Kantata — umuman olganda ancha noaniq shakl hisoblanadi, bir vaqtlar cholg‘u musiqa (о‘sha vaqtlardagi eski terminologiya bо‘yicha sonata)ga qarama-qarshi о‘laroq har qanday vokal musiqani kantata deb ataganlar. Kantata avvalo bir yoki bir necha solistlar, xor va orkestr (organ)ga mо‘ljallanadi. Ba’zan solistlarsiz faqat xor uchun, ba’zan esa xorsiz faqat solistlar uchun kantatalar yozilgan bо‘ladi. Kantata oratoriyadan kо‘pincha kichik hajmdaligi, mazmunining bir turda bо‘lishi hamda syujetida dramatik rivojlov yо‘qligi bilan farq qiladi.
Kantatalarning mazmuniga qarab, ularni diniy kantatalari va dunyoviy kantatalar deb farqlaydilar. Diniy kantatalari diniy marosimlarda ijro etiladi. Lyuteran kantatasi butunlay yoki qisman xoral bilan bog‘liq bо‘lib, kо‘pincha uning elementlari asrsida tuziladi.
Dunyoviy kantatalar konsertlarda ijro etish uchun mо‘ljallangan bо‘ladi. Tuzilish belgilari jihatidan ular cherkov kantatalaridan alohida ajralib turmaydi. Bu kantatalarning har ikkalasi ham bir necha qismdan iborat bо‘lib, bu qismlar kо‘pincha bir-biridan alohida-alohida ajratilgan yoki biri-ikkinchisidan keyin uzluksiz holda keladi (goho bir qismli kantatalar ham uchrab turadi).
Musiqali dramakeng ma’noda olganda musiqiy shakl jihatdan eski turdagi operalarga qarama-qarshi turadi. Musiqali dramaning asosiy belgisi shundan iboratki, undagi bayonlar tarqok, uzluksiz («cheksiz kuy») tarzda keladi. Bunday tamoyil mazkur san’at turining asoschisi R. Vagner tomonidan sahnaviy asardagi voqealarning uzluksizligiga muvofiq keluvchi tamoyil sifatida olg‘a surilgan. Bunda qismlar о‘rtasidagi chegaralar muayyan tarzda quyidagi vositalar orqali yо‘qotiladi: 1) uziluvchan kadensiyalar va turli xil tuzilmachalardan, ularning murakkab xromatik turlariga qadar qо‘llash; 2) asarga tо‘satdan kiritiladigan kadensiyalar yoki faktura unsurlarini tag‘in ham chuqurroq kirita borish; 3) bir-biriga mazmunan yaqin bо‘lgan mavzularni almashtirish yо‘li bilan reprizalilikni yо‘q qilish yoki uni niqoblash; 4) mavzuli reprizani yangi tonallikka kо‘chirish; 5) kontrapunktlarni jamlash.
Leytmotiv tizimii ayni mana shu musiqali drama sohasida eng kо‘p taraqqiyot darajasiga erishdi. Leytmotivizm g‘oyaviy-nazariy jihatlardan tashqari musiqali dramani g‘oyat ulkan simfonik miqyosda rivojlantirish uchun eng zarur mustahkamlovchi vosita bо‘lib xizmat qildi.
Mavzu yaxlitligi aslini olganda shaklni tushunishda bir qadar yordam beruvchi yagona bir vosita bо‘lib qoladi. Simfonik rivojning asosiy og‘irligi orkestr zimmasiga tushadi; vokal partiyallar hissasiga esa kо‘pincha kuychan rechitativ ruhidagi deklamatsiyalar tо‘g‘ri keladi. Biroq, leytmotiv tarzidagi kuylar vokal partiyalarga ham topshiriladi. Bu ayniqsa Rimskiy- Korsakov ijodi uchun xosdir.
Musiqali dramadagi pardalar kо‘pincha sahnalarga bо‘linadi. Bu yerda sahna deganda bir qancha ishtirok etuvchilar, ba’zan esa xor ishtirokidagi butun bir dramatik lavha nazarda tutiladi. Sahna ichida zaruriyatga va muallifning mayliga karab yo 1) boshdan-oxir tarqoklik va yetuk qismlarning mavjud emasligi kuzatiladi yoki 2) nisbatan yopiq ayrim qismlarning namoyon bо‘lishi kо‘zga tashlanadi. U yoki bu darajada keng bayon qilingan solo (ariya yoki kо‘proq ariozo), ansambl, xor ana shunday qismlar bо‘lishi mumkin. Sahna qismlarining tuzilishida kо‘pincha repriza kо‘rinishida kelgan, lekin yuqorida sanab о‘tilgan usullar vositasida yoyiq holga keltirilgan shakllarni kuzatish mumkin.