O‘zbekiston Respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Termiz davlat universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Moliya ta'lim yo'nalishi 218-guruh talabasi Eshmuminov Husanning
KURS ISHI
Mavzu: Valyuta Riskining Turlari.
Bajardi: Eshmuminov Husan
Qabul qildi: Sh. Ismoilov, G. Zokirova
TERMIZ- 2022
Kirish
Bugunni kunda ta'lim inson faoliyatining barcha sohalariga yangi texnologiyalarni joriy etish, raqobatbardoshlilikni oshirish, turmush darajasini ko'tarishning muhim shartiga aylanib bormoqda. Oliy ta'limning ijtimoiy mas'uliyati ko'p jihatdan har bir insonning tez o'zgaruvchan mehnat bozorida xaridorgir bo'lib qolishi, rivojlanib borayotgan innovatsion iqtisodiyotda to'laqonli ishtirok etishi va shu yo'l bilan o'z farovonligini hamda umuman jamiyat farovonligini ta'minlash imkonini beradigan malakaviy va ijtimoiy ko'nikmalar olishidan iboratdir. Ko'pgina mamlakatlarda oliy maktabning oshib borayotgan rolini hisobga olgan holda uni rivojlantirish strategiyasi milliy strategiya ustuvorliklari bilan belgilanadi va u oliy ta'lim sifatini oshirish hamda uni olish imkoniyatini kengaytirishga yo'naltirilgandir. Fanining maqsadi - kelgusida yuqori malakali iqtisodchimutaxassislar bo'lib yetishadigan talabalar uchun moliyaviy risklarni boshqarish yuzasidan nazariy bilimlar berish, rivojlangan davlat ilg'or tajribasidan kelib chiqib moliyaviy risklarni boshqarish bo'yicha amaliy ko'nikmalar hosil qilishdan iborat. “Moliyaviy risklarni boshqarish” fani har qanday xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati va ularning moliyaviy operatsiyalari bevosita turli risklar bilan bog'liqdir. Davlat, korxona va tashkilotlar, tijorat banklari bir - birlari bilan iqtisodiy aloqalar o'rnatish vaqtida vujudga keladigan risklar darajasi muhim rol o'ynaydi. Shu sababli xo'jalik yurituvchi sub'ektlar biron bir subekt bilan iqtisodiy aloqa o'rnatishdan oldin eng avvalo bu sub'ekt faoliyatidagi riskli holatlarni o'rganishga intiladi. “Moliyaviy risklarni boshqarish” fanini chuqur o'rganish xo'jalik
yurituvchi sub'ektlarning zamonaviy korporativ boshqaruvini tashkil etish bilan bir qatorda ularning faoliyatida vujudga keladigan risklarni o'rganish, tahlil qilish va to'g'ri qarorlar qabul qilishda muhim rol o'ynaydi.
Reja:
Valyuta riskning turlari va yuzaga kelish sabablari.
Valyuta risklarining tasnifi va ularni xedjirlash
Xalqaro moliya munosabatlarida valyuta riskini samarali boshqarish usullari.
https://pandia.ru/text/80/170/9848.php
https://uztili.uz/lotin/
Do'stlaringiz bilan baham: |