Yig’ish chizmasini taxt qilish
Spesifikatsiya.
Yig’ish chizmasi birlikni o’lchami va unga quruvchi buyumlarni soniga bog’liq holda stadart formatdagi qog’ozga bajariladi.
Tasvirlar soni yig’ish chizmada minimum bo’lishi zarur. Lekin birlikni tuzilishi to’liq tasavvur qilish uchun yetarlik bo’lishi kerak. Yig’ish chizmasida birlikni ishlash va uning qismlarini o’zaro harakati haqida ma‘lumot berilishi mumkin.
Agar birlik simmetrik figura shaklida tasvirlansa, u holda yarim ko’rinishga tegishlik yarim qirqim bilan birlashtirib tasvirlashga maslahat beriladi. Murakkab birikmani chizmasini bajarishda qo’shimcha ko’rinish, qirqim va kesimlarni tegishlicha qo’llash kerak. Yig’ish chizmasida birlikni ish holatida tasvirlash kerak yoki uni yig’ish jarayonidagi egallagan holatida.
Yig’ish chizmalarida shartliklar va soddalashtirishlar
Yig’uv chizmalar konstruktorlik hujjatlarni yagona tizimi standartda ko’zda tutilgan barcha ko’rinishdagi chizmalar uchun soddalashtirib bajariladi, shuningdek yig’ish chizmalari uchun alohida O’zDSt:2.109-73 bilan belgilangan qo’shimcha shartliklar va soddalashtirishlar ham mavjud. Yig’uv chizmada birlikni joyini o’zgartiruvchi qismi ish holatida tasvirlanadi. Lekin o’lchamiga tegishlik chetki yoki oraliq holatda tasvirlash mumkin.
Tasviri boshqa buyumning konstruktiv hususiyatlarini aniqlashni to’sib qo’ysa (qalpoq, chambarak, kojux, to’siq) bu buyumning tasvirni chizmasa ham bo’ladi. Bunday hollarda tasvir ustiga tegishlik yozuv yoziladi. Misol: ―poz.3 qalpoq ko’rsatilmagan‖.
Yig’uv chizmada qo’shni buyumni tasvirini joylashtirish mumkin. Uni tutash ingichka chiziq bilan chiziladi. Shaffaq materialdan tayyorlangan buyum, shaffoq bo’lmagan deb tasvirlanadi. Shaffoq buyumni orqasida joylashgan bazi kesimlari tasvirini ko’rinadigan qilib ko’rsatish mumkin. Misol: shkalalar, asbobni strelkasi, lampani ichki tuzilishi, siferblata va boshqalar. Buyum yoki uni elementlarini setka orqasida joylashgan ko’rinadigan qismini, shuningdek tarkibiy qismini oldida joylashgan va qisman to’silgan buyumni ko’rsatmasa ham bo’ladi.
Yig’ma birlikni ichki tuzilishini aniqlash uchun qirqim va kesimdan foydalaniladi. Yig’ma chizmalarini qirqimni yig’ma birlikga kiruvchi alohida buyumlarni, birlikdagi qirqimni ifodalaydi. Qirqimda kesilmagan tarkibiy qisim ko’rsatiladi, ularga mustaqil yig’uv chizma taxt qilinadi. Agar kesuvchi tekislik vint, parchin mix, shponka ichki kovak bo’lmagan val shpindel, shatun, dastak va shunga o’hshash o’qi bo’ylab o’tsa u holda yig’uv chizmada ularni kesmasdan ko’rsatiladi (3-shakl).
Yig’uv chizmada gayka, shayba va shariklar ham kesmasdan ko’rsatiladi. Mahkamlaydigan rezbalik birikmalar (vintlik, boltlik, shpilkalik, shuruplik) soddalshtirilgan holda tasvirlangan (3-shakl, a,b,v). Yig’uv chizmada faska, yumaloqlashtirish, galtel, aylanma o’yiq, chuqurlik yuqoriga chiqarilishi buyumga o’ralgan to’r, o’yiq, shuningdek sterjin bilan teshik orasidagi bo’shliqni ko’rsatmasligi mumkin (3-shakl, d).
Payvandlangan, kovshirlangan, kleylangan buyumlar, boshqa buyumlar bilan yig’ilganda qirqim va kesimda bir butun buyum ko’rinishida bir tomonga shtrixlanadi va buyumlar orasidagi chegarani tutash chiziq bilan tasvirlanadi (3-shakl, e).
3-shakl
Agar yig’ma birlikda bir qancha bab-baravar joylashgan bir xil buyumlar (yoki ularni komplektlari) bo’lsa, u holda bitta-ikkita buyum (bitta -ikkita komplekt) tasvirlanadi, qolganlari soddalshtirib yoki shartlik ko’rsatiladi va spesifikatsiyada ularni to’liq soni ko’rsatiladi (423-shakl, j). Bab-baravar joylashgan teshiklarni ham 423-shakl, z-dagidek tasvirlanadi. Prujinani tasvirlaganda oldin ko’rsatilgan shartliklar va soddalashtirishlar qabul qilinadi. Faqat o’ram kesimi bilan tasvirlangan vint prujinani orqasida joylashgan buyum prujina bilan shartli berkitilgan zonagacha tasvirlanadi va o’ram kesim chizig’ini o’qi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |