Kurs ishining maqsadi: Mazkur kurs ishi orqali o’quvchilarga yig’ish chizmalarini o’qishda oid metodik ko’rsatmalar o’rgatishda bugungi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash orqali ularda mazkur mavzu hqida bilim va ko’nikmalarini rivojlantirish, hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo’llay olish malakalirini shakllantirishdan iboratdir. Bugungi texnika asrida yashayotgan ekanmiz, nafaqat fan va texnika, sanoat, qurilish, balki ta’lim-tarbiya jarayoni ham kundan-kunga o’zgarib bormoqda. Bunday tez o’zgaruvchan sharoitda yosh avlodni yuksak zehnli, topqir va zukko qilib tarbiyalash va chuqur bilim berish biz bo’lajak o’qituvchilarning zimmasiga tushadi. Chunki mashinasozlik sanoatida yaratilayotgan va ishlab chiqarilayotgan har qanday buyum va detallar chizmalar yordamida tayyorlanadi va o’qiladi. Shunday ekan biz maktab davridan boshlab o’quvchilarga chizmachilik fanining hab bir mavzusi bo’yicha mukammal bilim berib borishimiz zarur.
Kurs ishining vazifasi:
1 .Yig’ish chizmalari haqida umumiy ma’lumot va tushunchalar berish
2. Yig’ish chizmasini taxt qilishni o’rganish.
3. Yig’ish chizmalarida shartliklar va soddalashtirishlar haqida tushunchalarga ega bo’lish.
4. Yig’ma chizmalarni o’qiy olish ko’nikmalarini shakllantirish
5. Yig’ish birliklarini o’qish mavzusida qo’llaniladigan pedagogic texnologiyalar haqida ma’lumotlar berish
Kurs ishining amaliyotdagi ahamiyati: Yig’ish chizmalarini amaliy mashg’ulotlarda bajarish o’quvchilarning fazoviy tasavvurlarini rivojlanishida kata va alohida ahamiyatga ega. Shu sababli ushbu kurs ishidan mavzuni kengroq o’rganmoqchi bo’lgan maktab o’quvchilari va talabalar hamda o’qituvchilar o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining ob’yekti: O’rta umumiy ta’limda chizmachilik fanini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Mavzuni o’rganishning shakl, usul va vositalari.
Yig’ish chizmalari haqida umumiy ma’lumot va tushunchalar
Buyumni loyihalashni hamma bosqichlarida yig’ma birlikni chizmalariga ishlov beriladi, shu bilan birga loyihalash hujjatlariga ishlov berish bosqichida ularni umumiy ko’rinish chizmasi, ishchi hujjatlarni bajarish bosqichida yig’uv chizmasi deyiladi.
Umumiy ko’rinish chizmasi buyumning konstruksiyasini ishlab bitirish, yig’uv chizma, uni yig’ish (tayyorlash) va nazorat qilish uchun mo’ljallangan.
Shuningdek yig’uv chizma bo’yicha buyumning konstruksiyasini va ishlash prinsipini o’rganiladi. Ekspluatatsiya jarayonida tartibga soladi, buyumni ish o’rniga o’rnatadi (montaj qiladi) va ularni tamirlaydi.
Konstruktorlik byurolarda va o’quv jarayonida yig’ma birlikni chizmasi bo’yicha buyumning ishchi chizmasi bajariladi. korxonalarni texnik bo’limida undan ishlab chiqarishni tayyorlash, texnik xujjatlarni ishlov berish va tayyor mahsulotni nazorat va qabul qilish uchun foydalaniladi. Yig’ma birlikni chizmasi buyumlarga ajratish va birlikni va unga kiruvchi hamma buyumlarni konstruktiv tuzilishini to’liq ochadi. Yig’ish chizmasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Yig’ma birlikni tasvirini - berilgan chizma bo’yicha birlashtirilgan, tarkibiy qismni o’zaro bog’lanishi va joylashishi haqida tushuncha beruvchi, yig’ma birlikni yig’ish va nazorat qilishni amalga oshirish imkoniyatini ta‘minlovchi;
Buyumning o’lchamlarini;
g) Tutashmani xarakteri va uni amalga oshirish usullari haqida agar tutashmani aniqligi chekli-chetga chiqish bilan ta‘minlanmasdan, tanlash va moslash bilan ta‘minlansa;
v) Chekli-chetga chiqish va boshqa parametrlarni berilgan yig’ish chizmasi bo’yicha, bajarilishi shart bo’lgan yoki nazorat qiluvchi talablar;
d) Ajralmas birikmalar buyumning biriktirish usuli haqida ko’rsatma
(payvandlash, kavshirlash va boshqalar);
e) Birlikga kiruvchi tarkibiy qismlarni pozitsiya nomerlari.
Birikmani konstruktiv hujjatlarini tarkibiga gaborit, montaj va nazariy chizmalar kirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |