………………....14

2.1. O’zbekiston Respublikasida qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari……………………………………………………………………...…….14

2.2. 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor

yo’nalishlari bo’yicha “Harakatlar Strategiyasi” da hokimiyatlar bo`linishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo`nalishlari…………………………………………….21



Xulosa……………………………………………………………………………….…23

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………………………….....25

1Karimov I.A. “O’zbekiston o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” T.; “O’zbekiston”..1992. 17-b

1Karimov I.A. “Bizning bosh maqsadimiz – jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatimizni modernizatsiya va isloh etishdir”.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining 2005-yil 28-yanvar kuni bo’lgan qo’shma majlisida qilgan ma’ruzasi.T., “Sharq”.. 2005. 34 –b.

1 “Davlat va huquq nazariyasi” X.T.Odilqoriyevning umumiy tahriri ostida - T.: “Sharq”, 2009 .145b

2



1 “Davlat va huquq nazariyasi” X.T.Odilqoriyev umumiy tahriri ostida- T.: “Sharq” 2009.148 b

2“Davlat va huquq nazariyasi” X.T. Odilqoriyev umumiy tahriri ostida- T.: “Sharq” 2009.147b

1“Davlat va huquq nazariyasi” X.T.Odilqoriyev umumiy tahriri ostida- T.: “Sharq” 2009.148b

1Monteskye Sh.L. “Qonunlar ruhi”.

1 Nurmatova M. “Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi” fanidan o’quv qo’llanma- T.: “JIDU” 2011. 170b

1 Nurmatova M. “Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi” fanidan o’quv qo’llanma- T.: “JIDU” 2011. 171b

1Nurmatova M. “Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi” fanidan o’quv qo’llanma- T.: “JIDU” 2011. 172b

1 Nurmatova M. “Xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy huquqi” fanidan o’quv qo’llanma- T.: “JIDU” 2011. 201b

1Karimov I.A “O’zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura”. T.: “O’zbekiston” 1996. 16-b

2O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 11-modda- T.; “O’zbekiston”.2014. 6 b

1Karimov.I.A. Bizning bosh maqsadimiz-jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir.-T.: 2005. 36-b.

1 «Konstitutsiyaviy huquq» Sh.T.Ikramov umumiy tahriri ostida-T.: “Toshkent” 2014y. 425-427 b

1O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 80-modda- T.: “O’zbekiston”.2014. 30 b

2 “Konstitutsiyaviy huquq” Sh.T.Ikramov umumiy tahriri ostida- T.: “Toshkent” 2014 . 482-483 b

1 “Konstitutsiyaviy huquq” Sh.T.Ikramov umumiy tahriri ostida- T.: “Toshkent” 2014. 485 b

1“Konstitutsiyaviy huquq” Sh.T.Ikramov umumiy tahriri ostida- T.: “Toshkent” 2014. 546-b

1Yuridik ensiklopediya. U.Tadjixanov umumiy tahriri ostida –T.: “Sharq”, 2001. 501b

1“O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmon

1 O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasi. T.: “O’zbekiston”.2014 . 32b

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish